Atom yadrosining asosiy xususiyatlari


Kuchli o’zaro tasirni uzatish


Download 1.21 Mb.
bet7/9
Sana12.07.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1659836
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Презентация1

Kuchli o’zaro tasirni uzatish.
Yadro tuzilishi haqidagi bilim atom fizikasi tushuntira olmagan elementlarning Mendeleyev davriy sistemasining tuzilishini davom ettirishga asos soldi. Shuningdek, elementar zarralar haqidagi bilim elementar sistemasini antiatom, antiyadro sohasigacha kengaytirishga imkon beradi. Shubhasiz elementar zarralarning tuzulishini o`rganish ularni sistemalashtirishda to`g`ri yo`l ko`rsatib beruvchi birdan bir omil bo`lib, bu elementar zarralarning tabiati, ularning kvant sonlarining mohiyati, elementar zarralarning o`zaro bir-birlariga aylana olishlarini tushuntirishga imkon beradi.
Elementar zarralarning tuzilishi haqidagi muammoni yechish uchun ko`p harakat qilingan. Lekin elementar zarralar dunyosida hodisalar shunchalik xilma-xilki bu harakatlarning birortasi ham mazkur muammoni hatto qisman bo`lsa ham hal qila olmadi.
XX asr boshlarida ingliz fizigi E.Rezerford tajribalarida atom yadrolari borligi aniqlangan edi.Shu yo’sinda kishilik madaniyatiga katta ta’sir qilgan fan –yadro fizikasi fani vujudga keldi.Ulkan yadro energiyasi insoniyatga xizmat qilishi yoki uni yer yuzidan yo’qotib yuborishi ham mumkin.Hozirgacha yadro kuchlari potensial energiyasining faqat juda oz qismidan foydalanishga erishildi.Bu kuchlar yadro ichida nuklonlar-protonlar va neytronlarni tutib turadi.Yadro kuchlari tabiati uzoq vaqt jumboq bo’lib kelardi.Yarim asrdan ko’proq fiziklar zaryadlar orasidagi kulon kuchlari uchun “javobgar” bo’lgan elektromagnit maydon singari yadro kuchlari uchun “javobgar” maydonni qidirdilar.Juda ko’p,qisqa yashovchi zarralar- adronlar topildi,lekin ularning hech biri foton-elektromagnit kvanti kabi yakkaxon rolni o’ynay olmadiYaqin vaqtgacha adronlarning eng yengili -mezon shunday rolni o’ynashi mumkinday ko’rinardi.Yapon fizigi X.Yukava mezon maydon asosidagi yadro kuchlari nazariyasini taklif qildi.Bu nazariyada nuklonlar o’z atrofida mezon maydoni hosil qiladi.Bu maydon proton va neytronga turlicha ta’sir qiladi va bundan tashqari ularning spini bilan o’zaro ta’sirlashadi. Elektromagnit kuchlardan farqli ravishda,yadro kuchlari faqat 10-13 sm dan kichik masofalarda ta’sir qiladi.
Kuchli o’zaro ta’sirda faqat adronlar deb ataluvchi zarrachalar qatnashadi. Aynan adronlar elementar zarrachalarning ko’pchiligini tashkil etadi. Adronlar oilasiga, yashash vaqti uzoq bo’lgan praton va neytrondan tashqari, ko’p sonli mezonlar va giperonlar va yashash vaqti juda qisqa bo’lgan rezonanslar ham kiradi.Kuchli o’zaro ta’sirlarda faqat 6 ta fermion qatnashmaydi. Bular leptonlar bo’lib ular quyidagila

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling