Август 2020 17-қисм
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Fizika matematika 2 qism
Август 2020 17-қисм
Тошкент a m-1 × 10 + a m sonining oxirgi n ta (bu yerda n ≤ m) raqamidan tuzilgan son 5n ga bog‘linsa, N soni ham 5n ga bo‘linadi» degan farazni aytish mumkinmi? Yechish. n =1 bo‘lib, N sonining oxirgi bitta raqamidan tuzilgan son 5 ga bo‘linsin. U holda, berilgan m xonali N natural sonni N = (a 1 ×10 m-1 + a 2 ×10 m-2 +...+ a m-1 × 10) + 5k ko‘rinishda yozish mumkin. O‘ng tomondagi ikkita qo‘shiluvchining har biri 5 ga bo‘lingani uchun, ularning yig‘indisi bo‘lgan N soni ham 5 ga bo‘linadi. n = 2 bo‘lib, N sonining oxirgi ikkita raqamidan tuzilgan son 25 ga bo‘linsin: a m-1 × 10 + a m = 25 × t. U holda, berilgan m xonali N natural sonni N = (a 1 × 10 m-1 + a 2 × 10 m-2 +...+ a m-2 × 100) + 25×t ko‘rinishda yozish mumkin. O‘ng tomondagi ikkita qo‘shiluvchilarning har biri 25 ga bo‘lingani uchun, ularning yig‘indisi bo‘lgan N soni ham 25 ga bo‘linadi. Yuqorida yuritilgan mulohazalardan foydalanib (to‘liqmas induksiya qo‘llanilmoqda!), «Agar berilgan m xonali natural N = a 1 × 10 m-1 + a2 × 10 m-2 +...+ a m-1 × 10 + a m sonning oxirgi n ta (bu yerda n ≤m) raqamidan tuzilgan son 5n ga bo‘linsa, N soni ham 5n ga bo‘linadi» degan farazni aytish mumkin. 6-mi s o l. 2 dan katta bo‘lgan dastlabki bir nechta juft sonlarni ikkita tub sonning yig‘indisi ko‘rinishida tasvirlash mumkin: 4 = 2 + 2, 6 = 3 + 3, 8 = 3 + 5, 10 = 3 + 7 = 5 + 5, ..., 50 = 13 + 37. Тo‘liqsiz induksiya yordamida «2 dan katta bo‘lgan har qanday juft sonni ikkita tub sonning yig‘indisi ko‘rinishida yozish mumkin» degan xulosaga kelamiz. Bu xulosaning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi hozirgacha isbotlanmagan. Bu muammo L. Eyler –X.Goldbax muammosi deb yuritiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abduhamidov A., Nasimov H.A. Algebra va matematik analiz asoslari. I qism, «Istiqbol», T., 2000. 2. Abduhamidov A., Nasimov H.A. Algebra va matematik analiz asoslari. II qism. «Istiqbol», T., 2000. 3. Abduhamidov A., Musurmonov O.L., Nasimov H.A. Matematika tarixidan lavhalar. «Matbaa tongi», T., 2000. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling