Atom va molekulalarning tuzilishi haqida tushunchalar. Davriy qonun


Download 1.51 Mb.
bet11/21
Sana20.12.2022
Hajmi1.51 Mb.
#1034180
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
nigora 06.12.2022

Gaz moddalarni eruvchanligi qattiq moddalardan farq qiladi, ya’ni harorat ko‘tarilganda ularning eruvchanligi kamayadi. Harorat pasayganda esa gazlarning eruvchanligi ortadi.
Masalan: bir stakan suv olib, uni muzlatkichga (to=3 oC) qo‘yamiz. 30 daqiqa vaqt o‘tgandan keyin, stakandagi suvni xona harorati (to=20-25 oC) sharoitiga olamiz. Ma’lum vaqt o‘tgandan keyin stakan devorida mayda pufakchalarni ko‘rishi- miz mumkin. Bu pufakchalar suv muzlatkichda bo‘lgan vaqtda unda erigan gazlarning yuqoriroq haroratda erimay, yana gaz holatiga o‘tib qolganini bil- diradi.
Gaz moddalarning eruvchanligiga bosim ham ta’sir korsatadi. Bosim yuqori bolsa, gazlarning eruvchanligi ortadi, bosim pasaysa eruvchan- lik ham kamayadi.
Gazlarning suvda eruvchanligiga bosimning ta’sirini g‘avvosning suvga sho‘ng‘ishi misolida ko‘rsak bo‘ladi. G‘avvos suv ostiga qanchalik chuqur tush- gani sari bosim ham ortib boradi va shunga mos ravishda g‘avvosning qonida erigan gazlar (O2, CO2 va boshqalar) miqdori ham orta boradi. G‘avvos suv ostidan yuqoriga qaytib chiqayotganida atrofdagi bosimni kamayishi hisobiga qonda erigan holatda bo‘lgan gaz moddalari qondan ajralib chiqib g‘avvosni o‘pkasi orqali tashqariga chiqib ketadi. Shuning uchun g‘avvosni yuqoriga ko‘- tarilishi sekin-asta bo‘lishi kerak. Agar g‘avvos suv ostidan yuqoriga juda tez ko‘tarila boshlasa, qondan ajralib chiqayotgan gazlar o‘pka orqali chiqib ketishga ulgurmay qoladi va bosh miya va turli a’zolarida qon tomirlarga tiqilib qoladi, qon aylanishi buziladi. Shu payt zudlik bilan yordam ko‘rsatilmasa, g‘avvos halok bo‘lishi mumkin.
Gazlar yuqori bosim va past haroratda suvda yaxshi erigani uchun gazli ichimliklarni tayyorlashda shu sharoitdan foydalaniladi. Biz gazli ichim- liklarni qopqog‘ini ochishimiz bilan bosim kamayadi va atrofdagi haroratda yuqori bo‘lgani uchun ichimlik tarkibida erigan gazlarning eruvchanligi kamayib, gazlar erigan holatdan gaz holatiga o‘tib, tez ajralib chiqa boshlaydi.
Yuqorida keltirilgan misollar gazlar eruvchanligi bosimga to‘g‘ri propor- sional, haroratga teskari proporsional ekanligini tasdiqlaydi.
Biror moddani eruvchanligini aniqlash uchun, stakanga 100 g distillangan suv solib, haroratni aniq belgilab olinadi va distillangan suvga oz miqdorda modda qo‘shib, aralashtiriladi. Agar modda to‘liq erib ketsa, moddadan yana solinadi va aralashtiriladi. Moddani qo‘shish modda erimay stakan tagiga cho‘kib qolguncha davom ettiriladi. Shu 100 g distillangan suvda necha gramm modda erigani aniqlanadi va bu massa shu moddaning ayni harorat- dagi eruvchanlik koeffitsiyenti bo‘ladi. Hosil bo‘lgan eritmani esa shu harorat uchun to‘yingan eritma deyiladi.

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling