Sensor adaptatsiya – doimiy qo‘zg‘atuvchilar ta’sirida sezgirlikning kamayishi. Bunga misol qilib shuni keltirishimiz mumkin, agar qo‘l soatini sal siqibroq taqsak, uni dastlab boshida his etamiz, keyin o‘z navbatida bunga e’tibor qaratmay qo‘yamiz6.
Adaptasiya (yoki moslashish) ikki turga bo’linadi:
a) negativ adaptasiya;
b) pozitiv adaptasiya.
Pozitiv adaptasiyada kuchsiz qo‘zg’atuvchi ta'siri ostida sezgirlik oshadi. Ko’rish analizatorida pozitiv adaptasiya, qorong’ulik adaptasiyasi deyiladi.
Negativ adaptasiya ikki xil bo’ladi:
a) qo‘zg’atuvchining davomiy ta'siridan sezgirlik yo’qoladi. Masalan, qo’limizga yuk qo’yilsa sezamiz, ammo vaqt o’tishi bilan sezmay qolamiz.
b) kuchli qo‘zg’atuvchi ta'siridan sezgirlikning susayishi. Masalan, qorong’u xonadan birdaniga chiqib qolsak, avvaliga hech narsa ko’rmaymiz, vaqt o’tishi bilan sezgirlik pasayib biz normal ko’ramiz.
Sensibilizasiya - analizatorlarning o‘zaro munosabati va mashq qilishi natijasida sezgirlikning kuchayishidir.
Sensibilizasiyaning adaptasiyadan farqi:
Adaptasiyada sezgirlik oshadi yoki kamayadi, sensibilizasiyada esa faqat oshadi;
adaptasiyada sezgirlikning o‘zgarishi tashqi chegaralarga bog’liq bo’lsa, sensibilizasiyada psixologik, fiziologik holatlarga bog’liq bo’ladi.
Sinesteziya qo‘zg’atuvchining bir analizatorga ta'siri bilan boshqa analizatorga xos sezgining paydo bo’lishidir. Ko’rish, eshitish sinesteziyasi ko’proq uchraydi. Sinesteziyalar har bir shaxs uchun doimiy bo’ladi. Masalan, kompozitorlardan Skrebin, A.F.Lest, N.Rimskiy Korsakovlarda "rangdor eshitish" qobiliyati bo’lgan. Demak, sinesteziya ikki sezgining bir sezgi bo’lib qo’shilishidir. "Masalan, "shirin so‘z", "bag’ri tosh".
Sezgilar kontrasti qarama-qarshi sifatga ega bo’lgan bir vaqtdagi qo‘zg’alish tufayli sezgirlikning o‘zgarishidir. Masalan, tinch joyda tovush kuchliroq seziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |