Atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a'zolarimizga bevosita ta'sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini aytamiz
Download 96.5 Kb.
|
1-мавзу Sezgi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sezgilar kontrasti
Sinesteziya qo‘zg’atuvchining bir analizatorga ta'siri bilan boshqa analizatorga xos sezgining paydo bo’lishidir. Ko’rish, eshitish sinesteziyasi ko’proq uchraydi. Sinesteziyalar har bir shaxs uchun doimiy bo’ladi. Masalan, kompozitorlardan Skrebin, A.F.Lest, N.Rimskiy Korsakovlarda "rangdor eshitish" qobiliyati bo’lgan. Demak, sinesteziya ikki sezgining bir sezgi bo’lib qo’shilishidir. "Masalan, "shirin so‘z", "bag’ri tosh".
Sezgilar kontrasti qarama-qarshi sifatga ega bo’lgan bir vaqtdagi qo‘zg’alish tufayli sezgirlikning o‘zgarishidir. Masalan, tinch joyda tovush kuchliroq seziladi. Nemis faylasufi Xristian Volf "Rasional psixologiya" (1732 yil) va "Empirik psixologiya" (1734 yil) kitoblarida ongning ichki holati, aqliy fikr yuritishga qobiliyatning tabiiy moddiy asosi zamiridan kelib chiqib, tashqi olamdan kelib tushadigan axborotlar shaxobchasiga, ya'ni sezgi kanaliga hech qanday bog’liq emas, deb tushuntirishga harakat qildi. Sezgilarga mana bunday yondashish nazariyotchisi "fanga rasionalizm" tushunchasi bilan birga kirib keldi. X.Volf va uning tarafdorlari psixologik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira va boshqalar) murakkab ijtimoiy tarixiy taraqqiyot mahsuli emas, degan g’oyani ilgari surdilar. Shuning bilan birga "Ong", "Aql" tarixiy evalyusiya natijasi emas, deb inson psixikasiga o‘zgacha yondashib, uni izohlab berish mushkul bo’lgan "birlamchi" xususiyat ekanligini tushuntirishga intiladilar. Mazkur nazariyaga asoslangan psixologlar insonning sezgilari uni tashqi olam bilan bog’lab turuvchi birdan bir shaxobcha ekanligini inkor qilishgacha borib yetdilar va voqelikni mana bunday tarzda izohlashga harakat qildilar; sezgilar insonni tashqi olamdan ajratib turadilar, ular atrof-muhit o’rtasidagi bartaraf qilib bo’lmaydigan devor hisoblanadilar. AQSHlik psixolog Neffning ta'kidlashicha, mikroskop ostiga olib teriga igna sanchilsa, xuddi shu uchastkada reflektor harakat reaksiyalari kuzatilgan: tomirning hisishi, teri galvanik refleks, goho ko‘z harakati, bo’yin muskullarining, taranglashuvchi qo’lning harakat reaksiyasi sodir bo’lishi mumkin. Jahon psixologlari tomonidan narsalarning murakkab tomonlarini tanish, farqlash harakatning ishtirokisiz amalga oshmasligi ta'kidlab o’tilgan. Masalan, ko‘zni yumib, jismni farqlash uchun qo’l bilan uni paypaslash kerak, aks holda uning holati, shakli, qattiq yoki yumshoqligi g’adir-budurligini bilib, sezib bo’lmaydi. 1886 yilda britaniyalik fizik E.Rezerford ovoz balandligi va intensivligini kodlashtirish tamoyilini asoslab beruvchi nazariyani ilgari suradi. Uning g‘oyasi ikki tamoyilga buysundirilgan. Birinchidan, uning fikricha, tovush to‘lqinlari quloq pardalarini to‘liq vibratsiyalanishiga olib keladi va vibratsiya chastotasi ovoz chastotasi bilan o‘zaro muvofiq keladi. 2 Маклаков А. Г. Общая психология. — СПб.: Питер, 2001. — 170-171 бетлар (mazmunidan foydalanildi) 3 Маклаков А. Г. Общая психология. — СПб.: Питер, 2001. — 170-171 бетлар (mazmunidan foydalanildi) 4 Маклаков А. Г. Общая психология. — СПб.: Питер, 2001. — 171 бетлар (mazmunidan foydalanildi) 5 Маклаков А. Г. Общая психология. — СПб.: Питер, 2001. — 179 бетлар (mazmunidan foydalanildi) 6 Myers-D.-G..-Psychology-9th-edition2 2010. 235 бет (mazmunidan foydalanildi) Download 96.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling