Attestatsiya testlari


Matnni o‘qing va savollarga javob bering


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/119
Sana07.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1246543
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   119
Bog'liq
Attestatsiya savollari to‘plami 2

Matnni o‘qing va savollarga javob bering.
Qadim zamonda saxiyligi bilan nom chiqargan bir podsho o‘zining yaqinlaridan biriga:
- Men bir kishiga ming tanga bermoqchiman, sen nima maslahat berasan? – dedi. Unda 
haligi odamning hasadi kelib: 
- Buncha ko‘p pulni bir kishiga berib bo‘lmaydi, - deb maslahat beradi. Yarmisini o‘sha 
kishiga bersam bo‘ladimi? 
- Ko‘plik qiladi. 
- Uchdan birini bersam-chi? 
- Ko‘plik qiladi, garchi bir kishiga yuz tanga berish ko‘plik qilsa ham, mayli, yuz tanga 
bera qoling, - dedi u xasislik bilan. 
Podsho uning maslahatini eshitib: 


- Qanday baxtsiz odam ekansanki, men bu tangalarni senga bermoqchi edim, bergan 
maslahating soyasida o‘zingni ming tangadan mahrum qilding, meni esa saxovatdan 
ayirding.
U kishi podshoning bu gapidan keyin xato qilganini bildi va bu pullarning barchasini 
unga berishini yalinib so‘ray boshladi. Ammo podsho uning yalinib-yolvorishlariga e’tibor 
bermadi va:
- Sen o‘z pastkashliging bilan o‘zingga ham, menga ham ziyon yetkazding. Mening 
xayr-u ehsonim o‘zim istagandek bo‘lmadi. Endi bu yuz tangani ol-da, mening majlisimda 
boshqa ishtirok etma, - deb chiqarib yubordi. 
38. Matndagi tagiga chizib ko‘rsatilgan so‘zning o‘rnida almashtirib qo‘llab bo‘lmaydigan 
birlikni toping. 
A) dong taratgan 
B) dovruq taratgan 
C) mashhur bo‘lgan 
D) ovoza qilgan 
39.Matn mazmuniga mos ravishda quyidagi gapni davom ettiring.
Xasis kishi o‘z xasisligi tufayli ... . 
A) hech qanday pulga ega bo‘lmabdi. 
B) podshoning ming tanga hadyasiga sazovor bo‘libdi. 
C) podsho huzuridan quvilibdi. 
D) podshoning oldida alohida hurmatga sazovor bo‘libdi. 
40. Berilgan qaysi xulosa ushbu matn mazmuniga mos kelmaydi? 
A) O‘z qo‘l ostidagilarga katta mablag‘ bermaslik uchun turli bahonalar keltiradigan 
hukmdorlar ham uchrab turadi. 
B) Boshqalarni xayr-ehson qilishdan qaytarishning oqibati kishining o‘ziga ziyon bo‘lishi 
mumkin. 
C) Ayrim badfe’l, xasis kishilar o‘z fe’l-atvori bilan o‘ziga ziyon keltirb qo‘yishi mumkin. 
D) O‘zingga ravo ko‘rmaganni birovga ham ravo ko‘rma. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling