Auditorlik riski, uning elementlari va ularni baholash Reja: Kirish


Auditorlik riskini baholashdagi muammolarni bartaraf etish yo’llari


Download 133.18 Kb.
bet9/10
Sana17.06.2023
Hajmi133.18 Kb.
#1537454
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Auditorlik riski, uning elementlari va ularni baholash Xamroyev

Auditorlik riskini baholashdagi muammolarni bartaraf etish yo’llari.

Auditor auditni rejalashtirishda moliyaviy hisobotda muhim chalkashliklarga olib keladigan faktlarni hisobga olishi lozim. U muhimlik darajasining qanday ko‘rsatkichini qabul qilishini va buxgalteriya schyotlaridagi qoldiqlar hamda oborotlarning xususiyatlarini tahlil qilish asosida moliyaviy hisobotning qaysi moddalarini maxsus e’tibor bilan o‘rganishini va qanday hollarda auditorlik tanlash (tanlab tekshirish) usullari hamda tahliliy amallarni qo‘llagan holda umumiy auditorlik riskini maqbul bo‘lgan darajagacha pasaytirishni hal etishi lozim.
Auditor tanlagan muhimlik darajasi va auditorlik riski o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjudligini e’tiborga olishi lozim. Auditorlik tekshiruvlar hajmi va muddatlarini aniqlashda ushbu teskari bog‘liqlik inobatga olinishi kerak. Demak, auditor muhimlik darajasini pasaytirishni lozim topsa, uning auditorlik riski (tavakkalchilik xavf-xatari) oshadi va aksincha. Bu bog‘liqlikni batafsilroq quyidagicha bayon qilish mumkin:

  1. muhimlik darajasi qancha yuqori bo‘lsa, umumiy auditorlik riski shuncha past bo‘ladi;

  2. muhimlik darajasi qancha past bo‘lsa, umumiy auditorlik riski shuncha yuqori bo‘ladi.

Agar auditor auditorlik tekshiruvi chog‘ida muhimlik darajasining pastroq ko‘rsatkichini qo‘llashga qaror qilsa, bu holda u auditorlik riskini pasaytirishga doir chora-tadbirlarni kuchaytirishi lozim. Buning uchun u nazorat vositalari riski va aniqlanmaslik riskini quyidagi tarzda aniqlashi lozim:

  1. nazorat vositalari riskini pasaytirish, agar buning imkoni bo‘lsa.

  2. buning uchun tekshiruv chog‘ida nazorat vositalarini qo‘shimcha test sinovidan o‘tkazish zarur;

  3. aniqlanmaslik riskini pasaytirish, agar buning imkoni bo‘lsa. Buning uchun auditor quyidagilarni amalga oshirishi lozim:

  4. qo‘llaniladigan auditorlik amallarini, ularning sonini ko‘paytirish va mazmunini o‘zgartirishni nazarda tutgan holda modifikatsiyalash (boshqacha shaklga keltirish, o‘zgartirish);

  5. tekshiruv uchun sarflanadigan vaqtni ko‘paytirish;

  6. auditorlik tanlash hajmini oshirish. Bunda ichki xo‘jalik riski ko‘rsatkichining o‘zgarmasligi va tekshiruvning umumiy rejasini tayyorlash paytida hisobga olinmagan, ammo haqiqatda mavjud faktlar tekshiruv chog‘ida aniqlangan holdagina o‘zgarishi mumkinligini e’tiborda tutishi zarur.

Muhimlik va risk darajasini baholash auditorlik tekshiruvining muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Uning malakali amalga oshirilishi nafaqat sifatli auditorlik hisoboti va xulosasi tuzish, balki auditorlik tashkiloti kabi, mijoz-tashkilotning ham barqaror rivojlanishiga zamin yaratadi.
Auditorlik tekshiruv muvaffaqiyatli yakunlanib, soliq organlari tomonidan mijoz korxonaga e’tirozlar bildirilmasa, auditorlik tashkiloti nafaqat daromad oladi, uning obro‘-e’tibori ham oshadi. Natijada, auditorlik tashkiloti o‘z mijolarini saqlab qolishga va yangilarini orttirishga hamda auditorlik xizmati bozorida yuqori reytingga muvaffaq bo‘ladi.
Auditorlik tanlash tekshiriladigan to‘plam obyektlarining 100 %dan kam qismiga nisbatan auditorlik amallarini qo‘llash maqsadida o‘tkaziladi. Tekshiriladigan to‘plam deganda schyotlarning qoldiqlarini yoki muomalalarni tashkil etuvchi, schyotlar bo‘yicha oborotlarni tashkil etuvchi butun tekshiriladigan to‘plam haqida fikr shakllantirishga imkon beradigan auditorlik dalil-isbotlarni to‘plash uchun zarur bo‘ladigan elementlar tushuniladi. Auditorlik tanlash uslubini shakllantirish uchun auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotning muayyan bo‘limini, tekshiriladigan to‘plamni tekshirish tartibini aniqlashi lozim. Tekshiriladigan element ushbu to‘plamdan tanlab olinadi.
Tanlov o‘tkazishda auditorlik tashkiloti o‘rganiladigan butun to‘plamni alohida guruhlar (quyi to‘plamlar)ga bo‘lishi mumkin. Ushbu guruhlar elementlari bir-biriga o‘xshaydi. To‘plamni bo‘laklash mezonlari, uning qaysi guruhga tegishli ekanligini aniq ko‘rsata oladigan bo‘lishi lozim. Ushbu amal stratifikatsiya deb nomlanib, ma’lumotlarning tarqoqligini pasaytiradi. Bu esa o‘z navbatida auditor ishini yengillashtirishi mumkin. Auditorlik tanlashga qo‘yiladigan muhim talablardan biri – reprezentativlik, ya’ni tekshiriladigan to‘plamning barcha elementlaridan teng miqdorda tanlanish ehtimolining ta’minlanishidir. Auditorlik tashkiloti ushbu talabni ta’minlash uchun quyidagi statistik usullarning birortasidan foydalanishi mumkin.
Auditorlik tanlash masalasiga nazariy jihatdan yondashilganda, hatto ushbu maqsad uchun tanlash uslubini ishlab chiqadigan matematiklar mehnati talab qilinsada, yuqorida keltirilgan tanlash usullaridan istalgan birini qo‘llash uncha murakkab ko‘rinmaydi. Murakkablik tanlash jarayonini bevosita amaliyotda bajarish chog‘ida vujudga keladi. Auditorlik tanlashda statistik usullarni qo‘llash har biridagi elementlar o‘xshash xossalarga ega bo‘lgan to‘plamlar (quyi to‘plamlar)ga nisbatan qo‘llanganda samarali bo‘lishi mumkin.
Masalan, bu mahsulot(ish, xizmat)larni sotish chog‘ida xaridorlarga taqdim etiladigan schyot-fakturalarni tekshirishda qo‘llanilishi mumkin. Chunki, schyot-fakturalar yagona shaklga ega, bitta faylda saqlanadi va ketma-ket tartib raqami beriladi. Ammo, mol yetkazib beruvchilardan olingan schyot-fakturalarni tekshirishda, ularning mol yetkazib beruvchilar tomonidan raqamlanishi va tartib raqamlari kelib tushish tartibiga mos kelmasligi bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi. Bu holda auditor, agar statistik tanlash usullarini qo‘llamoqchi bo‘lsa, tekshiriladigan to‘plamdagi barcha schyot-fakturalarni o‘zi raqamlab chiqishi mumkin (faqat tekshiruv maqsadida).
Ko‘p hollarda esa mijoz-korxonadagi hujjatlar aylanish grafigining tuzilish prinsipi statistik tanlashni to‘g‘ri amalga oshirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki, hujjatlarni arxivga topshirishda stratifikatsiyalashni amalga oshirishga imkon beradigan bir xillik buziladi.
Auditorlik tanlashda statistik usullarni qo‘llash ko‘proq mijoz korxonada buxgalteriya hisobi kompyuterlashgan sharoitda samara beradi. Bu holda tekshirishning kompyuterlashgan vositalaridan foydalanish imkoni bo‘ladi. Tekshiriladigan to‘plamdagi elementlar soni statistik usullarni qo‘llash samara bermaydigan darajada kam yoki statistik usullarni qo‘llash yoppasiga tekshirishdan ko‘ra samarasiz bo‘lishi mumkin.
Bunday hollarda auditorlik tashkiloti buxgalteriya hisobi schyotlarida qoldiq va oborotlarning to‘g‘ri aks ettirilganligini yoki nazorat tizimini yoppasiga tekshiradi. Amaliyotda ko‘p hollarda tekshiriladigan bosh to‘plamni 100% to‘liq tekshirish imkoni yo‘q yoki maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Bunda tekshiriladigan elementlarni tanlash auditorlarning kasb mahoratiga tayangan holda amalga oshiriladigan nostatistik usullar qo‘llaniladi. Tanlash ko‘lami muhimlik darajasiga bog‘liq bo‘lishi kerak, ya’ni muhimlik darajasi qanchalik past bo‘lsa, zarur bo‘ladigan tanlash ko‘lami shuncha yuqori bo‘ladi.
Auditorlik tanlash jarayonida olingan natijalarni auditorlik tashkiloti barcha tekshiriladigan to‘plamga tarqatishi lozim. Natijalarni butun to‘plamga tarqatish uslublari turlicha bo‘lishi mumkin, ammo hamma vaqt tanlovning tuzilish uslublariga mos kelishi kerak. Agar tekshiriladigan to‘plam quyi to‘plamlarga bo‘laklangan bo‘lsa, u holda natijalarni tarqatish ularning har biri bo‘yicha amalga oshiriladi. Auditorlik tashkiloti tanlov hajmi (ko‘lami)ni aniqlash chog‘ida tanlash risklarini, yo‘l qo‘yiladigan va kutiladigan xatolarni aniqlashi lozim.
Tanlash riskining mazmuni shundan iboratki, tanlab olingan ma’lumotlar asosida tuzilgan, ma’lum masalaga doir auditorning fikri xuddi shu masalaning o‘zi bo‘yicha butun to‘plamni o‘rganish asosida tuzilgan fikrdan farq qiladi. Tanlash riski nazorat vositalarini test sinovidan o‘tkazishdagi kabi, schyotlar bo‘yicha qoldiq va oborotlarni buxgalteriya hisobida aks ettirishning to‘g‘riligini batafsil tekshirishda ham mavjud. Auditorlik amaliyotida nazorat vositalarini test sinovidan o‘tkazish va schyotlar bo‘yicha qoldiq hamda oborotlarning to‘g‘riligini tekshirish uchun tanlash risklari birinchi darajali va ikkinchi darajali toifalarga bo‘linadi.
Aniqlanmaslik riskini mohiyati shundan iboratki, auditor tomonidan auditorlik tekshiruvini o‘tkazish jarayonida muhim xato va kamchiliklarni aniqlay olmaslik ehtimolidir. Aniqlanmaslik riski auditorlik tekshiruvida bajaradigan ishlar ko‘lami, tanlash ko‘lamiga, sarflanadigan mehnat sarfi umuman auditorlik xizmati haqi miqdoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir.
Yuqoridagi yondashuvlardan qay birini tanlashni auditorni o‘zi mustaqil belgilaydi. Lekin bu ikkita yondashuv turli mehnat sarfini talab etadi, ya’ni jarayonli yondashuv ko‘p mehnat sarfini talab etganligi bois moddalar bo‘yicha yondashuvdan keng foydalaniladi. Auditorlik tekshiruvida risklarni baholash orqali o‘zining javobgarligini belgilab olar ekan.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlashimiz mumkinki, auditor butun faoliyatini moliyaviy hisobotning yetarli ishonchliligini ta’minlash bilan bir qatorda auditorlik riskini maqbul chegaragacha pasaytirishga qaratadi.

Xulosa
Jahon mamlakatlari tajribasidan maʼlumki, iqtisodiy integratsiya mamlakatlarning rivojlanishini taʼminlashga xizmat qiladi. Buning ijobiy samarasi oʼlaroq, buxgalteriya hisobi va audit sohasida ham yirik integratsion tuzilmalar, mintaqaviy tashkilotlar tuzilgan. Аyniqsa, mintaqaviy tashkilotlarning faoliyati tahsinga sazovordir. Yevropa mamlakatlari, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Lotin Аmerikasi mamlakatlari buxgalter va auditorlarining mintaqaviy tashkilotlari shular jumlasidandir.
Auditorlik tekshiruvida firibgarlikni aniqlash mavzusidagi olib borilgan kurs ishim davomida, bu mavzuning tushunchasi juda kengligini va uning hozirgi vaqtdagi glabal muammolardan biri ekanligiga tushuncham yanada kengaydi. Chunki bu holat bizning yurtimizda jadallashib ketmagan ammo Yevropadagi holat juda ayanchlidir. Bizning vatanimizda rivojlanmagani bu yaxshi holat lekin buning oldindan chora tadbirlarini ko’rib qo’yish afzaldir.
Firibgarlik natijasida yuzaga kelgan jiddiy noto'g'ri tavakkalchiliklarni ("firibgarlik risklari") aniqlash va moliyaviy hisobotlarda firibgarlik natijasida yuzaga kelgan jiddiy xatolarni aniqlash bo'yicha ularning majburiyatlarining ahamiyatini e'tiborsiz qoldirmaslik kerak. Bu, ayniqsa, to'g'ri, chunki kompaniyalar faoliyat yuritadigan makroiqtisodiy va geosiyosiy muhitdagi har qanday o'zgarishlar firibgarlik uchun yangi bosim, imkoniyatlar yoki ratsionalizatsiyaga olib kelishi mumkin.
Auditorlar moliyaviy hisobotlarda xato yoki firibgarlik tufayli jiddiy noto'g'ri ma'lumotlar yo'qligi to'g'risida oqilona ishonchga ega bo'lishi uchun muammolar tezda aniqlanganligini va hal qilinishini tekshirishga yordam berish orqali investorlarni himoya qilish funksiyasini bajarishi muhim. Agar audit tegishli darajadagi professional e'tibor va professional hamda shubhasiz o'tkazilsa va auditning qiymati va investorlar uchun tegishli imtiyozlar, shu jumladan investorlarning himoyasi kamayadi.
Iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish natijasida auditorlik faoliyatini samarali tashkil etish uchun auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish hamda o‘zaro hisob-kitobni yaxshilash maqsadida ularga maslahat, yo‘l-yo‘riq, huquqiy va boshqa turlardagi yordam ko‘rsatadigan malakali xizmat ko‘rsatadigan auditorlarga ehtiyoj yanada sezilmoqda.
Shu sababli, biz auditorlarga o'zlarining professional majburiyatlarini audit davomida tegishli firibgarlik ob'ektini qo'llash orqali, jumladan boshqa audit standartlari o'rtasidagi bog'liqlikni tushunishlarini eslatib o'tiladi, chunki u audit paytida firibgarlik xavfini aniqlash va unga javob berish bilan bog'liq. Auditor moliyaviy hisobotda firibgarlik yoki xato tufayli yuzaga kelgan jiddiy buzilishlar yo'qligiga asosli ishonch hosil qilgan bo'lsaginadir.


Download 133.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling