Аудиторское заключение


Auditdagi axborotlarni (konfedetsialligi) maxfiyligi


Download 1.55 Mb.
bet87/95
Sana16.06.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1500301
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   95
Bog'liq
Аудит укув кўлланма амалий, 2 13 (2)

Auditdagi axborotlarni (konfedetsialligi) maxfiyligi – auditorlar (auditorlik tashkiloti) tomonidan auditorlik faoliyati davomida olingan yoki ular tomonidan tuzilgan hujjatlarni ulardan olingan nusxalarni (to’la va qisqa) boshqa bir uchinchi shaxslarga berish yoki ushbu hujjatdagi ma’lumotlarni og’zaki bayon qilish huquqiga ega emasliklarini agar O’zbekiston qonun hujjatlarida boshqa holatlar ko’zda tutilgan bo’lsa, o’zida mujassamlashtirgan auditning bir tamoyilidir. Tergov organi, prokuror, sud va arbitraj sudi ko’rsatmasi bo’yicha o’tkaziladigan auditorlik tekshirish jarayonida olinadigan ma’lumotlar faqatgina yuqorida ko’rsatilgan organlarning ruxsati bilan hamda shu organlar ular oshkor qilish zarur deb topgan hollarida olingan ma’lumotlar oshkor qilinishi mumkin. Auditor (auditorlik tashkiloti) iqtisodiy sub’ekt bo’yicha olingan ma’lumotlarning oshkor qilishi va tarqatilishi unga moddiy va boshqa xil zarar etkazmaydi deb topganda ham maxfiylik printsipiga so’zsiz amal qilishi lozim.

  • Auditdagi litsenziyalash (ruxsatnoma berish) – maxsus hamda tekshiruvdan o’tgan (attestatsiyalangan) auditorlarga qonunchilik talablariga javob beradigan, tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari sifatida belgilangan qonun tartibida ro’yxatga olingan tashkilotlarga auditorlik faoliyatini yuritish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomani (litsenziyani) berish tartibidir.

  • Auditor fikri – Auditor o’zining xulosasida keltirish lozim bo’lgan, to’liq yoki qisman tekshirilayotgan iqtisodiy sub’ekt buxgalteriya hisobotining ishonchligi (ishonchli emasligi, ishonchliligi sharhlar bilan) haqidagi belgilangan shaklda ifodalangan auditor (auditorlik tashkiloti) ni hamda auditorlik xulosasini tayyorlash uchun yig’ilgan dalillarning etarliligi haqidagi natijaviy xulosasidir. Auditor (auditorlik tashkilotlari) o’z fikrlarining to’g’riligi va asosligi uchun belgilangan tartibda javobgarlikni his etadilar.

  • Tashqi audit – tashqi auditor bilan ichki auditor faoliyatlari hamda tashqi audit va ichki auditlarni ajratish uchun qo’llaniladigan termin.

  • Ichki audit – iqtisodiy sub’ektda tashkil etilgan mulkdori manfaatlarini ko’zlab, uning tashkil etilgan va uning ichki hujjatlari bilan tasdiqlangan buxgalteriya hisobotini olib borishni nazorat qilish sistemasi.


  • Download 1.55 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   95




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling