Attestatsiya testlari


Matnni o‘qing va savollarga javob bering


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/119
Sana07.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1246543
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   119
Bog'liq
Attestatsiya savollari to‘plami 2

Matnni o‘qing va savollarga javob bering. 
Tashqari eshikdan ta’zim qilib kirgan choshnagir ayol ovozini qo‘rquv bilan pasaytirib 
xabar berdi:
– Osmonda yulduzlar siyrak qoldi. Hademay tong yorishur. Hazrati oliy saharliksiz 
qolurlarmu?
Tong otib, azon aytilgandan so‘ng ro‘za o‘z kuchiga kiradi, hech kim hech narsa yeb-ichishi 
mumkin bo‘lmay qoladi. Uzun va issiq yoz kunida podshohni saharliksiz qoldirish 
begimlar uchun o‘zlari och-nahor qolishlaridan qo‘rqinchliroq edi.
... Osmon oqarib qoldi. Tong yorishgan sari qandildagi shamlarning nuri xira torta 
boshladi. Azon aytadigan payt o‘tib boryapti. Arkdan tashqaridagi masjidning imomi 
koshinlik minoraga chiqib, bakovulning ishorasini sabrsizlik bilan kutyapti. Axir, Mirzo 
hazratlari saharlik qilib ulgurmasdan azon aytish xatardan xoli emas. Ovqat yeyilib
choyga o‘tilganda Umarshayx mirzo xotinlariga vaziyat qanchalik og‘irlashayotganini 
aytib berdi.
Shu payt masjid tomondan azon tovushi eshitildi. Choy ichayotgan Xonzoda begim 
shoshilib piyolasini dasturxonga qo‘ydi. Umarshayx mirzo xotinlariga bir-bir qarab, dedi:
– Mo‘ysafidlar «To‘rt muchang butun bo‘lsin», deb duo qilurlar. Fotima Sulton, Qutlug‘ 
Nigorxonim, Qorako‘z begim, farzandlarimiz Xonzoda begim, Jahongir mirzo – har biringiz 
oilamizning aziz bir muchasidirsiz. Istaymenki, bu mushkul vaziyatda hamma 
muchalarimiz butun bo‘lsin, bir-birlariga mehr-u shafqat ko‘rsatsin. Ilik o‘z o‘rnida aziz. 
Ko‘z o‘z o‘rnida mo‘tabar. Agar ko‘z bilan ilik bir-biriga nizo qilsa, bundan har ikkisi jabr 
ko‘rur. 
38. Matnda qo’llangan choshnagir so’zning ma’nosini toping.
A) O‘zgalar orasida eng oldi, sarasi 
B) Yoshi o‘tib qolgan kishi 
C) Ish boshqaruvchilik lavozimi 
D) Qora tanli 
39. Fotima Sulton, Qutlug‘ Nigorxonim, Qorako‘z begim, farzandlarimiz Xonzoda begim, 
Jahongir mirzo – har biringiz oilamizning aziz bir muchasidirsiz. Ushbu gapda tire 
uyushiq bo’laklardan keyin kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan oldin kelgani uchun 


ishlatilgan. Ushbu ma’lumot... 
A) to‘g‘ri 
B) noto‘g‘ri 
40. Agar ko‘z bilan ilik bir-biriga nizo qilsa, bundan har ikkisi jabr ko‘rur. Ushbu matndan 
olinga gapda yordamchi so‘z turkumiga oid qanday birlik(lar) qatnashgan?
A) yuklama, bog‘lovchi
B) ko’makchi, bog‘lovchi
C) bog‘lovchi
D) yuklama ko‘makchi 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling