Avtomatika va telemexanika
Download 1.46 Mb.
|
AVTOMATIKA VA TELEMEXANIKA TIZIMLARINING ISHONCHLILIGI 2
2-AMALIYOT MASHG‘ULOTI
MA’LUMOTLARGA ISHLOV BERISH USULLARI VA TEMIR YO’L AVTOMATIKASI VA TELEMEXANIKASI TIZIMLARI ISHONCHLILIGINING TAHLILI Ishonchlilik nazariyasining asosiy masalalaridan biri bu ishlayotgan temir yo’l bekatlari va peregonlarida qayd qilingan buzilishlar to’g’risidagi statistik ma’lumotlar hamda qismlar ishlash qobiliyatlarini qayta tiklash va buzilishlar oldini olishga qaratilgan xizmat ishlarini o’tkazish to’g’risidagi ma’lumotlar asosida avtomatika tizimlari ishonchliligini tahlil qilishdir. Avtomatika va telemexanika tizimlaridan foydalanish ishonchliligining tahlili quyidagi tartibda olib borilishi kerak: Tizimdagi buzilishlarning umumiy tahlili; Buzilishlarni tegishli funksional qismlarga taqsimlash va ularning jadalligini hisoblash; Buzilishlarni qismlar bo’yicha taqsimlash va ularning jadalligini hisoblash; Buzilishlarni ularning turi bo’yicha taqsimlash; Buzilishlarni ularning paydo bo’lish turi bo’yicha taqsimlash; Buzilishlarni ularning oqibatlari bo’yicha taqsimlash; Buzilishlarni temir yo’l transporti sohalari bo’yicha taqsimlash; Buzilishlarni yilning oylari va fasllari bo’yicha taqsimlash; Buzilishlar taqsimlanishi qoidasini aniqlash va ularning ko’rsatkichlarini baholash; Tizim qismlari ishlash qobiliyatini qayta tiklash vaqtining taqsimlanishi qoidalarini aniqlash va ularning ko’rsatkichlarini baholash; Tizim qismlari buzilishi va ularning ishlash qobiliyatini qayta tiklash ishlariga sarflangan xarajatlarni hisoblash va boshqalar. Ishonchlilikni tahlil qilish usuli temir yo’l transportidagi avtomatika va telemexanika kafedrasi tomonidan O’rta Osiyo temir yo’li bekatlaridagi marshrut - releli markazlashtirish tuzilishlarida qayd qilingan buzilishlar to’g’risidagi statistik ma’lumotlarga asoslangan. Bir yil davomida beshta bekatda 712 buzilish qayd qilingan. Bu demak, har bir markazlashtirilgan strelkaga 1,56 buzilish to’g’ri keladi. Marshrut - releli markazlashtirishning har bir markazlashtirilgan strelkaga to’g’ri keladigan buzilishlar jadalligi esa soatiga 18,0×10 - 5 ga teng. Bunda buzilishlar jadalligi A bekatida 11,7∙10 - 5; B bekatida 28,1∙10 - 5; V bekatida 23,2∙10 - 5; G bekatida 11,1∙10 - 5; D bekatida 10,4∙10 - 5 ni tashkil etadi. Tizimlar ishlash sharoitlarining tahlili asosida ushbu bekatlarda markazlashtirish tuzilishlari qismlarining ishlashi sifati to’g’risida xulosalar chiqarish mumkin. Misol uchun, A, G va D bekatlaridagi buzilishlar kamligini bu bekatlardagi markazlashtirish tuzilishlari uzoq vaqt davomida yuqori malakali ishchilar tomonidan olib borilishi bilan tushuntirish mumkin. B bekatida og’ir iqlimiy sharoitlar (9 oy davomida qattiq changli shamollar esadi), yuklash ishlari olib borilishi, xizmat qiladigan xodimlar doimo almashishi oqibatida eng ko’p buzilishlar qayd qilingan. V bekatida markazlashtirish tizimi birinchi yil ishlatilib, unda xizmat qiluvchi xodimlarning malakasi yuqori emas, tizim bilan foydalanadigan poyezdlar harakatini tartibga soluvchi xodimlarning tajribasi kam. Bundan tashqari, loyihachilar va quruvchilarning xatolari ham chiqib turibdi. Keltirilgan usul asosida markazlashtirish buzilishlarining umumiy sonidan ularning belgilari bo’yicha tanlab ko’rib chiqamiz. 1- jadvalda buzilishlarning 69,5 % asta - sekin paydo bo’ladigan, 14,9 % - tasodifan paydo bo’ladigan, 10,2 % - ba’zi vaqtda paydo bo’ladigan va 5,4 % - ishchilar aybi bo’yicha paydo bo’ladigan buzilishlar ekanligi ko’rinib turibdi. Buzilishlarning asosiy qismi (95,3 % ) himoyali buzilishlar, 4,7 % esa xavfli buzilishlardir, ya’ni ular alohida holatlarda poyezdlar harakati xavfsizligining buzilishiga olib kelishi mumkin. Demak, markazlashtirish tizimi tuzilishlarining ishonchliligini oshirish lozim. Buzilishlar soni temir yo’l transportining xizmatlariga (xo’jaliklariga) bo’linganida, ularning 42 % signallashtirish va aloqa xizmatiga (Sh), 36 % yo’l xo’jaligi xizmatiga (P), va 2 - 3 % dan boshqa xizmatlarga tegishliligi ko’rinadi. Markazlashtirish tizimi tuzilishlarining ishonchliligini baholash uchun ularni quyidagi funksional qismlarga bo’lish mumkin: bekatlardagi rels zanjirlari; strelkalar elektr o’tkazuvchilari (shu jumladan, strelkalar garnituralari, o’tkazuvchilar, strelka qismlari); svetoforlar; kabel va ta’minlovchi liniyalar; elektr ta’minlash manbalari; elektr mashinalar; o’rnatuvchi qismlar; bloklar; relelar; transformatorlar; pultlar; stativlar. Buzilishlarni markazlashtirish tizimining funksional qismlariga bo’lganda, rels zanjirlari buzilishlari ularning 37,3 % tashkil etishi aniqlanadi. Bu buzilishlarning 31,9 % ajratuvchi stiklar ulanishi, 10,5 % tortadigan kamarlarda kalta ulanishlar paydo bo’lishi, 7,9 % rels ulanishlari uzilishi, 6 % yo’l relesidagi kuchlanish pasayishi va boshqa sabablar natijasida paydo bo’lishi mumkin. Rels zanjirlari buzilishlarining 60,6 % yo’l va strelkalardagi buzilishlar natijasida paydo bo’ladi, 12,8 % esa signallashtirish va aloqa hizmatiga tegishli. Buzilishlar soni bo’yicha ikkinchi o’rinni elektr o’tkazuvchilar egallaydi (31,8 %). Ularning 14,3 % - strelka buzilishlari, 10,5 % - elektr o’tkazuvchisi buzilishlari, 7 % esa elektr o’tkazuvchisi garnituralarining buzilishlaridir. Elektr o’tkazuvchilar buzilishlari umumiy soning 41,8 % yo’l xo’jaligi xizmatiga, 30,7 % esa signallashtirish va aloqa xizmatiga tegishli. Markazlashtirish tizimlari buzilishlarining 6 %ini svetoforlar buzilishlari tashkil etadi. Bu buzilishlarning 25,6 % svetofor chiroqlarining ipi kuyishi, 40,4 % svetofor boshi yoki linzalar sinishi natijasida sodir bo’ladi. Svetoforlar buzilishining 58 % signallashtirish va aloqa xizmatiga tegishli. Markazlashtirish tizimlarining yo’llar yonida qo’yiladigan vositalarining buzilishlari umumiy sonining 80,3 %, postlarda o’rnatiladigan vositalarning buzilishlari esa 19,7 %ni tashkil etadi. Relelar buzilishlari 10,1 % tashkil etib, ular shtepsel rozetkalarida ulanish bo’lmagani, elektr va mexanik tavsiflar to’g’ri kelmagani, ulanishlar kuyishi natijasida paydo bo’ladi. O’rnatiladigan vositalar (saqlagichlar, knopkalar) buzilishlari markazlashtirish tizimlari buzilishlarining 6,6 %, qolgan ishlatiladigan qismlar buzilishlari esa 1 – 3 %ni tashkil etadi. Markazlashtirish tizimlarining buzilishlari asosiy qismlar bo’yicha taqsimlanishi va ular jadalligining hisoboti 2 - jadvalda keltirilgan. Buzilishlar o’rtacha jadalligining hisoboti quyidagi ifoda bo’yicha amalga oshiriladi: (1) bunda n - qismning bir yil davomida sodir bo’lgan buzilishlar soni; N - sinovdan o’tgan qismlar soni; Δt = 8760 soat - bir yilga teng sinov muddati. Buzilishlarning oldini olish ishlarining mavjud bo’lgan tizimi bo’yicha ishlar olib borilishni hisobga olgan holda λo’rtacha ko’rsatkichi buzilishlar jadalligining o’rtacha miqdoriga tengligini aytib o’tish kerak. Bundan so’ng buzilishlar jadalligining ishonchli chegaralari 0,9 ga teng ehtimollik bilan hisoblanadi. λmin va λmax ko’rsatkichlarining miqdorlari quyidagi tegishli ifodalar bo’yicha hisoblanadi: ; (2) bunda r1 va r2 - ishonchli intervallar jadvalidan olingan koeffitsiyentlar. 1 - jadval
2 -jadval
Bitta rels zanjiri buzilishlarining o’rtacha jadalligi 63,0·10 - 6 1/soat ga teng. Rels zanjirlarining eng ishonchsiz bo’lgan qismlari− bu uzilishlari jadalligi 4,35 ·10 - 6 1/soat ga teng ajratuvchi stiklardir. Tortadigan kamarlar buzilishlari jadalligi 2,33 ·10 - 6 1/soat, butleg ulanishlar buzilishlari jadalligi 1,54 ·10 - 6 1/soat, stiklar ulanishlari 0,1 ·10 - 6 1/soat ga teng. Strelkalar qismlari buzilishlari natijasida elektr o’tkazuvchilar buzilishlarining 45 % i sodir bo’ladi. Eng ko’p sodir bo’ladigan buzilishlar bu strelkalar tagidagi moslamalar (3,5·10 - 6 1/soat) hamda rom relslari (2,11·10 - 6 1/soat) buzilishlaridir. Elektr o’tkazuvchilar qismlari buzilishi natijasida buzilishlarning 33 % sodir bo’ladi. Elektr o’tkazuvchilarning eng ishonchsiz qismlari bu avto qayta ulovchi ulanishlari (0,35·10 - 6 1/soat) hamda friksiyaviy ulanishdir (3,61·10 - 6 1/soat). Strelkalar buzilishlarining 22 % i garnituralar buzilishlaridan kelib chiqadi. Bunda nazorat tortish moslamalar buzilishi jadalligi 4,14∙10 - 6 1/soat ni, ishchi tortish moslamalar buzilishi jadalligi esa 1,24∙10 - 6 I/soat ni tashkil etadi. Bekatlardagi svetoforlar qismlari buzilishi quyidagi jadalliklarga ega: JS - 15 va JS - 25 chiroqlari - 0,9∙10 - 6 1/soat, svetoforlar boshi - 2,02∙10 - 6 1/soat, linzalar - 0,49∙10 - 6 1/soat, ulash simlari - 0,42∙10 - 6 1/soat. Markazlashtirish tizimlari tarkibiga kiradigan asosiy ishlash qismlar buzilishlari sonining yil davomida o’zgarishi 2 - rasmda ko’rsatilgan. Bahorda va kuzda strelkalar elektr o’tkazuvchilarining buzilishlari ko’payadi (2,a - rasmi). Bu asosan nazorat tortish moslamalari va avto qayta ulovchilar ishdan chiqishi (2,v - rasmi), strelkalar o’tkazuvchilari (2,b - rasmi) va garnituralar (2,g - rasmi) buzilishlari bilan bog’liq. Yozda rels zanjirlarining ishdan chiqish stiklarning ajratadigan qatlamlari va tortish kamarlari teshilishi, ajratadigan stiklar ko’chishi va saqlagichlar o’rnatadigan moslamada ulanishning yo’qolishi tufayli keskin oshib ketadi (2,d - rasm). Buzilishlar oldini olish ishlarning rejalari tuzilganda, buzilishlar jadalligi yil davomida o’zgarishini ko’zda tutish kerak. Buning uchun buzilishlar jadalligi o’zgarishi nisbiy koeffitsiyenti quyidagi ifoda bo’yicha hisoblanadi: (3) bunda - yilning alohida mavsumida buzilishlar jadalligi o’zgarishi koeffitsiyenti; - yilning alohida mavsumida sodir bo’lgan buzilishlar soni; - yilning qish, bahor, yoz va kuz mavsumlari davomida sodir bo’lgan buzilishlar soni. Yilning qish, bahor, yoz va kuz mavsumlari davomida sodir bo’lgan buzilishlar jadalliklarini quyidagi ifoda bo’yicha hisoblash mumkin: (4) bunda - yil davomidagi buzilishlarning o’rtacha soni. Ushbu ifodalar bo’yicha bajarilgan hisoblarning natijalari 3-jadvalda keltirilgan. Yo’llar yonida o’rnatiladigan vositalar buzilishlarning asosiy qismi (67 % ) asta sekin paydo bo’ladigan buzilishlar bo’lgani uchun buzilishlar oldini olishga qaratilgan ishlar muddatini o’zgartirish yo’li bilan ular sonini keskin qisqartirish mumkin. Buning uchun qvaqt>1 bo’lgan yilning mavsumlarida buzilishlar oldini olishga qaratilgan ishlar muddatini qisqartirish tavsiya etiladi. Strelka elktr o’tkazuvchisi b) Strelka kuz qish bahor yoz kuz kuz qish bahor yoz kuz v) Elektr o’tkazuvchi g) Strelka garnituralari kuz qish bahor yoz kuz kuz qish bahor yoz kuz d) Rels zanjirlari 2-rasm
bunda - buzilishlar oldini olishga qaratilgan ishlarning oldindan qo’llanadigan muddati. Ishonchlilikni tahlil etishning keyingi poq’onasi buzilishlarni taqsimlash qonunini aniqlash va har bir qism uchun ularning ko’rsatkichlarini maxsus usul yordamida baholashdan iborat [7]. Ushbu qo’llanmada strelkalar elektr o’tkazuvchilari va rels zanjirlari buzilishsiz ishlashi muddati buzilishlar asta sekin paydo bo’lganida normali taqsimlanish qonuniga bo’ysunishi ko’rsatilgan. Buning ko’rsatkichlari 4 - jadvalda keltirilgan. 4 - jadval
Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling