Kation bo‘yicha sodir bo‘ladigan gidroliz reaksiyalari:
Kuchli kislota va kuchsiz asosdan hosil bo‘lgan tuzning gidrolizi
NH4Cl + HOH NH4OH + HCl
NH4+ + Cl- + HOH NH4OH + H+ + Cl-
NH4+ + HOH NH4OH + H+
yoki
MgCl2 + 2HOH Mg(OH)2 + 2HCl
Mg2+ + 2Cl- + 2HOH Mg(OH)2 + 2H+ + 2Cl- Mg2+ + 2HOH Mg(OH)2 + 2H+
Yuqoridagi reaksiyalardan ko‘rinib to‘ribdiki, gidroliz reaksiyasi natijasida
kuchsiz elektrolitlar (NH4OH, Mg(OH)2) kationlarning (NH+ va Mg2+) suv bilan ta’sirlashishi natijasida hosil bo‘ldi. Shuning uchun bunday reaksiyalar kation bo‘yicha sodir bo‘ladigan gidroliz reaksiyalar deyiladi. Bu reaksiyalarda eritma muhiti kislotali bo‘ladi. Chunki qisqa ionli tenglama- larda vodorod ionlari (H+) hosil bo‘lmoqda. Bu esa eritmada vodorod ionlari (H+) gidroksid ionlaridan (OH–) ko‘p ekanligini ko‘rsatadi. Natijada kislotali muhit hosil bo‘ladi.
Anion bo‘yicha sodir bo‘ladigan gidroliz reaksiyalari:
Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘ladigan tuzlar.
CH3COONa + HOH CH3COOH + NaOH
CH3COO- + Na+ + HOH CH3COOH + Na+ + OH- CH3COO- + HOH CH3COOH + OH-
Bu gidroliz reaksiyasida atsetat anionining suv bilan ta’sirlashishi natijasi- da kuchsiz elektrolit – sirka kislotasi hosil bo‘ldi. Shuning uchun bunday reaksiyalar anion bo‘yicha sodir bo‘ladigan gidroliz reaksiyalar deyiladi. Bu reaksiyalarda eritma muhiti ishqoriy bo‘ladi. Chunki qisqa ionli tenglama- larda gidroksid ionlari (OH–) hosil bo‘lmoqda. Bu eritmada gidroksid ionlari (OH–) vodorod ionlaridan (H+) ko‘p ekanligini ko‘rsatadi. Natijada ishqoriy muhit hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |