Auditorlik risklarning maqbul to’plami, uning elementlari va ularni baholash tartibi qanday amalga


Nazorat amallari deganda nimalarni tushunasiz?


Download 61.83 Kb.
bet13/28
Sana09.06.2023
Hajmi61.83 Kb.
#1471956
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28
Bog'liq
zarnigor auditi

19.Nazorat amallari deganda nimalarni tushunasiz?
Auditor u tomonidan tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektda ichki nazoratning quyidagi amallarining qo‘llanilayotganligiga ishonch hosil qilishi lozim:
a) buxgalteriya yozuvlarining to‘g‘riligini arifmetik tekshirish;
b) hisob-kitoblarni taqqoslashni o‘tkazish;
v) hujjatlar aylanishining to‘g‘riligini va
rahbariyat xodimlarining rozilik yozuvlari mavjudligini tekshirish;
g) buxgalteriya hisobida ma’lumotlarning amaldagi holatiga
muvofiqligini aniqlash maqsadida, tovar-moddiy qiymatliklari, qimmatli
qog‘ozlar, qat’iy hisobot blankalari va kassadagi naqd pullarni belgilangan
tartibga muvofiq davriy rejali va to‘satdan inventarizatsiya qilish;
d) nazorat maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyektdan tashqarida joylashgan
manbalar ma’lumotlaridan foydalanish;
e) buxgalteriya schyotlari bo‘yicha yozuvlar va hujjatlarni yuritish tizimiga,
korxonaning aktivlariga vakolati bo‘lmagan shaxslarni yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan cheklov
tadbirlarini amalga oshirish;
j) ko‘rsatkichlar dinamikasini tadqiq qilish, reja va smeta ko‘rsatkichlarini haqiqatdagi holat
bilan taqqoslash va salmoqli farqlarning sabablarini aniqlash.
20.Auditorlik dalillar nima? Auditor lik dalillar - bu auditorlik tashkiloti
tomonidan auditorlik tekshiruvlar vaqtida to'plangan va auditorlik xulosasini asoslovchi axborotdir.
Demak, auditorlik dalillar auditorlik tekshiruvi Jarayonida tekshirilayot gan
mijoz - korxona va uchinchi shaxslardan olingan axborotlar hamda ularni tahlil
qilish natijalari bo'lib, moliyaviy hisobotning ishonchliligi to'g'risida auditorlik
xulosasi tuzish imkonini beradi. Dalil deyilganda boshqa faktning mavjudligini tasdiqlaydigan
yoki inkor qiladigan fakt, yoki mazkur fakt hagida u yoki bu darajadagi ishonchlilik bilan fikr
shakllantirishga imkon beradigan, ma'lum fakt to'g'risida ma'lumotlar olish
Jarayoni tushuniladi. Axborot - xo'jalik faoliyatidagi faktlar to' g'risidagi xabarlar to 'plamidir.
Mijoz korxona E auditorlik xizmati ko'rsatilayotgan xo'jalik yurituvchi
subekt.Uchinchi shaxslar - auditor yoki mijoz korxona bilan u yoki bu tarzda alogador
bo'lgan va bu alogadorlik auditor fikriga jiddiy ta'sir ko'rsatadigan
yuridik yoki jismoniy shaxslardir. Tahlil qilish - bu mijoz korxona buxgalteriya hisobotida
faktlarning auditor tomonidan mushohada qilinishi va o'z fikrini shakllantirishi.
Auditorlik tekshiruvlarining asosiy maqsadi xo'Jalik yurituvchi subektlar
buxgalteriya hisobotlarining ishonchliligi to'g'risida auditorning mustaqil bildirilgan fikridan iborat
. Buning uchun auditor hisobotning ishonchliligi yoki uning ishonchliligini rad etish to' g'risidagi asosli
fikr bildirishga imkon beradigan dalillarni to 'plashi zarur.
Ishonchlilik - moliyaviy hisobot ma'lumotlarining ulardan malakali foydalanuvchilarga xo'Jalik
yurituvchi subektlar faoliyatining natijalari to' g'risida to'g'ri xulosalar qilishga va ushbu xulosalarga
asoslangan qarorlar qabul qilishga imkon beradigan darajasi tushuniladi.

Download 61.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling