Avtohalokatlarda shoshilinch birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalari va talablari
Download 19.78 Kb.
|
Birinchi tibbiy yordam ko`rsatish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yo‘llarda harakatlanish qoidalarining 5.1-bandiga asosan
- Yo‘llarda harakatlanish qoidalarining 3.6-bandiga asosan
AVTOHALOKATLARDA SHOSHILINCH BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH QOIDALARI VA TALABLARI Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda yo‘l-transporti hodisalari tufayli kelib chiqadigan jarohatlanish umumiy jarohatlanishning asosiy qismini tashkil etadi. Dunyo yo‘llarida xar yili 8 mln. kishi jarohatlanib, ulardan 300 ming kishi halok bo‘ladi. Ayniqsa, temir yo‘l transporti tufayli bir vaqtning o‘zida ko‘pchilikning og‘ir darajada shikastlanishi yuzaga kelishi mumkin. Temir yo‘l jarohatlari ko‘pincha kechasi yoki ertalab sodir bo‘ladi. Bunga asosiy sabab mashinistlarning charchashi, ular ish faoliyatining bir xilliligi, ba’zi aholi yashamaydigan asosiy yo‘llarda katta tezlik bilan xarakatlanishidir. Yo‘l transport halokatlari tufayli kelib chiqadigan jarohatlanishlar o`ziga xos bo`lib, bunda tananing ko`p qismi bir vaqtning o`zida og`ir shikastlanadi, ichki organlar faoliyati, ba’zan miya faoliyatining o`tkir buzilish hollari uchraydi. Bu kabi jarohatlar bemorning nogironligiga yoki o`limiga sabab bo`ladi. Lekin, hamma vaqt xam bemor, ya’ni jarohatlanuvchi shunday ayanchli holda qolmasligi mumkin. Ko`p hollarda atrofdagilar tomonidan to`g`ri shoshilinch tibbiy yordam o`z vaqtida benuhson ko`rsatilsa, bemor hayoti hamda sog`ligini turli asoratlardan saqlab qolish mumkin. Yo‘llarda harakatlanish qoidalarining 5.1-bandiga asosan, yo`l-transport hodisasi sodir bo`lganda haydovchi: buyumlarni qo`zg`atmasligi, shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam berish uchun zarur choralarni ko`rishi, “Tez tibbiy yordam” xizmatini chaqirishi, agar buning imkoni bo`lmasa, shikastlanganlarni o`z transportida yoki boshqa yo‘lovchi transportida yaqin oradagi davolash muassasasiga zudlik bilan yetkazib borishi, u yerda o`z ismini, transport vositasining davlat raqamini aytishi va voqea sodir bo`lgan joyga qaytib kelishi shart. Yo‘llarda harakatlanish qoidalarining 3.6-bandiga asosan, birinchi tibbiy yordamga muxtoj fuqarolarga: – yo‘l-transport hodisasi tufayli shikastlangan transport vositalarini shatakka olib borishi (faqat yuk avtomobili haydovchilari); – tibbiy yordam ko`rsatish uchun shu yo`nalishda ketayotgan tibbiyot xodimlariga, shuningdek, harakat yo`nalishidan qat’iy nazar, hayoti xavf ostida qolgan bemorni yaqin atrofdagi davolash muassasasiga olib borishda ko`maklashishi lozim; – xizmat vazifasi bilan bog`lik hollarda militsiya xodimlariga haydovchi transport xizmati ko`rsatishi shart. Bu qoidalarga rioya qilmagan xaydovchilar jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Yo‘l-transport hodisasida jabrlanganlarning shikastlanish darajasiga qarab jinoyat ishi ko`rib chiqiladi. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida jabrlangan shaxs falokat joyida halok bo`lganda xaydovchiga juda katta javobgarlik yuklatiladi. Odam tanasi to`qimalari biror bir a’zosining yoki organizm butunligining buzilish va uning oqibatida jarohat paydo bo`lishiga jarohatlanish deyiladi. Yo`l transport xodisalarida ko`pincha jarohatlar ezilgan, yirtilgan bo`ladi. Jarohat sodir bo`lgan joyda dastlabki tibbiy yordamning muvaffaqiyatli chiqish shartlaridan biri, ayanchli hodisa sodir bo`lgan vaqtning dastlabki daqiqalarida bemorning atrofidagilar o`zini yo`qotmay dalil harakat qilishlari lozimdir. Har qanday favqulotda bo`ladigan jarohatlanishda ham tezlik bilan o`tkaziladigan chora-tadbirlarga (telefon orqali tez yordam mashinasini chaqirish, YXX xodimlaridan – bemorni yaqin atrofdagi shifoxonaga yotqizishni iltimos qilish va xokazo) katta e’tibor beriladi. Download 19.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling