Auditorlik riski, uning elementlari va ularni baholash Reja: Kirish


-chizma. Auditorlik riskini baholashdagai yondashuvlar.5


Download 133.18 Kb.
bet8/10
Sana17.06.2023
Hajmi133.18 Kb.
#1537454
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Auditorlik riski, uning elementlari va ularni baholash Xamroyev

2-chizma. Auditorlik riskini baholashdagai yondashuvlar.5
Yuqorida bayon qilinganlardan tashqari siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik omillarni; ijobiy jihatlar, kamchiliklar, imkoniyatlar va noxush holatlarni hamda «bozorga ta’sir ko‘rsatuvchi beshta kuch»ni (odatda, raqobat, yangi raqobatchilar paydo bo‘lishi, o‘rindosh tovarlar, xaridorlar yoki mol yetkazib beruvchilar yakka hokimligi) tahlil qilish ham muhim ahamiyatga ega.
Mijoz-korxonannig imkoniyatlari va xato-kamchiliklarini tahlil qilish quyidagilarni e’tiborga olishni taqozo etadi: bozordagi dinamika (o‘sish, pasayish, kon’yunkturaning o‘zgarishi); texnologiyadagi o‘zgarishlar (yangi mahsulotlar yaratish); iqtisodiy ahvol(ko‘tarilish, pasayish); ijtimoiy omillar (shakllangan ijtimoiy institutlar va munosabatlar); ekologiya kabi masalalarni nazarda tutadi.
Nazorat (nazorat vositalari) riski – NR (CR-Control risk) – bu korxonaning mavjud va muntazam qo‘llanilib kelinayotgan buxgalterlik hisobi tizimi va ichki nazorat tizimi vositalari alohida-alohida yoki birgalikda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlay olmaslik va tuzata olmaslik (yoki bunday kamchiliklar vujudga kelishining oldini olish) ehtimolining auditor tomonidan subyektiv tarzda aniqlangan ko‘rsatkichidir. Ichki nazorat tizimini tekshirishning ahamiyati shundan iboratki, auditorlik tashkiloti tomonidan bajariladigan ishlar hajmi, shuningdek, tekshiruv muddatlari va qiymati aynan mana shunga bog‘liq. Shu boisdan, ushbu masalani batafsilroq ko‘rib chiqish zarur. Mijoz korxona ma’muriyati samarali ichki nazorat tizimini ishlab chiqishda quyidagilarni e’tiborga olishi lozim: korxona mulklari va hujjatlarining saqlanishi; boshqaruv uchun ishonarli ma’lumot olish; ishlab chiqarish samaradorligini oshirish; qonun hujjatlari talablari va hisob siyosatining qoidalariga rioya qilinishi.
Aniqlanmaslik riski (AR) - ya’ni xatolar va moliyaviy hisobotdagi kamchiliklarning aniqlanmaslik (ko‘zga tashlanmaslik) riski (DR-Detektion risk) – bu auditorlik tekshiruvi jarayonida qo‘llaniladigan auditorlik amallarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda haqiqattan mavjud bo‘lgan har biri alohida-alohida yoki birgalikda muhim hisoblangan xatolar hamda kamchiliklarni aniqlash imkoni yo‘qligining ehtimolidir. Bunday ehtimollik auditor tomonidan subyektiv tarzda aniqlanadi. Shuningdek, auditor ishlarining sifat ko‘rsatkichi, auditorning malakasi va muayyan auditorlik tekshiruvining o‘tkazilish xususiyatlariga bog‘liq.
Tahliliy risk –bu tahlil amallari (ishlari) bajarilganda muhim xatolarga yo‘l qo‘yilish riskidir. Bunday xatolarni auditor ko‘rishi mumkin, ammo juda murakkabligi hamda o‘zining maxsus malakasi yetishmasligi sababli tushunmasdan o‘tkazib yuborishi mumkin.
Tanlashdagi risk –bu muhim xato-kamchiliklarning nazorat testlarini o‘tkazish (tanlab olish) chog‘ida ham, xo‘jalik muomalalarini mohiyatan tekshirish chog‘ida ham aniqlanmay qolish ehtimolidir.



  1. Download 133.18 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling