Avtomatika va telemexanika


Download 1.46 Mb.
bet5/13
Sana15.06.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1481480
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
AVTOMATIKA VA TELEMEXANIKA TIZIMLARINING ISHONCHLILIGI 2

4-AMALIYOT MASHG‘ULOTI
BUZILISHLAR OLDINI OLISH BO’YICHA ISHLAR OLIB BORILISHINING ELEKTR MARKAZLASHTIRISH TIZIMI ISHINING ISHONCHLILIGIGA BO’LGAN TA’SIRI
Temir yo’l transportidagi avtomatika va telemexanika tizimlari to’xtovsiz uzoq vaqt davomida ishlab keladi. Bunday tizimlarning samaradorligini ta’minlash uchun buzilishlar oldini olish bo’yicha ish olib borish kerak. Hozirgi kunda buzilishlar oldini olish bo’yicha ishlarning hisoblash va unumli rejalash usullari ishlab chiqarilmagan. Mavjud bo’lgan ishlarni olib borish muddatlari temir yo’l transportidagi avtomatika va telemexanika tizimlarini xizmat qilish tajribasi asosida o’rnatilgan, shuning uchun ular ilmiy asoslanishi lozim. Elektr markazlashtirish tizimlari qismlariga tegishli buzilishlar oldini olish bo’yicha ishlar ularni sozlash va qismlarini almashtirishdan iborat. Shuning uchun buzilishlar oldini olish bo’yicha ishlarni hisobga olganda, λ buzilishlar jadalligining t vaqtdan qaramligini 4-rasmdagi arra ko’rinishdagi chiziq bilan tavsiflash mumkin. Buzilishlar oldini olish bo’yicha ishlar olib borilmasa, bu qaramlilik q ko’rinishga ega bo’ladi.
Tizimdan o’chirilgan qismlarga qaratilgan buzilishlar oldini olish ishlari poyezdlar orasidagi vaqt davomida olib boriladi. Agar bu vaqt poyezdni qabul qilish yoki jo’natish kerak bo’lsa, ishlar to’xtatiladi va poyezd o’tib bo’lganidan so’ng davom ettiriladi. Bunday holatlarda buzilishlar oldini olish bo’yicha ishlar poyezdlar harakati jadvalini bajarishga ta’sir qilmaydi.
Yuqorida aytilgan gaplarni hisobga olganda, tizim qismlarining beto’xtov ishlashi ehtimolligi R(t) quyidagicha bo’ladi:


(11)
bunda - 1 - chi, 2 - chi, 3 - chi, …(m+1) pog’onalarda buzilishlar oldini olish bo’yicha ishlar olib borilishini hisobga olmagan holda buzilishsiz ishlashi ehtimolliklari;
m - buzilishlar oldini olish bo’yicha ishlar zikllari;
- buzilishlar oldini olish bo’yicha ishlarning muddati.
Ushbu R(t) ehtimollikning grafik ko’rinishi b chiziq orqali 5-rasmda ko’rsatilgan. Bu rasmdagi a chizig’i P(t) buzilishlar oldini olish ishlari olib borilmagan holatda ishonchlilik funksiyasini ko’rsatadi.
Buzilishlar oldini olish ishlari olib borilishini hisobga olganda birinchi buzilishgacha o’tgan o’rtacha vaqtni (11) ifodadan aniqlash mumkin:
(12)
Integrallar oldida qavslar ichida yozilgan (12) ifodasi a’zolarining jami geometrik progressiya shaklida bo’ladi, chunki

Buni hisobga olgan holda geometrik progressiyaga kiradigan a’zolar jamini aniqlaymiz.




4-rasm


5-rasm


Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling