Auxiliary verbs (to be, to do, to have) Present simple


The child is the hope of the future. Bola(lar) kelejak(imiz) umididir. The


Download 0.73 Mb.
bet30/35
Sana01.11.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1738517
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
GOST ingliz tili 2-савол граматика

The child is the hope of the future. Bola(lar) kelejak(imiz) umididir.
The nuclear threat is frightening. Atom (bombasi) havfi dahshatga solmoqda.
Aniq artikl the ba’zan sifatdan oldin kelishi ham mumkin, masalan:
The eldery are often lonely. Keksalar ko‘pincha yolg‘iz bo‘ladilar.
The handicapped need access to public buildings. Nogironlarga jamoat binolariga kirish huquqini berish kerak.

  1. Ilovali1 birikmalar boshida.

This is my friend, the one I was telling you about. Do this experiment first, the experiment on page 29.

  1. Yagona holda mavjud bo‘lgan narsalarni ifodalovchi otlar oldidan.

the sky osmon
the sun quyosh

the moon oy
the earth yer

the president president
the capital poytaxt

Tashkent is the capital of our country. Toshkent mamlakatimizning poytaxti.
The sun rises in the east, and sets in the west. Quyosh sharqdan chiqib, g‘arbga botadi.
Artikllar (a/an, the) quyidagi hollarda ishlatilmaydi:

  1. Ot bir sinfga (turga) mansub bo‘lgan barcha narsalarni ifodalaganda:

Dogs are domestic animals. (all dogs) Itlar uy hayvonlaridir. (barcha itlar).
Mary likes dogs. (all dogs) Meri itlarni yaxshi ko‘radi. (barcha itlarni)
Man proposes; God disposes. Insondan harakat, Allohdan barakat (man “kishi” so‘zi orqali barcha insonlar nazarda tutilgan)


23-savol. Digress of comparison

Sifat darajalari (Degrees of Comparison)


1. Sifatning uchta darajasi bor: Oddiy (the Positive Degree), qiyosiy (the Comparative Degree) va orttirma ( the Superlative Degree).
The Missisippi is a long river. (long –oddiy daraja.). Missisippi uzun daryo.
The Missisippi is longer than the Volga. ( longer — qiyosiy daraja). Missisippi Volgadan uzunroq.
The Missippi is the longest river in the world (longest — orttirma daraja). Missisippi dunyodagi eng uzun daryo.
Qiyosiy daraja Ikkita shaxs yoki buyum qiyoslanadi.
Orttirma daraja Uch yoki undan ortiq shaxs yoki buyum qiyoslanadi va bittasining darajasi hammasidan ziyoda bo‘ladi.

  1. Sodda sifatlarning (bir, ikki bo‘g‘inli sifatlarning) qiyosiy darajasi -er qo‘shimchasini qo‘shish bilan, orttirma darajasi -est qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasaladi:

    Oddiy daraja

    Qiyosiy daraja

    Orttirma daraja

    sharp — o‘tkir

    sharper — o‘tkirroq

    sharpest — eng o‘tkir

    cold — sovuq

    colder — sovuqroq

    coldest — eng sovuq

    deep — chuqur

    deeper — chuqurroq

    deepest — eng chuqur

    busy — band

    busier — bandroq

    busiest — eng band

    dirty — iflos

    dirtier — iflosroq

    dirtiest — eng iflos

    clever — aqlli

    cleverer — aqlliroq

    cleverest — eng aqlli

    narrow — tor

    narrower — torroq

    narrowest — eng tor

    able — layoqatli(qodir)

    abler — layoqatlioroq

    ablest — eng layoqatli

    noble — himmatli

    nobler — himmatliroq

    noblest — eng himmatli

    polite — odobli

    politer — odobliroq

    politest — eng odobli

    severe — shafqatsiz

    severer — shafqatsizroq

    severest — eng shafqatsiz

    sincere — sofdil, samimiy

    sincerer — sofdilroq

    sincerest — eng sofdil

    simple — (oddiy) sodda

    simpler — soddaroq

    simplest — eng sodda

    common — oddiy

    commoner — oddiyroq

    commonest — eng oddiy

  2. Qiyosiy va orttirma darajalarni yasaganda quyidagi imlo qoidalariga rioya qilinadi:

  1. agar sifat o‘qilmaydigan e harfi bilan tugagan bo‘lsa, -er va -est qo‘shimchalari qo‘shilganda sifat oxiridagi o‘qilmaydigan e harfi tushib qoladi:

    large

    katta

    larg-er

    larg-est

    brave

    jasur

    brav-er

    brav-est

    ripe

    pishgan

    rip-er

    rip-est

  2. agar sifat qisqa unlidan keyin bitta undosh bilan tugagan bo‘lsa, qiyosiy va orttirma darajalarning qo‘shimchasi qo‘shilganda oxirgi undosh ikkilantiriladi:

    big hot thin wet

    katta issiq yupqa nam

    bigger hotter thinner wetter

    biggest hottest thinnest wettest

  3. agar sifat undoshdan keyin kelgan y harfi bilan tugagan bo‘lsa, qyosiy va orttirma darajalarning qo‘shimchasi qo‘shilganda oxirgi y harfi i harfiga aylanadi:

    busy

    band

    busier

    busiest

    easy

    oson

    easier

    easiest

    dirty

    iflos, kir

    dirtier

    dirtiest

  4. agar sifat oxiridagi y unlidan keyin kelgan bo‘lsa qo‘shimcha qo‘shilganda y saqlanib qoladi:

gay sho‘x gayer gayest

  1. Ko‘pgina ikki bo‘g‘inli hamda uch va ko‘p bo‘g‘inli sifatlarning qiyosiy darajasi sifatning oldiga more, orttirma darajasi sifatning oldiga most so‘zlarini qo‘yish bilan yasaladi:

    Oddiy daraja

    Qiyosiy daraja

    Orttirma daraja

    active — faol

    more active

    most active

    famous — mashhur

    more famous

    most famous

    difficult — qiyin

    more difficult

    most difficult

    comfortable — qulay

    more comfortable

    most comfortable

    interesting — qiziq

    more interesting

    most interesting

  2. Orttirma darajadagi sifat bilan kelgan ot aniq artikl bilan ishlatiladi. Ba’zan ot tushib qolganda ham artikl saqlanib qoladi:

This is the shortest way to the sta- tion. Bu stansiyaga eng yaqin yo‘l.
This is the most interesting story in this book. Bu ushbu kitobdagi eng qiziq hikoya.
The Moscow underground is the best in the world. Moskva metrosi dunyodagi eng yaxshi metro.

  1. Ba’zi sifatlarning darajalari qoidaga bo‘ysunmasdan o‘zakdan o‘z- garadi:

    Oddiy daraja

    Qiyosiy daraja

    Orttirma daraja

    good — yaxshi

    better — yaxshiroq

    best — eng yaxshi

    bad — yomon

    worse — yomonroq

    worst — eng yomon

    little — oz

    less — ozroq

    least — eng oz

    much, many — ko‘p

    more — ko‘proq

    most — eng ko‘p

  2. Far sifatining qiyosiy va orttirma darajalarida ikkitadan shakl bor:

Oddiy daraja

Qiyosiy daraja

Orttirma daraja

far — uzoq

farther — uzoqroq further — uzoqroq, keyingi qo‘shimcha

farthest — eng uzoq furthest — eng uzoq, eng keyingi

Masofaga nisbatan farther, further va farthest, furthest baravar ishlatiladi.
I found him in the farthest (furt- hest) corner of the park. Men uni bog‘ning eng uzoq burchagidan topdim.
Further, shuningdek, qo‘shimcha, keyingi ma’nosida ham ishlatiladi:
I have obtained further information on this matter. Men bu masaladagi eng so‘nggi axborotni oldim.
Please send the books back without further delay. Iltimos kitoblarni boshqa kechiktirmasdan jo‘nating.

  1. Superior (yaxshiroq, balandroq) va inferio (pastroq, yomonroq) sifat- lari lotin tilidan kirib kelgan va ulardan keyin to ishlatiladi. Bu sifatlarning oddiy va qiyosiy darajalari mavjud emas.

These samples are superior (infe- rior) to those. Bu namunalar ularga qaraganda yaxshiroq (yomonroq).

  1. Qiyosiy daraja oldidan much yoki far (ancha) so‘zlarini qo‘yish bilan ma’nosi kuchytirilishi mumkin:

The Nile is much longer than the Thames. Nil Temzaga qaraganda ancha uzunroq.
This book is far better than that one. Bu kitob unisiga qaraganda an- cha yaxshiroq.

24-savol Prepositions


PREDLOG (THE PREPOSITION)
Umumiy ma’lumotlar

    1. Predlog deb ot (yoki olmoshning) gapdagi boshqa so‘zlarga mu- nosabatini ko‘rsatuvchi yordamchi so‘zlarga aytiladi. Ingliz tilida kelishik qo‘shimchalari yo‘qligi uchun ular ko‘p hollarda o‘zbek tilidagi kelishik qo‘shimchalari vazifasini bajaradi:

He lives in London. U Londonda yashaydi.
He is sitting under a tree. U daraxt ostida o‘tiribdi.
After dinner he went to the library. U tushlikdan keyin kutubxona-
ga bordi.
He came with his brother. U akasi bilan keldi.

    1. Har bir predlog bir nechta mustaqil ma’nolarda kelishi mumkin. Masalan, in predlogi quyidagi ma’nolarda ishlatiladi:

  1. -da (joyga nisbatan ishlatiladi):

He lives in London. U Londonda yashaydi.

  1. -da (vaqtga nisbatan ishlatiladi, oy va yil oldida):

He will arrive in May. U may oyida keladi.

  1. keyin ma’nosida:

He will return in an hour. U bir soatdan keyin qaytib keladi.

  1. -da, ichida, mobaynida:

The house was built in three months. Uy uch oy ichida qurildi.

  1. Ko‘p hollarda u yoki bu predlogning ishlatilishi undan oldin kelayotgan fe’lga, sifatga yoki otga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, to depend fe’li o‘zidan keyin on predlogini talab qiladi:

It doesn’t depend on me. Bu menga bog‘liq emas.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling