Attestatsiya testlari
boyligi, yeri va asbobi kundan kun qo‘lidan ketgandek, axloq va obro‘yi ham
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Attestatsiya savollari to‘plami 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- – hukmi shariatdir. Biz musulmonlarga, alalxusus, bu zamonda ikki sinf ulamo kerakdur: biri – olimi diniy; ikkinchisi – olimi zamoniy.
boyligi, yeri va asbobi kundan kun qo‘lidan ketgandek, axloq va obro‘yi ham
qo‘ldan chiqar, hatto dini ham zaif bo‘lur. Buning uchun biz musulmonlarni o‘qutmoqqa sa’y qilmog‘imiz lozimdur. Vaholanki, dini sharifimiz har nav naflik ilm o‘qumoqni beshikdan mozorgacha bizlarga farz qilgandir. Bu hukm – hukmi shariatdir. Biz musulmonlarga, alalxusus, bu zamonda ikki sinf ulamo kerakdur: biri – olimi diniy; ikkinchisi – olimi zamoniy. Ziyoli tomonidan o‘z millatining holi haqidagi fikrlari keltirilgan jumlalar qaysi asardan olingan? A) "O‘tkan kunlar" (Abdulla Qodiriy) B) "Kecha va kunduz" (Cho‘lpon) C) "Abulfayzxon" (Abdurauf Fitrat) D) "Padarkush" (Mahmudxo‘ja Behbudiy) 29. Qaysi asarda adabiy qahramon: “Ayol kishining har zamonda yig‘lab turgani yaxshi... Yengil tortadi. Erkakning yo‘rig‘i boshqa – uyat bo‘ladi. Mana, men, sira yig‘lamaganman... Lekin uyat bo‘lmaganda yig‘lardim”, - deya o‘zbek kishisining har qanday vaziyatda ham o‘z chidam-bardoshi, hamiyati va oriyatini saqlay olishini, ammo ichida kuchli og‘riq, iztirob, yig‘i borligini ham izhor etadi? A) “Ikki eshik orasi” (O‘tkir Hoshimov) B) “Temir xotin” (Sharof Boshbekov) C) “Sobiq” (Said Ahmad) D) “Ot egasi” (Shukur Xolmirzayev) 30. Qaysi javobda “Alpomish” dostoni voqealari bayoni noto‘g‘ri berilgan? A) Barchin sovchilikka kelgan Qalmoq yurtining alplaridan birini, ya’ni Ko‘kamanni bir qo‘li bilan belbog‘idan tutib ko‘tarib, chalqaramon qilib yerga qo‘yadi. B) Alpomish poygada Qorajon minib ketayotgan Boychiborni uzoqdan ko‘rib tanimaydi va hushidan ketib yiqiladi. C) Boybo‘ri Qalmoq yurtidan kelgan, ya’ni Barchin yuborgan choparlarni izzat- hurmatini joyiga qo‘yib rosa ziyofat qiladi, ammo Barchinning xatini Alpomishga ko‘rsatmasdan sandiqqa solib yashirib qo‘yadi. D) Boybo‘ri o‘g‘lining Qalmoq yurtiga borish uchun unga ot berishini yilqiboqar Qultoyga tayinlab qo‘ygan bo‘lsa ham, ammo yilqiboqar Alpomishga ot bermaydi. 31. Qaysi javobda Xoja haqida ma’lumot berilgan? A) Adibning “Maqsad ul-atvor” dostoni Jonibek Sulton nomiga bitilgan bo‘lib, Nizomiy Ganjaviy “Xamsa” sining birinchi dostoni “Maxzan ul-asror” ga nazira shaklida yozilgan. B) Adibning “Ilmi ash’orning qoidayi avzoni” asari ilmiy asar bo‘lib unda aruz vazni qoidalari bayon etilgan. C) Adib Kaykovusning “Qobusnoma”, Nizomiy Ganjaviyning “Haft paykar”, Abdurahmon Jomiyning “Yusuf va Zulayho” asarlarini tarjima qilgan. D) Ijodkorning “Qarolar falsafasi” asarida ijtimoiy adolatning jamiyat hayotidagi o‘rni o‘ziga xos tarzda talqin qilingan. 32. Oqib ketdi suvlarda Tohir, Zuhro yig‘lab qoldi qon bag‘ir. Kelganda ham qiyomat oxir, Mehr qolur, muhabbat qolur. Xalq dostonlaridan biri bo‘lgan “Tohir va Zuhra” dostoni voqealariga ishora qilingan ushbu satrlar Abdulla Oripov qalamiga mansub. Ushbu ma’lumot... A) to‘g‘ri B) noto‘g‘ri 33. Musa Jalilning “Bayrog‘imga qon bilan yozgan ontim undar olg‘a borishga!” kabi misralari o‘rin olgan, og‘ir jangda qattiq yaralanmasin, dushman qurshovini yorib chiqishga urinayotgan, tanasidan mador ketib borayotganiga qaramay ruhi taslim bo‘lishni istamayotgan jangchining kechinmalari ifoda etilgan she’ri qaysi javobda berilgan? A) “Ishonma” B) “Bu – men tug‘ilgan tuproq” C) “Kechir, yurtim” D) “Qushcha” 34. Gahi topdim falakdin notavonlig‘, Gahi ko‘rdim zamondin komronlig‘, Base issig1, sovug‘ ko‘rdum zamonda, Base achchig‘, chuchuk totdim jahonda.Ushbu misralar muallifini aniqlang. A) Furqat B) Ogahiy C) Navoiy D) Bobur 35. Qaysi javobda Abdulla Qahhorning faqat hikoyalari berilgan? A) «Sinchalak», «Dahshat» B) «Og‘riq tishlar», «Shohi so‘zana» C) «Sarob», «Ayajonlarim» D) «Bemor», «O‘g‘ri» 36. Abayning inson hayotida muhim o‘rin tutadigan aql, ilm-ziyo, insof va adolat, yaxshi xulq, muomala madaniyati, din, e’tiqod, davlatni idora qilish, xalqlar, elatlarning ahil, do‘stona munosabatda bo‘lishlari haqida mulohaza yuritgan nasriy asari qaysi javobda ko‘rsatilgan? A) «Naqliya so‘zlar» B) «Boy bolasi bilan kambag‘al bolasi» C) «Iskandar» D) «Ilm o‘rgan» 37. Qaysi javobdagi ma’lumot to‘g‘ri emas? A) Radif bir yoki bir necha so‘zdan iborat bo‘lishi mumkin. B) Mumtoz she’riyatda faqat cho‘ziq va qisqa unlilar raviy bo‘lib kela oladi, undosh tovushlar raviy bo‘lib kela olmaydi. C) She’riy janrlarda bir band doirasida ahamiyati jihatidan bir-biridan farq qiluvchi ikki xil - ichki va asosiy radif ishlatilishi mumkin. D) Mumtoz she’r ilmiga ko‘ra odatda raviy so‘zning asosida (o‘zagida) bo‘lishi talab etilgan. Ba’zan bu talabdan chetga chiqish kuzatiladi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling