Август 2020 8-қисм
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
8.Adabiyot 1 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Август 2020 8-қисм Тошкент ADABIYOT DARSINI TASHKIL ETISHDA INSHOLARNING AHAMIYATI Mahmudova E’zozxon Abdulhaqovna
- Kalit so‘zlar
Август 2020 8-қисм
Тошкент fOYDAlANIlGAN ADABIYOTlAR 1. Mualliflar jamoasi. Adabiyot nazariyasi. 2 jildlik, 2-jild, Toshkent:Fan. 1979. 2. Sultonov I. Adabiyot nazariyasi. Toshkent:O‘qituvchi. 1980. 3. To‘xliev B. Adabiyot o‘qitish metodikasi. Toshkent:Yangi asr avlodi. 2006. 4. To‘xliev B. Adabiyot. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. Tosh- kent:O‘qituvchi, 2003. 5. umurov H. Adabiyot qoidalari. Akademik litseylar uchun o‘quv qo‘llanma.Toshkent: O‘qituvchi. 2002. 53 Август 2020 8-қисм Тошкент ADABIYOT DARSINI TASHKIL ETISHDA INSHOLARNING AHAMIYATI Mahmudova E’zozxon Abdulhaqovna, Toshkent shahar, Yashnobod tumani 216-maktab ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Tel: +99897 464 09 86 Annotatsiya: ushbu maqolada adabiyot darslarida inshoning o‘rni naqadar kuchliligi yoritilgan bo‘lib, insho orqali o‘quvchilar dunyoqarashlarini oshirishlari mumkinligi ilmiy qarashlar orqali yoritib berishga harakat qilingan. Kalit so‘zlar: Inson, adabiyot, insho, ta’lim, ma’naviyat, bilim, malaka, ko‘nikma, aql, idrok, tafakkur, fikr, ma’lumot, nutq, tovush, xayol. Barchamizga ma’lumki, inson hamisha o‘zining og‘zaki va yozma nutqini takomillashtirish bilan qiziqib kelgan. Aynan nutqiy imkoniyatlari orqali inson o‘z ichki olamini namoyon etadi. Adabiyot esa inson nutqining takomilini ta’minlaydi. Insonning nutqi uning fikrlash jarayoni va o‘ziga xos jihatlari tizimini namoyish etadi. O‘quvchilarning yozma va og‘zaki nutqi darajasi bugungi kunda nafaqat metodik, balki jamiyat miqyosidagi ijtimoiy muammolardan biri bo‘lib turibdi. Kommunikativ muloqot ishtirokchilarining ko‘pchiligi o‘z fikrini aniq va ravon ifodalashga, fikrlarini ma’lum bir tizimda bayon etish qobiliyatiga, ifoda izchilligiga ega emaslar. Buni nafaqat adabiyot darslarida, balki ta’lim tizimining barcha bosqichlarida, barcha o‘quv fanlari tizimida kuzatish mumkin. Ta’lim amaliyotida, asosan adabiyot darslarida fikr ifodalashning nozik tomonlari, uning rang-barangligi va emotsionalligiga erishishga e’tibor qaratiladi. Nutq ifodalashda bunday ko‘mkmalami egallash va og‘zaki nutqni takomillashtirish suhbat, muhokama, qayta hikoyalash, dialoglar, ma’ruzalar asnosida amalga oshiriladi. O‘quvchilarning og‘zaki nutqi bilan bog‘liq holda ularning yozma nutqini rivojlantirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, yozma nutqning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. u kommunikativ jarayonda be- vosita ishtirok etmaydi. Agar og‘zaki nutqda jumla yoki so‘zlarning to‘liq ifodalanmasligi, ayrim qo‘shimchalarning tushirib qoldirilishi, almashinishi singari holatlar yuz berishi mumkin bo‘lsa, yozma nutqda fikr ifodalashda mantiqiy izchillik, so‘z va iboralarning tizimliligi taqozo etiladi. O‘quvchi yozma nutqini takomillishtirishning keng tarqalgan usuli turfa janrlardagi va har xil adabiy mavzularda insho va esselar yozdirishga undashdir. O‘quvchilarning boshqa turdagi mu- staqil ishlari, yozma bajariladigan uy vazifalari ham o‘quvchilar yozma nutqining rivojlanishiga ko‘maklashadi. Milliy ta’lim tizimiga Botish (Evropa) usullari, rivojlangan mamlakatlar ta’limi yutuqlari ki- rib kelishining o‘ziga xos ijobiy tomonlari mavjuddir. Lekin ta’limni tashkil etishda bizning minglab yillik tarixga ega o‘zbeklar ekanligimiz hamisha ko‘zda tutilishi kerak. Chiqish (Sharq) da azal-azaldan ko‘ngil tarbiyasi ustuvorlik qilib kelgan. Ma’naviy yetuklik baland martabada bo‘lgan. Bilimlami o‘zlashtirishga, fanda kashfiyotlar qilishga ruhiy bezovtalik, ma’naviy kamo- lotga intilish orqali chiqilgan. Shuning uchun ham maktablarda, avval badiiy adabiyotni o‘qit- ish, so‘zdan ta’sirlanishga o‘rgatish amalga oshirilgan. Ruhiyatni uyg‘otishga harakat qilingan. Bezovta qalbgina izlanishga qodir ekanini bobolar yaxshi tushunishgan. Zamonaviy milliy ta’limda sog‘lom ma’naviyatni tarbiyalash bosh maqsad qilib belgilangani holda amalga oshirilayotgan ishlar hozircha yetarli bo‘lmayotir. Botish ta’lim tizimining xususiyatlarini ko‘r-ko‘rona ko‘chirish emas, ular erishgan yutuqlarning o‘quvchi milliy xususiyatlari, ruhiy o‘ziga xosligi, real jihatlariga mos keladigan tomonlarini o‘zlashtirishgina samara berishi mumkin. Aks holda, chet el tarbiyashunosligidagi tashqi jihatlargina o‘zlashtirilib, qilingan harakatlar samarasiz ketadi. o‘quvchining erkin va mustaqil mulohazasiga asoslanadigan mustaqil yozma ishlami o‘quv yilining boshida, badiiy asar tahliliga bir oz o‘rganilgandan keyin, o‘quv yili o‘rtalarida va oxirida olish bolalarning mustaqil fikrlashini o‘stiradi. Shu bilan birga, ulardagi fikr mustaqiligining o‘sishini nazorat qilishga imkon beradi. Sinfda asar mutolaasi davomida o‘quvchilarga insho yozishda qo‘l keladigan muhim so‘z va iboralami belgilab borishni o‘rgatish ham maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu narsa o‘quvchilami asami o‘qish davomida insho yozishga ruhan tayyorlaydi. Asar matnidagi muhimni nomuhimdan farqlashga o‘rgatadi. Masalan, «Qodiriyning ijodida men qadrlaydigan jihatlar» mavzusida insho yozdirish uchun, avvalo, Abdulla Qodiriyning asarini o‘quvchi sevib qola oladigan darajada tahlil qilish kerak. Asardagi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling