Atomlar soni reaksiyadan oldin ham, keyin ham o‘zgarmaganligi sababli ularning umumiy massasi ham o‘zgarmaydi.
Hаr qаndаy kimyoviy tоzа birikmа, оlinish usulidаn qаt’i nаzаr, o‘zgаr- mаs miqdоriy tаrkibgа egа. Masalan, uglerod (IV) oksid CO2 uglerod bilan kisloroddan tarkib topgan (sifat tarkibi). CO2 da uglerodning miqdori 22,27 %, kislorodniki – 72,73 % (miqdoriy tarkibi).
Atomlarning massasi o‘zgarmas bo‘lganligi sababli moddaning massa tarkibi ham umuman o‘zgarmas bo‘ladi.
Savol va topshiriqlar
Quyidagi birikmalarning ekvivalentini aniqlang: Br2, I2, SiO2;Cl2O7;
HNO2; H2S; H2SO3; MgSO4; KClO3; PbO2; Ca3(PO4)2.
Quyidagi azot oksidlari tarkibidagi azotning ekvivalentini aniqlang:
NO, N2O3, NO2.
Suyultirilgan sulfat kislotada 1,68 g metall erigan bo‘lib, 4,56 g sulfat tuzi hosil bo‘ladi. Metallning ekvivalentini aniqlang.
9,25 g Ca(OH)2 8,167 g noma’lum kislota bilan qoldiqsiz reak- siyaga kirishishi ma’lum bo‘lsa, noma’lum kislotaning ekvivalentini aniqlang.
KUCHLI VA KUCHSIZ ELEKTROLITLAR. DISSOTSIYALANISH. GIDROLIZ
3-§. Kuchli va kuchsiz elektrolitlar haqida tushuncha
1.Kuchli elektrolitlar
2.Kuchsiz elektirolitlar
3.Ion almashinish reaksiyasi
1887-yilda S. Arrenius elektrolitik dissotsiatsiyalanish nazariyasini taklif etdi. Bu nazariyaning zamonaviy talqini quyidagicha:
Elektrolit moddalarning suvda eriganda yoki suyuqlantirilganda ionlarga
ajralishi dissotsiatsiya deyiladi. Ionlar manfiy va musbat bo‘ladi.
NaCl Na+ + Cl-
Elektr toki ta’sirida musbat ionlar katodga, manfiy ionlar esa anodga tomon harakatlanadi. Shu sababli musbat zaryadlangan ionlar kationlar, manfiy zaryadlanganlari anionlar deyiladi.
NaCl Na+ + Cl- kation anion
Dissotsiatsiya jarayoni qaytar jarayondir. Dissotsiatsiya natijasida hosil bo‘lgan qarama-qarshi zaryadli ionlar bir-biri bilan to‘qnashib, qayta- dan molekulaga aylanadi va bu assotsiatsiya deyiladi.
Na+ + Cl- NaCl
Elektrolit va noelektrolitlar haqida tushunchaga ega bo‘lishdan oldin bir tajribani ko‘rib chiqamiz. Buning uchun rasmda ko‘rsatilgan asbob yorda- mida osh tuzining konsentrlangan eritmasidan tok o‘tkazib ko‘ramiz.
Natijada lampochka yorug‘ yonadi. Suyultirilgan holatda ham lampochka yorug‘ligi deyarli o‘zgarmaydi. Shu tajribani NaOH, HCl, KCl, KOH, HNO3 eritmalarida takrorlaganimizda lampochka yorug‘ yonadi.
NaCl NaCl eritmasi
Shakar Shakar eritmasi
NH4OH, H2SO4, CH3COOH bilan bajarilgan tajribalarda ularning konsentrlangan eritmalaridan tok o‘tkazilsa lampochka yonmaydi, ularning eritmalari suyultirilsa lampochka yonadi va qanchalik suyultirib borilsa shunchalik lampochka yorug‘ yonadi, ya’ni ravshanlashib boradi. Demak, bunday eritmalar faqat o‘ta suyultirilgandagina to‘liq dissotsiatsiyalanadi va o‘zidan elektr tokini yaxshi o‘tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |