Auditorlik riski, uning elementlari va ularni baholash Reja: Kirish


Auditorlik risklar maqbul to’plamining elementlari va ularni baholash


Download 133.18 Kb.
bet6/10
Sana17.06.2023
Hajmi133.18 Kb.
#1537454
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Auditorlik riski, uning elementlari va ularni baholash Xamroyev

Auditorlik risklar maqbul to’plamining elementlari va ularni baholash.

Auditda tanlash ichki nazoratni va schetlar qoldiqlarini hamda ularning tasdiqlanganligini tekshirish uchun foydalaniladi va tekshirlayotgan hisobot davrida amalga oshirilgan operatsiyalarni barchasini to’liq tekshirish imkoni bo’lmaganda qo’llaniladi. Chunki moliyaviy hisoboti tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning hajman kattaligi va ularda sodir bo’lgan muomalalarning murakkabligi hamda qo’pligidan, mazkur muomalalarni tekshirish iqtisodiy jihatdan imkonsiz hisoblanadi. Auditor hujjatlarni tekshirish, hisob – kitoblarni takror bajarish yoki tasdiqlarni jo’natish kabi amallarni bajarganda tanlash usullaridan foydalanish maqsadga muvofik bo’ladi.
Shuningdek, shuni ta’kidlash lozimki boshqa auditorlik amallaridan, jumladan so’rov, ko’zatish va ko’pchilik tahliliy amallaridan foydalanishda tanlashdan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanmaydi. To’liq auditorlik tekshiruvi tanlashni o’z ichiga oladi, chunki auditor hisobot davrida amalga oshirilgan barcha operatsiyalarni to’liq tekshirish imkoniyati mavjud emas. Lekin auditor schetlar qoldiqini tashkil etadigan asosiy hajimning batartibligi (saramjonlik) xaqida xulosalar qilishi lozim.
Har bir auditorlik tekshiruvida ichki nazoratni testlash yoki schetlar qoldig’ini bevosita tekshirish uchun tanlab olishning ayrim shakllari mavjud bo’ladi, chunki auditor doimiy ravishdan mumkin qadar etarlicha ishonchli dalillar yig’ishga xarakat qiladi. Auditor bosh to’plam to’g’risida ishonchli xulosa chiqarish uchun riskni pasaytirmoqchi bo’lsa tanlash bosh to’plam uchun reprezentativ bulmog’i kerak. Tanlashning reprezentativ bo’lish ehtimolini oshirish uchun u etarlicha miqdorga ega bo’lgan va muvofiq keladigan bosh to’plamdan olinishi lozim.
Auditning umumlashtirilgan dasturiy ta’minoti (AUDT). Bu dasturiy ta’minotlar aynan auditorlar uchun ishlab chiqilgan. AUDTdan 100% muvofiq bosh to’plamnini testlashni soddalashtirish va avtomatlashtirish uchun foydalanish mumkin, u shuningdek, auditorni risk yuqori bo’lgan ma’lum soxalarga yoki operatsiyalar toifasiga e’tiborni qaratishga yordam beradi. AUDT dasturiy ta’minoti ma’lumotlarni o’qish, ishlov berish va yozish uchun yaratilgan.
Auditorlar AUDTdan mijozning kompyuterlashtirilgan ma’lumotlarini yuklab olishda foydalanishlari mumkin: shundan keyin dasturiy ta’minot ma’lumotlarga nisbatan ko’p yo’llar orqali ulanishi mumkin. Masalan, ma’lumotlar ko’rib chiqilishi, ajratilishi, umumlatirilishi, stratifikatsiyalanishi, tahlil qilinishi va tanlab olish uchun foydalanilishi mumkin. Auditorlarni qiziqtiradigan AUDTning boshqa funktsiyalari tarkibiga dublikat elementlarni, jumladan dublikat schet –fakturalar, sanalar orasida uzilishlar va chek nushalari ma’lumotlaridagi uzilishlarni aniqlashni o’z ichiga oladi.
Amaliyotda siz AUDTni hammaga ma’lum bo’lgan Excel elektron jadvaliga o’hshatishingiz mumkin, lekin auditorlar Excel jadvallaridan ham AUDTga qo’shimcha ravishda foydalanishadi. Bugungi kunda AUDT, Excel elektron jadvallari va ma’lumotlarni boshqarishning boshqa zamonaviy vositalaridan deyarli hamma auditorlik tekshiruvida foydalaniladi.
Ichki nazoratni testlash bilan bog’liq tanlash risklari jadvalda keltirilgan. Ichki nazorat ishonchliligini noto’g’ri qabul qilish riski (shuningdek, nazorat riskining o’ta past yoki ishonchlilikdan ham yuqori baholovchi risk deb ataluvchi risk) bunda auditor ichki nazorat tizimini samarali deb topganda haqiqatda esa ichki nazorat tizimi samarsiz bo’lganligi riski hisoblanadi. Ichki boshqaruv ishonchliligining noto’g’ri og’ishi riskga (shuningdek, nazorat riskini o’ta yuqoriligida yoki ishonilganidan past riskni baholash deb ham ataluvchi) auditor nazoratning ichki vositalari holati samarasiz deb xisoblanadi, aslida esa nazoratning ichki vositalari samaralidir.
Tanlab olishlar natijalari xatolar tufayli kelib chiqqanligi yoki ular firibgarlik extimolini ko’rsatayaptimi va nazoratning layoqatqizligi auditning boshqa fazalariga qanday ta’sir etadi? Audit mulohazalari bilan kombinatsiyalangan statistik tanlab olishlar odatda fakat auditorlik bitta mulohazasidan foydalanganlikga nisbatan ancha yuqori sifatli auditorlik xulosalarin yaratadi. Bundan tashqari, statistik tanlab olish regulyatorlar yoki hakamlar yigilishining ikkinchi nuqtai nazari (farazi) dan qochishga imkon berishi mumkin, boshqa tomonlar tanlab olishning foydalanilayotgan usullariga nisbatan shubhani bartaraf etish lozim.

Download 133.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling