Attestatsiya testlari
ularning og‘riqli nuqtasidir
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Attestatsiya savollari to‘plami 2
ularning og‘riqli nuqtasidir. Ushbu gapda sifat turkumiga oid so‘zlar faqat
aniqlovchi vazifasini bajarishi kuzatiladi. Ushbu ma’lumot… A) to‘g‘ri B) noto‘g‘ri 16. Qaysi gapdagi so‘zlar imlosida tovush tushish va tovush ortish hodisalari kuzatiladi? A) Qushlar sovuq tushishi bilan issiq o‘lkalarga uchib ketishadi. B) "Hozir ko‘nglimga qil sig‘maydi, uka, keyinroq gaplashamiz", - dedi unga opasi yig‘lagancha. C) Men avvallari yashash uchun yozdim, endi esa yozish uchun yashayapman. D) Qizcha sariq atlas ko‘ylagini kiyib, hammaga bir-bir maqtanardi. 17. Qaysi gapda asosi shakldoshlik xususiyatiga ega bo‘lgan yasama fe’l mavjud? A) Ko‘chadagi shamchiroqlar xira-xira nur sochmoqda. B) “Qayerga qadami yetsa, u yerni birpasda saranjom qiladi-qo‘yadi”, - deb o‘yladi O‘ktam. C) Har holda, menga o‘xshagan o‘yinqaroq bolalar uchun bu yerda ermak topiladi. D) Otamning ishonchini qozonish uchun astoydil tirishardim. 18. Qaysi gapda qo‘llangan yangi so‘zi yaqinda so‘zi bilan ma’nodoshlik hosil qila oladi? A) U bilan hozir yangi mavsumda qilinadigan ishlarning rejasini ishlab chiqamiz. B) Bu yerda u yangi, yordamingizni ayamang. C) U bizga yangi kelgan xodim, shuning uchun yo‘l-yo‘riqlarni o‘rgatishimiz lozim. D) Biz bugun yangi ilmiy g‘oyalarimizni ular bilan o‘rtoqlashdik. 19. Davlat tili ilm-fan yutuqlari asosida kirib kelgan atamalarni qabul qilish va yangi atamalarni joriy etish orqali boyitiladi, takomillashtiriladi. Ushbu gapda qatnashgan sof fe’llar o‘timsiz fe’llar sanaladi. Ushbu ma’lumot... A) to‘g‘ri B) noto‘g‘ri 20. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan? A) kambayn, zamon, islahot B) mudofaa, yovoyi, mexribon C) muomala, orkestr, kabenit D) tomosha, mabodo, konsert 21. Meni yam-yashil o‘tloqlarda dumalatgan, chang ko‘chalarda o‘ynatgan damlarni unutolmay qiynalaman. Ushbu gapda holli so‘z birikmalari necha o‘rinda qatnashgan? A) 4 B) 2 C) 3 D) 5 22. Ikki yasharli o‘g‘lini shifokor ko‘rigiga olib kelgan ekan. Ushbu gapda so‘z yasovchilar soni 3 ta. Ushbu ma’lumot... A) to‘g‘ri B) noto‘g‘ri 23. Varvarizm berilgan qatorni aniqlang. A) limon, ko‘kat B) gapni qiyvordi, ment C) karoche, davay D) maymun, danap 24. Shuhratning Vyetnamda borayotgan urushga qarshi turgan fransuz qizi jasorati madh etilgan balladasini toping. A) "Raymonda" B) "Improvizator" C) "Jamila" D) ''Ona va farzand" 25. Ayol qismatining murakkabligi, ayol ruhiyatining behad nozikligi aks ettirilgan “Begim, sizni tabiat. . .”, she’rining muallifini aniqlang. A) Halima Xudoyberdiyeva B) Saida Zunnunova C) Zulfiya D) Oydin Hojiyeva 26. Quyidagi qaysi ma’lumot Atoyi haqida? A) Alisher Navoiy "Majolis un-nafois'' asarida u haqida: "Mavlono . . . Balxda bo‘lur erdi. Ismoil ota farzandlaridindur, darveshvash va xushxulq, munbasit (ochiq chehrali) kishi erdi. O‘z zamonida she’ri atrok (turkiy tilda so‘zlovchilar) orasida ko‘p shuhrat tutti", - deb yozgan. B) Alisher Navoiy "Nasoyim ul-muhabbat" asarida u haqida: "... To‘qson to‘qqiz yoshida olamdin o‘tdi. Qabri Dehikanordadur, o‘z maskani erdi", - deb ma’lumot bergan. C) Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat” asarida ijodkorga: "Turkiston mulkining shayx ul- mashoyixidur,,, - deb ta’rif bergan. D) Alisier Navoiy “Majolis un-nafois” asarida shoirga: "Mavlono ... o‘z zamonasining malik ul-kalomi erdi, forsiy va turkiyda naziri yo‘q erdi ... va turkcha devoni ham mashhurdur", - deb ta’rif bergan. 27. Uilyam Shekspirning "Hamlet" tragediyasida qirol Klavdiy kimni: "Uni darhol jo‘natamiz Angliyaga, Boj undirish vazifasii yuklanur unga. Ehtimolki, dengiz sayri, yangi o‘lkalar Va ronjiy odamlar-la suhbat, muloqot Yuragini bosib yotgan qora mavhumot G‘ashlik balosidan uni, musaffo etar", - deya boj undirish vazifasi bahonasida davlatdan uzoqlashtirmoqchi bo‘ladi? A) Hamletning otasini B) Gertrudani C) Hamletni D) Poloniyni 28. “Asardagi adabiy qahramon ota yurtida shunday bir kutubxona yaratish niyatida ekanligini, unda jahondagi barcha ilmlar bitilgan kitoblar jam bo‘lishini istashi haqida o‘z ukasiga so‘zlab beradi”. Ushbu parcha Oybekning "Navoiy romanidan olinga. Ushbu ma’lumot... A) to‘g‘ri B) noto‘g‘ri 29. Ulki ko‘zi g‘izoli Chin durur, Qoshida payvasta oning chin durur. Chunki ul ko‘p yolg‘on aytti, ul menga, Gar desam yolg‘onchi oni, chin durur. Ushbu tuyuq muallifini aniqlang. A) Muhammad Rizo Ogahiy B) Boborahim Mashrab C) Zokirjon Xolmuharnmad o‘g‘li Furqat D) Zahiriddin Muhammad Bobur 30. "Uzlatda kechgan o‘n besh yil davomida kamina bu o‘tkinchi dunyo hayotini miridan sirigacha o‘rgandim. To‘g‘ri, uzoq yillar men na quyoshni, na odamlarni ko‘rdim, ammo-lekin sizlarning kitoblaringizdan ajoyib musallaslar no‘sh etib, diltortar navolar tingladim, o‘rmon va yobonlarda ohular-u g‘izollar ortidan quvdim... " Ushbu parcha qaysi asardan olingan? A) "So‘nggi saboq" (Alfons Dode) B) "Garov" (Anton Chexov) C) "Choliqushi" (Rashod Nuri Gurtekin) D) ''Shubxa" (Robindranath Thakur) 31. "Abulfayzxon" dramasida uchraydigan qahramonlar nomi berilgan javobni aniqlang. A) Sodiq, Ibrohim, Artun B) lbrohimbiy, Doniyolbiy, Hasanali C) Mir Vafo, Ulfat, Rahimbiy D) Davlat, Domla, Mutal 32. Ushbu asarda turkiy tildagi so‘zlar ma’nosi arab tilida izohlab beriladi. Misol sifatida xalq orasidagi badiiy parchalar keltiriladi. Ushbu ma’lumot qaysi asar haqida? A) “Devonu lug‘ot at-turk” B) “Qutadg‘u bilig” C) “Muhokamat ul-lug‘atayn” D) “Qisasi Rabg‘uziy” 33. Qaysi adabiy qahramon Vatani va onasi oldidagi burchini ado etishdan qochib to‘qayda berkinib yotgan yolg‘iz farzandiga tasodifan duch kelib qolganda oldida o‘z bolasi emas, bir yirtqich turgandek iztirobga tushadi: "Yot-begonalar tobutni, yelkada olib ketayotganlarini, ko‘rib chidab turdingmi? Yo‘lingga termilib ko‘r bo‘lgan onaga shumi mukofot? Butun umrini, jonini, rohatini, bag‘ishlagan onaga shumi mukofot?" - deya unga malomat qiladi? A) Ochil buva ( “Chinor”, Asqad Muxtor) B) Bo‘ri polvon ( “Yulduzlar mangu yonadi”, Tog‘ay Murod) C) lkromjon ( “Ufq”, Said Ahmad) D) Ermon buva ( “Dunyoning ishlari”, O‘tkir Hoshimov) 34. "Yovga ters qaragan musulmon emas!" satrlari bilan yakunlanuvchi, shonli bobolarga munosib bo‘la olmagan turkiy xalqlarga xos illatlar ayovsiz fosh etilgan, “Turkiylar” she’rining muallifini aniqlang. A) Halima Xudoyberdiyeva B) Shavkat Rahmon C) Omon Matjon D) Muhanmad Yusuf 35. Qaysi javobda nomi keltirilgan asar Alisher Navoiy qalamiga mansub? A) “Mubayyin” B) “Zubdat ul- tavorix” C) “Muhokamat ul-lug‘atayn” D) “Ilmi ash’orning qoidayi avzoni” 36. Qaysi ijodkor “Charxpalak” teleseriali, “Ma’rif va Sharif”, “Tilla bola”, “Yuzsiz”, “Doka ro‘mol qurishi”, “O‘yin” singari filmlarga ssenariy yozgan? A) O‘tkir Hoshimov B) Sharof Boshbekov C) Shukur Xolmirzayev D) Turob To‘la 37. Sendek menga bir yori, jafokor topilmas, Mendek senga bir zori, vafodor topilmas. Ushbu baytda qo‘llangan she’riy san’atlarni aniqlang. A) tardi aks, tashbeh, tazod B) tanosub, tazod, tajnis C) tashbeh, tanosub, talmeh D) tazod, talmeh, tardi aks Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling