Atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a'zolarimizga bevosita ta'sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini aytamiz
Sezgilarning umumiy qonuniyatlari
Download 96.5 Kb.
|
1-мавзу Sezgi
- Bu sahifa navigatsiya:
- intensivligi
- Veber - Fexner
Sezgilarning umumiy qonuniyatlari
Sezgilarning yuzaga kelishi ma'lum qonuniyatlarning asosida yuz beradi. Sezgilar biror bir sezgi a'zosining qo‘zg’alishidan hosil bo’ladi. Qo‘zg’atuvchi reseptorga ta'sir etishi bilanoq sezgi hosil bo’lmaydi. Qo‘zg’atuvchi ta'sir eta boshlagandan bir necha vaqtdan keyin sezgi hosil bo’ladi. Sifat - mazkur sezgining asosiy xususiyati bo’lib, uni boshqa sezgi turlaridan farqlaydi va ayni shu sezgi turi doirasida o‘zgarib turadi. Masalan, eshitish sezgisi past-balandligi, mayinligi, zo’rligi bilan farq qiladi va hokazo. Masalan, shirin ta’m predmetning ayrim xususiyatlari haqida bizga ma’lumot beradi. Sezgining intensivligi uning miqdorini ifoda etadigan xususiyat bo’lib, ta'sir kelayotgan qo‘zg’atuvchining kuchi va reseptorning funksional holati bilan belgilanadi. Sezgining davomiyligi uning vaqtinchalik xususiyati hisoblanadi. U ham sezgi a'zosining funksional holati bilan lekin asosan qo‘zg’atuvchining ta'sir qilish vaqti va ta'sirning jadalligi bilan belgilanadi. Latent davri har xil sezgi turi uchun turlicha, masalan, taktil sezgilari uchun 130 millisekund bo’lsa, og’riq sezgisi uchun 370 millisekundan iborat. Sezgilar uchun makoning lokalizatsiyasi xosdir. Sezgi a’zolarimizga ta’sir etayotgan qo‘zg‘atuvchilardan kelgan ma’lumot asosida biz signallning makonini tahlil qilish asosida aniqlashimiz mumkin. Masalan, yorug‘likning qaerdan tushayotganligini, tovush yo‘nalishini, issiq yoki sovuq havo oqimining qaerdan kelayotganini aniqlashimiz mumkin. Akademik S.I.Vavilov inson ko‘zi 1 km uzoqlikda 0.001 yorug‘likni farqlay olishini eksperimental tadqiq etgan. Bu qo‘zg‘atuvchi energiyasi shunchalik kuchsizki, uning yordamida 10da 1sm3 suvni isitish uchun 60000 yil sarflangan bo‘lar edi. Hech bir fizik priborla bunday sezgirlikka ega emas. Ko’rish va eshitish analizatorining sezuvchanligi juda yuksakdir. S.I.Vavilov (1851-1951)ning tajribalarida ko’rsatilganidek, kishining ko‘zlari to’r pardagi bor yo’g’i 28 kvant atrofida nur tushgan taqdirda ham yoruqlikni ko’ra oladi. Tim qorong’ulikda 27 kilometr masofada yonib turgan shamni ko’rish qobiliyatiga egamiz. Sezgilar o’rtasidagi bilanar-bilinmas farqni hosil qiluvchi ikkita qo‘zg’atuvchi o’rtasida mavjud bo’lgan minimal farq ajratish chegarasi yoki ayirma chegarasi deb ataladi4. Keyichalik XIX asrning birinchi yarmida nemis olimi M.Veber og‘irlikni sezishni tadqiq etib shunday xulosaga kelganob’ektlarni taqqoslash va ular orasidagi farqni kuzatish orqali biz ob’ektlarning xajmi orasidagi farqnigina sezamiz. Bunga ko‘ra, 100 gramm og‘irlikka 3 gramm qo‘shilsa orasidagi farq seziladi, 200 gramm og‘irlikdagi massaga 6 gramm qo‘shilsa farq seziladi. Shunday qilib, ilk qo‘zg’atuvchining o’lchami qanchalik katta bo’lsa, unga qo’shimcha ham shunchalik katta bo’lishi lozim. Keyichalik XIX asrning birinchi yarmida nemis olimi M.Veber og‘irlikni sezishni tadqiq etib shunday xulosaga kelganob’ektlarni taqqoslash va ular orasidagi farqni kuzatish orqali biz ob’ektlarning xajmi orasidagi farqnigina sezamiz. Bunga ko‘ra, 100 gramm og‘irlikka 3 gramm qo‘shilsa orasidagi farq seziladi, 200 gramm og‘irlikdagi massaga 6 gramm qo‘shilsa farq seziladi. Shunday qilib, ilk qo‘zg’atuvchining o’lchami qanchalik katta bo’lsa, unga qo’shimcha ham shunchalik katta bo’lishi lozim. Sezgining jadalligi qo‘zg’atuvchi kuchining logarifmiga proporsionaldir. Boshqacha qilib aytganda, qo‘zg’atuvchining kuchi geometrik progressiya yo’li bilan osha borgan taqdirda sezgilarning jadalligi arifmetik progressiya yo’li bilan oshadi. Bu qonun Veber - Fexner qonuni ham deb ataladi5. Sezgilar chegarasining absolyut me'yori bilan belgilanadigan analizatorning sezgirligi barqaror bo’lmasdan qator fiziologik va psixologik shart-sharoitlar ta'siri ostida o‘zgarib turadi. Ushbu shart-sharoitlar orasida adaptasiya (moslashish) hodisasi alohida o’rin egallaydi. Download 96.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling