Avtohalokatlarda shoshilinch birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalari va talablari
JAROHATLANGANLARNI AVTOMOBIL ICHIDAN YOKI , TAGIDAN CHIQARIB OLISH QOIDALARI
Download 19.78 Kb.
|
Birinchi tibbiy yordam ko`rsatish
- Bu sahifa navigatsiya:
- TIBBIY SARALASHNI QANDAY QILIB O`TKAZISH MUMKIN
- QON KETISHDA BIRINChI TIBBIY YORDAM KO`RSATISH
JAROHATLANGANLARNI AVTOMOBIL ICHIDAN YOKI , TAGIDAN CHIQARIB OLISH QOIDALARI:
Avtomobil eshiklari ochilmaydigan bo‘lib qolishi, kuzovi qattiq , deformatsiyaga uchragani sababli shikastlanganlarni avtomobildan chiqarib bo‘lmay qoladi, jarohatlanganlarni avtomobildan ajratib olayotganda kuch ishlatib tortmasdan, surib, ko‘tarib, halaqit berayotgan avtomobil qismlarini sindirib bo‘lsa ham bemorni asta–sekin ikki yoki uch kishi yordamida ajratish kerak; bemorning ahvolini og‘irlashtirmaslik uchun uni avtomobil ichida qanday holatda ko‘rgan bo‘lsa, shu holatda chiqarib olishi lozim; agar bemorni bir kishi ajratib olayotgan bo‘lsa, o‘z-o‘zidan ma’lumki holatini o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi, lekin shunda ham bosh va bo‘ynini qimirlatmasdan olish kerak; avtomobil haydovchisi turli to‘qnashuvlarda kuchli siljishi natijasida ko`krak qismi bilan ru chambaragiga urilib ketadi. Shunda ikki tomonlama bir yoki ko`plab qovurg`alar sinishi mumkin. Shuni nazarda tutib, bemorni ajratib olayotgan vaqtda ko`krak qafasini ezib yubormaslik kerak, aksincha ish tutilsa singan qovurg`alar siljishi natijasida og`riq, qon ketishi, ichki azolarning zararlanishi kuzatilishi mumkin. Agar shikastlangan kishida qovurg`a singanligiga shubha tug`ilsa, uni qo`ltiq qismidan ushlash kerak, shunda qovurg`alar himoyalangan hisoblanib, hech qachon jarohati og`irlashmaydi; Avtohalokatlarda, agar tez tibbiy yordam mashinasi bir necha daqiqa ichida kelmasa, avtomobil ichidagi bemor es-hushida bo`lib,hech qaysi joyi ezilmagan bo`lsa, reanimatsiya choralariga muhtoj bo`lmasa, uni chiqarib olish zarur; Agar mashinadan yonayotgan elektr simlari yoki benzin hidi kelayotgan bo`lsa, zudlik bilan jarohatlanuvchini chiqarib olish lozim. Shu bilan birga haydovchini ham, yo`lovchilarni ham uzoqroq masofaga olib boorish zarurdir. TIBBIY SARALASHNI QANDAY QILIB O`TKAZISH MUMKIN? Shikastlanuvchida hayot uchun xavfli jarohati bor yoki yo`qligi aniqlanadi; Agar shikastlangan behush holatda bo`lsa, saralash “o`likmi-tirikmi” degan qoida bilan boshlanadi; Fojia yuz bergan joyda o`lim kuzatilsa,u holda ko`proq bosh miya va ko`krak qafasi jarohati to`g`risida o`ylash kerak; ko`krak qafasining og`ir shikastlanishida ko`krak qafasi deformatsiyasini ba`zida ko`z bilan ko`rish yoki har holda qo`l bilan ushlab qovurg`alarming qimirlayotganini qo`pol suyaklar g`ichirlashi borligidan bilish mumkin; bosh chanog`ining o`ir jarohatlarida quloq va burun teshigidan qon ketishi, ko`krak qafasi og`ir shikastlanganda qon burundan va og`izdan oqishi mumkin; teri qoplamalari rangi oqargan yoki ko`kargan, qorachiqlar kengaygan bo`lib, yorug`likda o`zgarmaydi. Qon tomirlar pulsatsiyasi (urishi) qo`lda ham, bo`ynida ham aniqlanmaydi, yurak urishi sezilmaydi. Nafasi to`liq to`xtaganlinini bemorning og`ziga yaqinlashtirilgan oyna bo`lakchasini terlaganligi aniqlab beradi. BIRINCHI YORDAM KO`RSATISH KETMA-KETLIGI • Bemorda nafas olish jarayoni buzilgan taqdirda og`iz bo`shligini ko`rish kerak, yopiq bo`lsa qo`l bilan salfetka yoki ro`molcha yordamida tozalash lozim; • agar arterial qon ketish hollari kuzatilsa, o`sha tomirning yuqori qismidan bosib turish yo`li bilan qonni to`xtatib, keyin jgut kabi qon to`xtatuvchi vositalardan foydalanish mumkin. • bemorda suyak sinishlari to`lik inkor etilmaguncha yurishga ruxsat berish kerak emas; • qo`shimcha jarohatlardan holi bo`lish uchun bemorning kiyimlariga tegish kerak emas, faqatgina nafas qisilishi kabi xolatlarda yoqasini va belini bo`shatish, zarur holatda kiyimini yirtish zarur yoki qisman yechiladi; • bemor tekis joyga yotqizilgach, yana bir marta nafas yo`llarining o`tkazuvchanligi tekshirilib, tili orqaga tushib qolgan bo`lsa, uni salfetka bilan ushlab o`ziga tortiladi; • agar umurtqaning bo`yin qismi sinmagan bo`lsa, uni yoniga burish mumkin; • nafas olishning qayta to`xtab qolishi oldini olib, bemorni yonboshlatib yotkiziladi; • nafas olish tiklanmasa sun’iy nafas beriladi. Buning uchun bemorning boshini orqaga bukib, nafas yo`llaridan havo o`tishi osonlashtiriladi; • ko`krak kafasining ochiq jarohati bo`lsa va u orqali havo kirayotgan bo`lsa, darxol uni steril salfetka yoki tozaroq mato yoki hech narsa bo`lmasa kaft bilan yopish lozim; • jarohatlanuvchida hayot uchun xavfli tashqi venoz qon (to`q qizil rangda) ketishi bo`lganda uni to`xtatish kerak. Buning uchun ko`pincha dastlab steril, so`ng bosuvchi bog`lam qo`yiladi. • arterial qon ketishda (och qizil pushti rangda) jgut qo`yish qoidasidan foydalangan xolatda yoki tomirni bosuvchi boshqa usullar qo`llaniladi. QON KETISHDA BIRINChI TIBBIY YORDAM KO`RSATISH Qon tomirlar shikastlanganda arterial, venoz va parenximatoz oqishlar tafovut qilinadi. Agar qon jarohatdan tashqariga oqayotgan bo`lsa, buni tashqi qon oqish deb ataladi, agar qon jarohatlangan tomirdan to`qimaga, ichki organlarga – ko`krak yoki qorin bo`shlig`iga oqayotgan bo`lsa, u holda buni ichki qon oqish deyiladi. arterial qon oqishini to`xtatish hammaning qo`lidan keladigan eng oson va tezkor usul bo`lib, jarohatlangan joy teparog`idan arteriyani barmoq bilan bosib turishdir. Arteriya suyak yoniga yaqin joydan yoki uning ustidan o`tgan bo`lsa, uni bosib turish juda oson bo`ladi; arteriyalarni barmoq bilan bosish ko‘p kuch sarflashni talab etadi va bu tadbirni hatto jismonan kuchli va chiniqqan kishi ham 15- 2 daqiqadan ortiq bajara olmaydi; jgut (buragich) qo‘l va oyoqning yirik arterial tomirlari shikastlanganda qon oqishini vaqtincha to‘xtatishini asosiy usulidir. Jgut son, yelka (bir suyagi bor joyga) qo‘yiladi; jgut qon oqayotgan joydan 15 sm yuqoridan jarohat yaqinidagi terini siqib qo‘ymaslik uchun kiyim yoki yumshoq bint ustidan bog‘lanadi; jgut bog‘langandan so‘ng biriktirilgan qog‘ozga kuni,soati va daqiqasi yoziladi, qog‘oz jgut ostiga ko‘rinib turadigan qilib qistirib qo‘yiladi; jgut qish mavsumida 1 soatga , yozda esa 1,5-2 soatga qo‘yiladi.Jgut qo‘yilgandan so‘ng 2 soat o‘tgan hollarda arteriyani barmoq bilan bosish, jgutni asta sekin pulsni hisoblab turib 5-10 daqiqaga bo`shatish va uni avvalgi joyining yuqorirog`idan yana qo`yish lozim; jgut bo`lmaganda arteriyadan qon oqishida buragich qo`yish yoki qo`l- oyoqni maksimal bukishva uni shu vaziyatda bog`lash yo`li bilan to`xtatish mumkin; venadan qon oqishini bosib turadigan steril bog`lov qo`yish va gavdaning shikastlangan qismini baland ko`tarib qo`yish bilan to`xtatiladi. Download 19.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling