Август 2020 8-қисм


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/87
Sana13.04.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1352207
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   87
Bog'liq
8.Adabiyot 1 qism

Август 2020 8-қисм
Тошкент
“itob”, ikkinchi baytida “kabob”, uchinchi baytida “shitob”, to‘rtinchi baytida “niqob”, beshinchi 
baytida “kitob”, oltinchi baytida “rubob”, yettinchi baytida “hubob”, sakkizinchi baytida “xarob”, 
to‘qqizinchi baytida “rikob”, o‘ninchi baytida “kilob”, o‘n birinchi baytida “sharob” so‘zlarining 
har bir baytda to‘rt marta takrorlanishidan uning go‘zal namunasi yuzaga kelgan.
“Mango qilma, ey…” g‘azali muayyan radifga ega emas, shu bois izchillik va mantiqiylikni, 
eng asosiysi shakliy butunlikni yuzaga keltirishda qofiya asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. 
Takrirga olingan so‘zlar esa qofiyani yuzaga keltirgan. G‘azalning mazmuniga keladigan bo‘lsak, 
unda majoziy ishqdan ilohiy ishqqa tomon o‘sib borilishini ko‘rish mumkin. Ya’ni majoziy ishq 
vositasida Ilohiylikka nisbatan muhabbat kuylanadi. Biroq shuni ham unutmaslik kerakki, Komil 
ma’rifatparvar shoir. Ma’rifatparvarlik adabiyoti esa badiiy adabiyotga yana bir timsolni, ya’ni 
ma’rifatli inson obrazini olib kirgan. Bunda asosiy g‘oya gumanizm bilan ham bog‘liq, deyish 
mumkin. G‘azalning tom mazmunini baytlararo tahlil qilish orqali yanada yaqqol anglay olish 
mumkin.
G‘azalning matla’sidan ushbu she’r ma’shuqaga murojaat bilan boshlanishini ko‘rish mumkin. 
Ya’ni bunda oshiq ko‘nglini asir etgan dilbarga iltijolar qilib, uni ko‘p ta’nalarga qoldirmasligini, 
chunki uning ahvoli shusiz ham achinarli, qalbi Yor ishqi o‘tida kabob bo‘lar darajaga yetganligini 
aytadi. 
Chu kelding, ketarman debon qilma ko‘b,
Shitob-u, shitob-u, shitob-u, shitob.
Keltirilgan baytlarda oshiqning yuqoridagi munojoti davom qildirilib, ma’shuqa visoliga 
musharraf bo‘lish orzusi ro‘yobga chiqish arafasida, uning yana tark etishga shitob aylashi va 
jamoliga boqqan oshiqdan chehrasini yashirib, niqob ostiga olmasligi kerakligi aytilgan. Bunda 
o‘z bandasiga marhamat ko‘rsatgan Ollohning undan hech qachon ketmasligi, ya’ni gunohkor 
bandasidan voz kechmasligi haqidagi iltijosi ham aks etgan. 
Yuzung mus’hafi sharhi o‘lg‘ay necha – 
Kitob-u, kitob-u, kitob-u, kitob.
Mazkur misralardan shuni bilish mumkinki, shoirning g‘azalida kuylanayotgan ishq, aslida, 
ishqi Ilohiydir. Chunki mumtoz adabiyotda an’ana tusiga kirgan “Yuz mus’hafi” jumlasi muqaddas 
Qur’oni Karimga ishoradir. Shoirlar bu jumla orqali Olloh go‘zalligining chegarasi yo‘qligini va 
uni faqat muqaddas kitoblardagina vasf qilish mumkin ekanligini aytishgan. Shoir Komil ham shu 
an’anaga murojaat qilgan holda Yor go‘zalligi ta’rifini keltiradi. 
G‘azal xulosasi haqida to‘xtalib, shuni aytish mumkinki, she’r ustozlar an’anasiga amal qilingan 
holda, qalb mavjining betakror ifodasi yanglig‘ yaralgan. Bunda esa, albatta, badiiyat bilimdoni 
bo‘lgan shoir Komilning mahorati to‘la aks eta olgan. 
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. B.Qosimov, Sh.Yusupov va b. Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti.T.:2004
2. A.Hojiahmedov. Mumtoz badiiyat malohati.T.:1999
3. Y.Is’hoqov. So‘z san’ati so‘zligi. T.:2014
4. Komil. Devon. T.:1975


88

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling