Atom va yadro fizikasiga oid umumiy muloxazalar. Yadro kuchlari va modellari
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Atom va yadro fizikasi MM
2-rasm Ikkala blok xam radioaktiv izotoplar bulib, bu rasmda parchalanishning boshlanishi kursatilgan. Rasmda keltirilgan reaksiya bir muncha shartli reaksiyadir, chunki xosil buladigan oniy neytronlar, kechikuvchi neytronlar va boshka detallar kursatilgani yuk. Bular xam neytronlar ta’sirida parchalanib ketadi va bu jarayon zanjirli (uzluksiz) xarakterga ega buladi. Shu sababli bu reaksiya zanjirli reaksiya deyiladi. Odatda 92 U 235 , 92 U 238 , 92 U 239 izotoplarni parchalovchi neytronlardan bulardan chikadigan neytronlar soni kuprok buladi va reaksiya zanjirli tusga kirib ketadi. Bulaklarga bulinish natijasida xosil buladigan izotoplar bulinish maxsuloti deyiladi. Bulinish maxsulotlaridan chikadigan neytronlar soni geometrik progressiya buyicha ortadi. Yadro parchalanish reaksiyasining muxim xarakterlaridan biri ikkita ketma-ket parchalanish orasidagi vaktdir. Tez (ya’ni portlash xarakteriga ega bulgan) zanjir reaksiyani olish uchun ni kamaytirish kerak. Lekin boshkarish mumkin bulgan yadro reaksiyasini olish uchun esa ni orttirish kerak. Bu maksadga sekinlashtiruvchi moddalardan foydalanib erishish mumkin. 7. Termoyadro reaksiyalari Yadro energiyasi fakat ogir yadrolari parchalangandagina emas, balki yengil yadrolarni sintez kilish yuli bilan xam olinadi. Masalan, geliy yadrosini vodorod izotopi yadrosidan sintez kilsak, bu sintez reaksiyada katta energiya ajralib chikadi. Chunki geliy yadrosini boglanish solishtirma energiyasi vodorod yadrosi boglanish solishtirma energiyasidan ancha katta. Geliy yadrosining ogir vodorod izotoplari bulmish deyteriy 1 D 2 va tritiy 1 T 3 sintez reaksiyasini sxemasi kuyidagicha: 1 D 2 + 1 T 3 2 He 4 + 0 n 1 (13) va bu reaksiya natijasida 17,6 MeV energiya ajralib chikadi. Shuni aloxida kayd kilish kerakki, yengil yadrolar sintezidan ogir yadro parchalanishiga nisbatan xar bir nuklon uchun bir necha marta kuprok energiya ajralib chikadi.Uran yadrosi parchalanganda 200 MeV energiya ajralib chikadi. Bu energiya bir nuklonga 200/238=0.85 MeV ni tashkil etadi. (13) reaksiyada esa ajralib chikkan energiya mikdori 1 nuklon uchun 35 MeV ni tashkil etadi. Geliy yadrosi 4 ta protondan sintez kilinsa, xar bir nuklon uchun bundan xam kuprok, ya’ni 6,7 MeV energiya ajralib chikadi. Yengil yadrolarni sintez kilish uchun yengil yadrolarni juda 441 katta xaroratgacha kizdirish kerak. Shu sababli sintez reaksiyalari termoyadro reaksiyalari deyiladi. Termoyadro reaksiyasi paytida atomlar ionlanib musbat ionlar elektron gazi vujudga kelib plazma xosil buladi. Yadrolarning bir-biriga yakinlashishi uchun deyarli tusik bulmaydi va natijada termoyadro reaksiyasi ruy beradi. Termoyadro reaksiyalari energiyaning tuganmas manbai bulib xisoblanadi. Masalan, 1 l oddiy suvdan deyteriyni sintez kilishda ajralib chikadigan energiya 350 litr benzinni yokkanda ajraladigan energiyaga taxminan teng. Termoyadro reaksiyasini boshkarish yadro fizikasidagi asosiy muammalardan biridir. Bu muammolarning asosiy ma’nosi yukori xaroratli deyteriy plazmasida statsionar rejimni xosil kilishdan iborat. Buning uchun plazma xarorati taxminan 10 8 gradusda turish kerak. Bu maksadga plazmada yaxshi issiklik izolyatsiyasi urnatilgandagina erishishi mumkin. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling