Avtohalokatlarda shoshilinch birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalari va talablari


NAFAS VA YURAK TO‘XTAGANDA SHOSHILINCH TIBBIY YORDAM KO`RSATISH CHORA – TADBIRLARI


Download 19.78 Kb.
bet4/4
Sana25.04.2023
Hajmi19.78 Kb.
#1398359
1   2   3   4
Bog'liq
Birinchi tibbiy yordam ko`rsatish

NAFAS VA YURAK TO‘XTAGANDA SHOSHILINCH TIBBIY YORDAM KO`RSATISH CHORA – TADBIRLARI:

  • bemor chalqancha yotqizilishi va shu bilan til asosini nafas olish yo‘llaridan chetlatishga erishiladi;

  • havoni burun orqali tashqariga chiqib ketmasligining oldini olish maqsadida bemorning burnini qisib, og‘zidan havo yuboriladi;

  • yuborilayotgan nafas o‘rtasidagi vaqt 5 soniyani tashkil etadi, ya’ni 1 daqiqada 12 martani tashkil etadi. Yuqorida qayd etilgan qoidaga rioya qilinishi shart, chunki qilinayotgan muolajalar tabiiy nafas ko‘nikmasini hosil qilishdan iboratdir;

  • nafas oldirish vaqtidagi yuzaga keladigan me’da usti sohasidagi shishning paydo bo‘lishi yuborila- 3 yotgan havoning me’daga ketayotgashshgidan dalolat beradi;

  • yurak massajini bajarishdan oldin, bemorning istalgan tomonidan ko‘krak to‘sh suyagini 5-qovurg‘a birikadigan joydan kaftlarini bir-biriga qo‘yib bosim orqali massaj bajariladi;

  • qilinayotgan muolajalarning to`g`ri bajarilayotganligi, uyqu arteriyasida to`lqinsimon pulsning paydo bo`lishi bilan ifodalanadi.

Diqqat!!!

  • Agarda, tiriltirishni 1 kishi bajarayotgan bo`lsa, 2 ta nafasdan so`ng 15 marotabagacha bosim muolajalarini qilish kerak.

  • Agarda, tiriltirish muolajalarini 2 kishi bajarayotgan bo‘lsa o‘pkani ventilyatsiyasi va massaj muolajalarining bir-biriga solishtirmasi 1:5 nisbatida bajariladi.

  • Uyqu arteriyasida aniq tomir urishi tiklangandan so‘ng yurak massaji to‘xtatilib, nafas olish to‘liq tiklanguncha sun’iy nafas oldirish davom etilishi shart.

Yuqorida qayd etilgan tashqi yurak massaji o‘z o‘zidan yordam bera olmaydi, agarda qilinayotgan muolajalar sun’iy nafas muolajalari bilan birgalikda olib borilmasa befoyda hisoblanadi.
YODDA TUTING!!! JAROHATLANGAN SHAXSGA O`Z VAQTIDA TO`G`RI VA SIFATLI KO`RSATLGAN SHOSHILINCH BIRINCHI TIBBIY YORDAM BEMOR HAYOTINI SAQLAB QOLADI!
Download 19.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling