Avtomatika elementlarining prinsipial sxemalarda grafik ifodalanishi


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/32
Sana13.02.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1196012
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
Bog'liq
Avtomatika elementlarining prinsipial sxemalarda grafik ifodalan

Nazorat savollari 
1. Tеrmоrоstlаgichni 2 tа RK 1 RK 2 vа R1 R2 rеzistоrlаri sxеmаsi qаndаy 
shаkldа ulаngаn?
2. Rеmоrоstlаgich sxеmаsidа qаysi elеmеnt dаtchigi vаzifаsini bаjаrаdi?
3. Muhitning hаrоrаti оshgаndа qаysi qаrshilikning qаrshiligi kаmаyadi?
 
 
 
 
 
 
 
 


19 
5-LABORATORIYA ISHI 
QADAMLI IZLAGICHNI O‘RGANISH VA SINOVDAN O‘TKAZISH
 
1.Ishning maqsadi 
Asbob bilan bevosita tanishish, avtomatika sxemalarida qadamli izlagichning 
ulanishi sxemasini va ishlash printsipini o'rganish. 
2. Umumiy tushunchalar 
Qadamli izlagich (taqsimlagich) elektromagnitli ko'p qatorli o‘zgich-
taqsimlagichlardan iborat. U telemexanika va hisoblash qurilmalarining apparati 
hisoblanadi. Bundan tashqari u aloqa uskunalari va ko‘p sonli obyektlarni 
boshqaradigan avtomatik sistemalarda qo‘llaniladi. Qadamli izlagichlar elektr 
sxemalarni vaqt bo‘yicha ulab, ajratish va ko'pincha chiqishdagi elektr zanjirlarini 
bitta kirish zanjiriga ketma-ket ulashda qo‘llaniladi yoki teskarisi, kirish zanjirini 
ketma-ket chiqish zanjiriga ulashda. 
Qadamli izlagich (5.1-rasm) uchta asosiy qismlardan: rotor, stator va 
elektromagnit mexanizmidan iborat.
Rotor harakatlanuvchi qism bo‘lib, unda shchyotka 3 o‘rnatilgan. Shchyotka 
qo‘zg‘almas kontaktlarni ikki tomondan o‘rab turgan ikkita parallel prujinadan iborat.
Stator bir-biridan izolyatsiyalangan qo‘zg‘almas plastinkalardan (lamellardan) 
terilgan. U lar (a, b, v) kontaktli maydonlar hosil qiladi. Har bir kontaktli maydonning 
nollik kontakti (2) va aniq sonli qo‘zg‘alms kontakti (1) bor. Elektromagnitli 
harakatlanuvchi mexanizm tishli g‘ildirak 4, turtki 5, yakor 6, o‘zak 7, elektromagnit 
cho‘lg‘am 8, prujinalardan 9 iborat. U to‘g‘ri va teskari harakar qilishi mumkin. 
To‘g‘ri harakat yuritmasi yakorni cho‘lg‘amga tortish jarayonida rotorni 
joyidan siljitadi, teskari harakat yuritmasi esa, yakorni qo‘yib yuborganda 
(chulg‘amni tokdan ajratganda) siljitadi. 
Qadamli izlagich va to‘g‘ri harakat yuritmasining ishini ko‘rib chiqamiz (1-
rasm). Cho‘lgamga (8) kuchlanish berilganda yakor (6) o‘zak 7 ga tortiladi va turtki 
5 bilan tishli gildirak 4 ning tishidan itaradi. Buning oqibatida rotor ko‘zlangan 
burchakka (qadamga) buriladi va shchyotkalar keyingi kontaktga otishadi. Cho‘lgam 
8 da kuchlanish ykolgan paytda prujina 9 harakat mexanizmini avvalgi holatga
qaytaradi.
Shunday qilib, qadamli izlagichlar nol kontakt (2), shchyotka (3) va har bir 
kontaktli maydon lameli (1) dan o‘tadigan elektr zanjir hosil boladi. 
Shu bilan birga qadamli izlagichning 10- ajratuvchi kontakti va 22-nol 
holatidagi chekka ajratuvchi kontaktlari mavjud. Bu kontaktlar qadamli izlagichning 
boshqarish sxemasida qo‘llaniladi.
qadamli izlagichlarning shartli belgilanishi: ShI-26/8. Bunda 26-lamellari, 8-
kontaktli maydonlar soni. 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling