Mavzuga doir masalalar:
20 oC da 250 g suvda 220 g NaNO3 eritilganda to‘yingan eritma hosil bo‘lsa, shu tuzning 20oC dagi eruvchanlik koeffitsiyentini aniqlang.
30 oC da 150 g suvda 55,5 g KCl eritilganda to‘yingan eritma hosil bo‘lsa, shu tuzning 20 oC dagi eruvchanlik koeffitsiyentini aniqlang.
KCl ning 20 oC dagi eruvchanlik koeffitsiyenti 34 ga teng. Shu haroratda 600 g suvga necha gramm KCl qo‘shilsa, to‘yingan eritma hosil bo‘ladi?
8-§. Eritma konsentratsiyasi va uni ifodalash usullari.
Foiz konsentratsiya
Reja:
1.Fiz konsentiratsiyasi.
2.Eritma konsentiratsiyasi.
3.Mavzuga doir masalalar yechish.
Ma’lum massadagi yoki hajmdagi eritmada erigan moddaning massasini yoki miqdorini ifodalovchi tushunchani eritma konsentratsiyasi deyiladiEritmani tarkibida erigan moddani miqdori ko‘p bo‘lsa, bunday eritmani konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan eritma deyiladi. Konsentrlangan eritmalarni zichligi katta, harakatchanligi yoki qovushqoqligi past bo‘ladi. Past konsentratsiyali ya’ni suyultirilgan eritmalarda erigan moddaning miqdori juda kam bo‘lgani uchun, eritmani zichligi, harakatchanligi va qovushqoq- ligi toza suvnikiga yaqin bo‘ladi. Konsentrlangan eritma yoki konsentratsiyasi past bo‘lgan (suyultirilgan) eritma kabi tushunchalar (iboralar), eritmadagi erigan moddani miqdori haqida aniq ma’lumot bermaydi. Eritmani konsentratsiya- sini aniq ifodalash usullaridan quyidagilari bilan tanishib o‘tamiz.
Foiz konsentratsiya;
Molyar konsentratsiya;
Normal konsentratsiya.
Foiz konsentratsiya
Foiz konsentratsiya eritma massasini necha foizini erigan modda tashkil qilishini ko‘rsatadi. Boshqacha qilib aytganda 100 g eritmani tarkibida necha gramm erigan modda borligini ko‘rsatadi. Masalan, 15 % li shakarning eritmasi deganda, 100 g shunday eritmada 15 g shakar va 85 g suv borligini tushunamiz.
Foiz konsentratsiya C% belgisi bilan ifodalanadi.
Foiz konsentratsiyani aniqlash uchun erigan moddaning massasini (m1) eritmaning umumiy(erigan modda va erituvchi massalari yig‘indisi) massasiga (m2) bo‘linadi. Hosil bo‘lgan sonni foizda ifodalash uchun 100 % ga ko‘paytiriladi.
C%
C% – foiz konsentratsiya; m1 – erigan modda massasi; m2 – eritma massasi.
(1)
Do'stlaringiz bilan baham: |