Аудиторское заключение
Auditning ishchi hujjatlari
Download 1.55 Mb.
|
Аудит укув кўлланма амалий, 2 13 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buxgalteriya hisobotining ishonchliligi
- Ekspert xulosasi
Auditning ishchi hujjatlari – auditor tomonidan tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlari va uchinchi shaxslar tomonidan auditor talabiga binoan audit tekshiruvchilaridan oldin, tekshiruvlar jarayonida va tugatilganida tuziladigan moddiy ko’rinishidagi ma’lumotlarining yig’indisi hisoblanadi va u auditorning haqqoniy hisoboti va xulosasi tuzilishiga imkon beruvchi shuningdek mazkur va keyingi auditning samarali o’tishiga ko’maklashuvchi ma’lumotlarni o’zida aks ettirish lozim. Bunday hujjatlarning shakli va ma’zmuniga qo’yilgan talablar auditorlik faoliyatiga tegishli qoidalar (standartlariga) javob berishi lozim.
Buxgalteriya hisobotining ishonchliligi – buxgalteriya hisoboti ma’lumotlarining shunday aniqlik darajasini, uning yordamida foydalanuvchi xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining natijalari to’g’risida to’g’ri xulosalar qabul qilinadi. Maxsus auditorlik topshirig’i - auditorlik tashkiloti bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan rasmiy buxgalteriya hisobotidan farqli bo’lgan maxsus hisobotning tekshirish yoki buyurtmachi bilan kelishilgan boshqa tekshirishlarni amalga oshirish. Bunday vazifa buxgalteriya hisobotining alohida maxsus moddalarini tekshirish, mulk holati, kapitaldan foydalanish va xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy – xo’jalik faoliyatini bilan bog’liq bo’lgan boshqa masalalar bo’yicha tekshiruvlar o’tkazishni o’z ichiga olishi mumkin. Maxsus auditorlik vazifasi haqida shartnoma auditorlik tashkiloti va xo’jalik yurituvchi sub’ekt yoki uning buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchi mafaatdor shaxs yoxud davlat organi ishtirokida tuziladi. Ekspert xulosasi – yozma shaklda ifodalangan ekspert ishining natijalari. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati haqida ma’lumot – audit tekshiruvi o’tkazilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt iqtisodiyoti va ushbu xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli soha to’g’risida ma’lumotlar yig’indisi, shuningdek uning faoliyatidagi o’ziga xos xususiyatlar to’g’risidagi ma’lumotlar yig’indisi bo’lib, auditor o’z majburiyatlarini tegishli darajada bajarish uchun rejalashtirish bosqichida olishi lozim bo’lgan va auditorlik tekshiruvining boshqa bosqichlarida to’ldirishi mumkin bo’lgan ma’lumotlar hisoblanadi. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling