Attestatsiya testlari


Bu zavq daryosidan shimir, ey ko‘ngil


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/119
Sana07.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1246543
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   119
Bog'liq
Attestatsiya savollari to‘plami 2

Bu zavq daryosidan shimir, ey ko‘ngil. Ushbu parchada qatnashgan fe’llar haqidagi 
qaysi fikr to‘g‘ri emas?
A) Ushbu gapdagi kesim vazifasida kelgan fe’llar buyruq-istak maylida qo‘llangan.
B) Ushbu gapda hokim qismga bitishuv usulida tobelangan fe’l qatnashgan.
C) Asosi o‘z shakldoshiga ega bo‘lgan ravishdosh qatnashgan.
D) Sifatdosh shaklidagi o‘timsiz fe’l qatnashgan. 
11. Qaysi gapda ham vositali to‘ldiruvchi, ham vositasiz to‘ldiruvchilarni bevosita 
tobelantirib kelgan kesim qatnashgan?
A) Insonning haqiqiy qadr-qimmati shundaki, uni hatto hasadchilar ham maqtashga 
majbur bo‘ladilar.
B) Uquvsiz insonga qattiqqo‘llik bilan bilim yo hunar o‘rgatib bo‘lmaydi.
C) Odamlarni bir-biridan ajratadigan so‘zni aytishdan saqlaning.
D) Derazaning ochiq tabaqasidan kirayotgan mayin shamol darpardani xomushgina 
silkitardi. 
12. Tobe qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmasi qatnashgan 
gapni aniqlang.
A) Dilozordan Xudo bezor.
B) U kuyovining bachkana qiliqlariga ichida bir g‘ijinar edi.
C) Serdaraxt o‘rmonni suv olmas.
D) Lekin u bu haqda tirnoqcha ham qayg‘ urmayapti. 
13. Bu tushuncha xayotimizda yalovbardor bo‘lmog‘i lozim. Ushbu gapda ega 
vazifasidagi so‘z imlosida xatolikka yo‘l qo‘yilgan. Ushbu ma’lumot… 


A) to‘g‘ri 
B) noto‘g‘ri 
14. Qaysi gapda o‘z sinonimi o‘rniga xato qo‘llangan ot qatnashgan?
A) Birozdan keyin ona o‘g‘ilchasi Xoliqjonning beg‘ubor basharasiga engashib tikildi.
B) Qizini yer-ko‘kka ishonmagan ona uni katta dabdaba bilan uzatishni orzu qilardi.
C) Cholning ovozi o‘zgardi, o‘pkasi to‘ldi, shekilli, birpas osuda qolib, keyin gapirdi.
D) Bazzoz do‘konini katta o‘g‘liga qoldirib, har kuni asir namozini uyiga kelib o‘qir edi. 
15. Qaysi gapda fe’lning o‘tgan zamon shakli kelasi zamon ma’nosida qo‘llangan?
A) Ular allaqachon bir qarorga kelgan edilar.
B) Men bu mehmonni kuzatib borayotirman.
C) Bir vaqt qarasam, yig‘layapman, hech o‘zimni bosolmayman.
D) Agar mening gapimni tushungan bo‘lsang, yur men bilan, ketdik. 
16. Qaysi javobda qaratqich kelishigining belgisiz qo‘llanishi kuzatilmaydi?
A) Yoqimli non hidi butun saroyni tutib ketdi.
B) Qachongacha qorning o‘ylab o‘tadirsan? Qachongacha ko‘kdan chalpak kutadirsan.
C) Chappar urib gullagan bog‘in, O‘par edim vatan tuprog‘in.
D) Ming yildirki, bulbul kalomi, O‘zgarmaydi - yaxlit hamisha. 
17. Qaysi gapda o‘zlik olmoshi predmetni ko‘rsatish uchun qo‘llangan?
A) Berilgan barcha vazifalarni mening o‘zim bajardim.
B) Ikromjon ukasini biz bilan qoldirib, o‘zi idora tarafga qarab ketdi.
C) Soat o‘zi ishlab ketdi.
D) Yo‘q, dadam emas, mening o‘zim agronomman. 
18. Sozanda tamburni sozlash uchun uni qo‘liga oldi. Ushbu gapda to‘ldiruvchi 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling