Аудиторское заключение


Auditorning Oliy o’quv yurtidan keyingi professional ma’lumoti


Download 1.55 Mb.
bet86/95
Sana16.06.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1500301
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   95
Bog'liq
Аудит укув кўлланма амалий, 2 13 (2)

Auditorning Oliy o’quv yurtidan keyingi professional ma’lumoti – bunday ma’lumotni berish huquqiga ega bo’lgan tashkilotlarda o’qish natijasida olingan nazariy bilim va amaliy malakalar majmuidir. Bunga attestatsiya va litsenziya beruvchi auditorlik kommssiyalari tomonidan ro’yxati tasdiqlangan auditorlarni o’qitish va qayta tayyorlash bo’yicha o’quv markazlari misol bo’la oladi.

  • Auditorning xolisligi – auditorning xoxlagan professional savollarga va mulohazalarga, yakunlar va xulosalarning shakllanishiga xolisona, odil va mustaqil, biror bir shaxsning tazyiqiga asoslanmagan holda yondashish shartligini o’zida mujassamlashtirgan auditning bir tamoyilidir.

  • Auditorlik tekshiruvining hajmi – to’laqonli auditorlik tekshiruvini o’tkazish va auditorning asosli xulosasini tayyorlash uchun zarur bo’lgan auditorlik tekshiruvlari miqdori va ularni o’tkazish ko’lami auditorlik tekshiruvini o’tkazish uchun sarflanadigan vaqt, unda ishtirok etadigan mutaxassislar tarkibi va sonining auditor (auditorlik firmasi) tomonidan baholanishdir. Auditorlik tekshiruvi hajmi, xo’jalik sub’ekti faoliyati to’g’risida ma’lumotlarning olinishini hisobga olgan holda, hamda kutilayotgan ishlar va xo’jalik sub’ekti bilan tuzilgan shartnomada belgilangan auditda ko’rsatiladigan xizmatlar hajmini prognoz qilish orqali auditor auditorlik firmasi) tomonidan mustaqil aniqlanadi.

  • Mijoz – iqtisodiy sub’ektlarning bir turi hisoblanadi.

  • Auditorning mahorati (professional) – ko’rsatiladigan professional xizmatlar sifatli bo’lishiga imkon beruvchi auditorning ma’lum bir darajadagi bilim va malakaga ega bo’lishligi mohiyatidan iborat auditning bir tamoyilidir.

  • Auditning tashqi sifat nazorati – O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini muvofiqlashtiruvchi auditorlik tashkilotining auditorlik faoliyati qoidalari (standartlari) va boshqa me’yoriy hujjatlarga amal qilinayotganligini tekshirish uchun davlat organlari va auditorlik birlashmalari tomonidan qabul qilingan tashkiliy usullar, uslubiyatlar va tadbirlardan iborat.


  • Download 1.55 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   95




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling