Auditorlik riski, uning elementlari va ularni baholash Reja: Kirish


-jadval. 2-jadval. Tasdiqlar to’g’risida yig’iladigan auditorlik dalillarini to’plashda yondoshuvlar.4


Download 133.18 Kb.
bet7/10
Sana17.06.2023
Hajmi133.18 Kb.
#1537454
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Auditorlik riski, uning elementlari va ularni baholash Xamroyev

2-jadval.
2-jadval. Tasdiqlar to’g’risida yig’iladigan auditorlik dalillarini to’plashda yondoshuvlar.4
2-jadval moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarini tasdiqlash uchun auditorlik dalillarini to’plash bo’yicha alternativ yondoshuvni aks ettiradi, shuningdek to’planadigan mahsus auditorlik dalillari na’munalarini o’z ichiga oladi. Ichki nazoratni testlashda tanlashdan foydalanishdan maqsad ichki nazorat tizmi samarali ishlash yoki ishlamasligini aniqlash xisoblanadi. Agar ular samarali ishlamasa, auditor mustaqil protseduralarni konstruktsiyalayotganda boshqaruvning ichki vositalari muxokamasi haqida qaror qabul qilishda ko’rib chiqishi lozim. Schetlar saldosini testlashda tanlashning maqsadi bu schetlar saldosini buzib yozishlar sonini baholashdir.
Agarda buzib ko’rsatishlar (xatolar) ko’p bo’lsa, auditor schetlar saldosini to’zatish imkoniyati bo’lishi uchun ular haqida bilishni istaydi. Biroq tanlashda hamisha ma’lum risklar bo’ladi. Masalan, auditor etarlicha miqdordagi elementlarni ko’rib chiqa olmas edi yoki tanlash jami hajim uchun reprezentativ bo’la olmas edi. Shu tariqa, auditorlar ular tekshirayotganlar xaqidagi noto’g’ri xulosalar ehtimolini minimallashtiruvchi tanlab olishlarni kurib chiqishlari kerak.
Tanlash birliklariga tekshiriladigan alohida elementlar kiritiladi. Tanlash birliklari umumiy to’plamni tashkil etadi. Umumiy to’plam auditor nazorat protseduralari samaradorligi yoki schetdagi buzib yozishlar kabi ayrim xususiyatlarni baholamokchi bo’lganida, schetlar saldosini tashkil etuvchi operatsiyalar yoki elementlar guruhidir. Tanlash birligiga daromadni tan olishga ta’lukli bo’lgan yil davomida sotilgan buyurtmalar bo’lishi mumkin edi. Auditor tanlashdan foydalanishda to’rtta kritik savolga javob berishi kerak.
Mustaqil moliyaviy nazorat yoki audit bozor iqtisodiyotining ajralmas elementi hamda mamlakat iqtisodiyotini xavfsizligini ta’minlovchi faoliyatdir. Auditorlik faoliyati iqtisodiyotda o’z funktsiyalarini to’liq amalga oshirish uchun quyidagi ob’ektiv shartlar bajarilishi lozim:

  • mamlakatda qulay investitsion muhitning yaratilganligi;

  • sud-huquq tizimining rivojlanganligi;

  • davlatning mustaqil moliyaviy nazorat kotseptsiyasini amalga oshirish bo’yicha ehtiyoji.

Auditorlik faoliyati g’arb mamlakatlarida evalyutsion yo’l bilan rivojlangan bo’lsa, bizning mamlakatimizga bozor iqtisodiyotining elementlaridan biri sifatida kirib keldi. Natijada milliy auditorlik faoliyatining rivojlanish darajasi rivojlangan mamlakatlar auditorlik faoliyatining rivojlanish darajasiga muvofiq kelmay qoldi. Yuzaga kelgan muammoni bartaraf etishda mamlakatimizda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Xususan:

  • faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy baza shakllantirildi;

  • auditorlik faoliyatining milliy standartlari ishlab chiqildi va h.

Bizga ma’lumki iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida faoliyat yurituvchi sub’ektlar o’zaro munosabatlarida audit muhim element hisoblanadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati, mulkdori va uni davlat bilan o’zaro munosabatida audit muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olsak, axborotdan foydalanuvchilar oldida auditorlar to’liq javobgar ekanligini e’tirof etishimiz mumkin. Shunday ekan auditor taqdim etayotgan xulosasining ishonchliligiga to’liq javobgardir, buning e’tiborli jihati shundaki, auditor xo’jalik operatsiyalarini, tovar moddiy zahiralari va boshqa aktivlar hamda o’z va qarz mablag’larini yoppasiga tekshiruv o’tkazmasligi bois xulosaning ishonchliligi yuzasidan risk yuzaga keladi. Bu riskni aniqlash va baholash, uning kritik va maqbul chegarasini aniqlash auditorlar oldidagi asosiy muammo hisoblanadi.
Xodimlar yetishmasligi; auditor yoki yuristlarning tez-tez o‘zgarib turishi; hisob yuritish va ishlab chiqarish xususiyatlari bilan yaxshi tanish bo‘lmagan, yangi ishchilarni yollash; qalloblik va suyiste’mol qilish; xo‘jalik muomalalariga doir muhim kelishmovchiliklar; yuristlar, maslahatchilar, agentlar va boshqa mutaxassisliklarning bir martalik xizmatlari uchun haddan tashqari yuqori haq to‘lanishi kabilarni ham ushbu guruhga kiritish mumkin.
Kutilmagan va izohlab bo‘lmaydigan muomalalar, hujjatlarning to‘liqsizligi, ularni rasmiylashtirish va tuzatishga rahbariyatning noroziligi hamda tekshiruvni tez yakunlash maqsadida mijozning auditorga tazyiq o‘tkazishi, noqulay sharoitlarda ishlash, kutulmaganda tekshiruv muddatini kechiktirish, auditor so‘rovlariga rahbariyatning noto‘g‘ri javob berishi kabi sabablar bo‘yicha auditorlik dalil-isbotlarini olish bilan bog‘liq murakkabliklarni ham ta’kidlash zarur.
Mahsulotlarni sotishga doir kutilmagan vaziyatlar kabi omillarga; kutilmagan muomalalar sodir bo‘lishi (yangi agentlar, yangi oldi-sotdi sharoitlari); mahsulotlarni demping (ingl. «Dumping» – tashlash, ya’ni tashqi bozor uchun kurash, raqobatchilarni sindirish maqsadida tovarlarni tannarxidan past bahoda sotish) baholari bo‘yicha xorijda sotishga muhim e’tiborni qaratish zarur.

Download 133.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling