To‘rg‘ay bu zulmkorlik filning ishi ekanligini angladi va uning boshiga qo‘nib: "Sen
nima uchun mening bolalarimni nobud qilding? Meni o‘zingga nisbatan zaif, kuchsiz va
notavon deb sanaganing uchun shunday qildingmi?" - dedi,
"Ha, yolg‘iz shuning uchun", - deb javob berdi fil.
To‘rg‘ay buni eshitib, qushlar yoniga bordi va boshiga tushgan falokatni tushuntirdi.
Filning ham boshiga bir sho‘rish solishini istayotganini aytdi. Qushlar har tomondan
uchib kelib filning ko‘zlarini o‘yib olishdi. Fil esa turgan joyida nima topsa, shu bilan
kifoyalanadigan bo‘ldi. To‘rg‘ay uning bundan ham yomon ahvolga tushishini, bolalari
kabi nobud bo‘lishini xohladi va qurbaqalarning oldiga borib: "sizlar bir chuqurga to‘planib
vaqir-vuqur ovoz
chiqaring, fil bu ovozni suv deb o‘ylaydi va chuqurga tushib ketadi,
niyatim amalga oshadi", - dedi.
Shunday ham bo‘ldi.
38. Matndagi tagiga chizib ko‘rsatilgan so‘zning izohi qaysi javobda berilgan?
A) qanoatlanmoq
B) zaruriyat sezmoq
C) maqsadiga yetmoq
D) muvofiqlashtirmoq
39. Matn so‘ngidagi
“Shunday ham bo‘ldi”. gapining izohi qaysi javobda berilgan?
A) Fil suvsizlikdan qiynalgan bo‘lsa ham, ularning bu hiylasiga aldanmadi.
B) Qushlarning bu rejasi filga hech qanday zarar keltirmadi.
C) Suvsizlikdan qiynalgan fil chuqurga tushib ketdi va bir amallab chiqib ketdi.
D) Suvsizlikdan qiynalgan fil ular tomon bordi va chuqurga tushib ketib halok bo‘ldi.
40. Berilgan qaysi xulosa ushbu matnning mazmuniga mos kelmaydi?
A) Jismonan baquvvat kishilar har doim o‘zidan zaif kishilarni mag‘lub eta oladilar.
B) Uyingiz tinch, bolalaringiz omon, baxtli yashashni istasangiz, boshqalarning
tinchini buzmang.
C) Qudratingizga ishonib, o‘zingiz zaif sanagan kishiga zarar yetkazsangiz, u ham
o‘zini himoya qiladi va sizni yengishning yo‘lini o‘ylab topadi.
D) O‘zgalarga zulm qilish yaxshilikka olib kelmasligini anglab yetish kerak.
24-VARIANT
1.
Shaxsning muayyan ish yuzasidan layoqati va uni muvaffaqiyatli bajarishdagi o‘ziga
xos imkoniyatlarini belgilovchi yolg‘iz o‘ziga xos xususiyatlariga qobiliyat deyiladi.
Ushbu gapda qaysi bo’lak uyushgan?
A) kesim
B) to‘ldiruvchi
C) aniqlovchi
D) ega
2.
Ellik sakkizni rosa kutdim, kelmadi – piyoda ketdim. Ma’no ko‘chishining turini
toping.
A) metafora
B) sinekdoxa
C) metonimiya
D) ma’no ko‘chmagan
3.
Hali ko‘nglingiz g‘unchaday yosh ota dedi Sayramov
Tushirib qoldirilgan tinish belgilarini aniqlang.
A) qo‘shtirnoq, qo‘shtirnoq, vergul, tire, nuqta
B) qo‘shtirnoq, vergul, qo‘shtirnoq, vergul, tire, nuqta
C) qo‘shtirnoq, vergul, qo‘shtirnoq, tire, nuqta
D) qo‘shtirnoq, vergul, qo‘shtirnoq, tire, nuqta
4.
To‘tini o‘z ismini aytishga o‘rgatishadi. Ismni ko‘p qaytarishadi. Keyin bir
Do'stlaringiz bilan baham: