14.Korxona buxgalteriyasining tashkiliy tuzilmasi, tashkiliy tuzilmada ko’rsatilgan har bir xodimning vazifalari va mas’uliyatlarining bayoni qanday o’rganiladi? Auditor korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishni boshlashdan oldin buxgalterlik hisobi qanday tashkil etilganligi va yuritilayotganligini o‘rganishi lozim. Bunda u korxonada qo‘llanilayotgan nazorat vositalarini o‘rganadi va baholaydi, ular asosida taxmin qilinayotgan auditorlik amallarining mazmuni, miqyosi va qilinadigan xarajatlarni aniqlaydi. auditor amaldagi buxgalterlik hisobi tizimi tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning xo‘jalik faoliyatini ishonarli aks ettirishi hamda tekshirilayotgan korxonadagi mavjud nazorat vositalariga qay darajada tayana olishiga ishonch hosil qilishi lozim. Shuningdek, hisob tizimini, ya’ni hujjatlar aylanish reja-grafigining tuzilishini, buxgalteriya xodimlarining xizmat vazifalari qanday taqsimlanayotganligini ko‘rsatishi, korxonaning asosiy muomalalarini aks ettirish uchun qanday schyotlar korrespondentsiyalari (o‘zaro bog‘lanishlari) qabul qilinganligi va qanday hisob registrlaridan foydalanilayotganligi kabi masalalarni bayon qilish lozim. Auditor buxgalterlik hisobi va hisobotining tashkil etilishi hamda holatini tekshirishda quyidagilardan foydalanadi: «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi, Buxgalteriya hisobining milliy standartlari, Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga qo‘shiladigan, mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) xarajatlarning tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom, yuqori tashkilotlarning yo‘riqnoma, Nizom va ko‘rsatmalari; korxonaning hisob yuritish siyosati.
15.Hisob tsiklining muhim uchastkalari bo’yicha hujjatlar aylanish reja-grafigini tekshirish qanday amalga oshiriladi?
16.Korxona hisob siyosatini o’rganish qanday amalga oshiriladi?
Hisob siyosatini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning maqsadi - «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli №1 BHMS talablaridan kelib chiqqan holda korxona buxgalteriya hisobotining ishonchliligi to’g’risida xulosa tuzishdan iborat bo’lib, hisob siyosati №1 BHMSga muvofiq ularni bajarishni ta’minlashi lozim. shuningdek, buxgalteriya hisobo-tining ishonchliligi to’g’risida fikr shakllantirishda quyidagi holatlar ham inobatga olinishi zarur:-korxonalarning mulkiy holisligi; hisob siyosatini qo’llashning izchilligi; xo’jalik faoliyati faktlarining aniqligi.
Auditorlik tekshiruvini o’tkazishda quyidagilarni ham aniqlash zarur:
• hisob siyosatiga doir farmoyish hujjatlarining mavjudligi va ularning tarkibi;
• hisob siyosatiga doir hujjatlar shakllari va qabul qilish muddatlarining me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligi
• me’yoriy hujjatlar bilan belgilangan hisob usullaridan farq qiladigan, lekin korxonaning mulkiy holatini va moliyaviy natijalarini ishonarli aks ettirishga imkon beradigan usullar mavjudligi;
• hisob siyosatini shakllantirish chog’ida tanlangan, buxgalteriya hisobotlaridan foydalanuvchilar tomonidan korxona moliyaviy holatini baholash va qaror qabul qilishga sezilarli ta’sir ko’rsatadigan buxgalteriya hisobini yuritish usullarining mohiyati to’liq ochib berilganligi;
• hisob siyosatiga rioya qilish.
• Auditor №1 BHMS da belgilangan, hisob siyosatini qabul qilish tartibiga rioya qilinayotganligini tekshirishi lozim:
• hisob siyosatini qabul qilish to’g’risida korxona rahbarining buyrug’i (farmoyishi) chiqarilganligi) (№1 BHMS 55 bandi).
Hisob siyosati to’g’risidagi buyruqni tahlil qilish chog’ida auditor quyidagilarni aniqlaydi:
• haqiqatan ham buyruqning barcha bandlari hisob siyosatiga taalluqli ekanligi;
•hisob siyosatining barcha jihatlari (tashkiliy-texnik, uslubiy, soliqchilikka doir) buyruqda aks ettirilganligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |