Attestatsiya testlari
Matnni o‘qing va savollarga javob bering
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Attestatsiya savollari to‘plami 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- -dir, bo‘ladi
- Yerimiz, suvimiz, farzandimiz deb
Matnni o‘qing va savollarga javob bering.
Lochin – yirtqich qushlar turkumining lochinsimonlar oilasiga mansub qush. 20 dan ortiq kenja turi ma’lum. Modasi yirik, gavdasining uzunligi 49 sm gacha, qanotlari yoyilganida 115 sm gacha, vazni 1,2 kg gacha. Nari modasidan ancha kichik. Keng tarqalgan, O‘rta Osiyoda sahro lochini va tundra lochini uchraydi. Sahro lochini o‘troq yashaydi; tundra lochini faqat qishlash uchun uchib keladi. Uyasini tog‘lik va jarli joylarga quradi. Aprel– mayda 2–3 ta tuxum qo‘yadi. Bolalari mustaqil uchadigan bo‘lguncha ota-onasining qaramog‘ida bo‘ladi. Qushlar va baliqlar bilan oziqlanadi. Sahro lochini va tundra lochini qushlarni ovlashga o‘rgatiladi. 38. Lochin – yirtqich qushlar turkumining lochinsimonlar oilasiga mansub qush. Ushbu gapda tirening ishlatilish sababini toping. A) Ot kesim kesimlik qo‘shimchasisiz yoki bog‘lamasiz qo‘llanganli uchun B) Ega ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalanganligi uchun C) Gapning egasi yoki kesimi harakat nomi bilan ifodalanganligi uchun D) bu o‘rinda tire xato qo’llanilgan 39. O‘rta Osiyoda sahro lochini va tundra lochini uchraydi. Ushbu ma’lumot… A) to‘g‘ri B) noto‘g‘ri 40. Lochinlar qaysi oylarda 2-3 ta tuxum qo’yadi? A) may – iyunda B) mart – aprelda C) aprel – mayda D) dekabr – yanvarda 26-VARIANT 1. Qaysi qatorda ibora qo‘llanmagan? A) U yig‘ilishdan tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib keldi. B) Aravani quruq olib qochish evi bilan-da! C) Atrof-tevarakda ko‘chani boshiga ko‘tarib yurgan bolalarning shovqini tingan. D) Har qanday temirni zang chiritadi. 2. Madaniy axloq kishining yurishida, so‘zlashishida, ovqatlanishida, odamlar bilan xayrlashishida, hamrohini raqsga taklif etishida namoyon bo‘ladi. Gapdagi uyushgan bo’laklarning nechtasi yasama so‘z ekanligini aniqlang. A) 4 B) 5 C) 2 D) 3 3. 1) U akalari bilan ariq qazib, suvsiz cho‘lga suv chiqaribdi. 2) Yozning issiq kunlari g‘animat ekanligini esdan chiqarmanglar. 3) Shamol toy ekan, Kuchga boy ekan, yengil ko‘charkan, Ko‘kka ucharkan. 4) Qovun navlarining atalish usullari xilma-xil. Ushbu gaplarning 3 tasida nisbat qo‘shimchasi qatnashgan. Ushbu ma’lumot… A) to‘g‘ri B) noto‘g‘ri 4. Deyl Karnegi unga shunday ta’rif beradi: „U hech qancha turmaydi, ko‘p narsaga qodir emas. U hadya qilingan odam boy bo‘ladi, hadya qilgan odam esa kambag‘allashib qolmaydi. Uning davomiyligi bir lahza, ammo xotiramizda abadiy qoladi. Uni sotib olish, so‘rab olish, o‘g ‘irlab olish behuda. Chunki u chin dildan taqdim etilgandagina qadrli. „U“ nima?“ A) ishonch B) nigoh. C) tabassum. D) diydor 5. Qaysi gapda -yu birlligi biriktiruv bog‘lovchisi vazifasida kelgan? A) Yo‘qchilik g‘ayratli, ishchan odamning eshigidan mo‘ralaydi-yu, ichkariga kira olmaydi. B) U qo‘lidagi maktubni o‘qidi-yu, tanasidan muzdek ter chiqib ketdi. C) Nega endi natijalarga baho berishadi-yu, sababini tekshirib ko‘rishmaydi. D) Doston do‘stining savolini eshitdi-yu, negadir javob berishni istamadi. 6. Qaysi hukm noto‘g‘ri? A) kesim -dir, bo‘ladi bog‘lamalari bilan kelsa, ega bilan kesim orasida tire qo‘yilmaydi. B) kesim kelishik qo‘shimchalarini olgan bo‘lsa, ega bilan kesim orasida tire qo‘yilmaydi. C) kesim sifat, ravish, tartib son bilan ifodalansa, ega bilan kesim orasida tire qo‘yilmaydi. D) barchasi to‘g‘ri. 7. Yerimiz, suvimiz, farzandimiz deb, Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling