Atov gaplarni o„qitishning samarali metodlari avazova Farangiz Ixtiyor qizi
Download 44.69 Kb. Pdf ko'rish
|
document
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Muammoli ta‟lim”
Volume: 03 Issue: 03 | Mar-2023 ISSN: 2181-2624 www.sciencebox.uz Analytical Journal of Education and Development 277 Buning natijasida, bolalarda atov gaplar mavzusini o„zlashtirish, mustaqil fikrlash, matn tuza olish qobiliyatlari shakllanadi, dunyoqarashlari kengayadi, bilimlari mustahkamlanadi, eng, asosiysi, hech bir o„quvchi mashg„ulotdan chetda qolib ketmaydi. Oliy ta‟lim muassasalarining talabalariga ushbu mavzuni o„qitishda esa biroz kengroq va mushohadabop usullardan foydalanishga to„g„ri keladi. Negaki, ularning aksariyati atov gaplar haqida nazariy va fundamental bilimga ega bo„ladilar. Pedagogika sohasining filologiya yo„nalishlari talabalarini bo„lajak maktab o„qituvchilari qilib tarbiyalash uchun o„qitishning samarali usullarini o„rgatish lozim. OTM talabalariga atov gaplarni o„qitishda “Konseptual jadval”, “Muammoli ta‟lim” texnologiyalaridan foydalansa bo„ladi. “Muammoli ta‟lim” O„quvchilarda muammoning mohiyatini aniqlash bo„yicha malakalarni shakllantirish, muammoning kelib chiqish sabablarini va muammoni yechishdagi xatti-harakatlarni to„g„ri aniqlashga o„rgatish ushbu texnologiyaning asosiy maqsadi sanaladi. Muammoli ta‟lim texnologiyasining asosi – insonni fikrlashi muammoli vaziyatni hal etishdan boshlanishi hamda uning muammolarini aniqlash, tadqiq etish va yechish qobiliyatiga ega ekanligidan kelib chiqadi. Muammoli ta‟lim o„quvchilarning ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini oshirishda jiddiy ahamiyatga ega. Muammoli vaziyat yaratish usullari: O„qituvchi o„quvchilarga dars mavzusi bilan bog„liq ziddiyatli holatni tushuntirish va uni yechish yo„lini topishni taklif qilish; Bir masalaga doir turli nuqtayi nazarlarni bayon qilish; Hal etish uchun yetarli Bo„lmagan yoki ortiqcha ma‟lumotlar bo„lgan yoki savolning qo„yilishi noto„g„ri bo„lgan masalalarni taklif etish; Muammoli vaziyatni hal etishning ham o„ziga xos darajalari mavjud, ular quyidagilar: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling