Avtomatika va telemexanika


Download 1.46 Mb.
bet8/13
Sana15.06.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1481480
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
AVTOMATIKA VA TELEMEXANIKA TIZIMLARINING ISHONCHLILIGI 2

6-AMALIYOT MASHG‘ULOTI
PROFILAKTIKANING ELEKTR MARKAZLASHTIRISH QURILMALARIGA TA’SIRI
SSB va aloqa qurilmalariga texnikaviy xizmat ko’rsatish

Elektr markazlashtirish qurilmalari quyidagilarni ta’minlashi kerak: strelka va svetoforlarning o’zaro tutashuvi; strelka kesilishi nazoratini, mazkur marshrutni chegaralovchi svetoforni yopish bilan amalga oshirishni; boshqaruv appraratida strelkalar holatini, strelka seksiyalari va yo’l bandligini nazorat qilishni; strelka va svetoforlarni marshrut yoki alohida boshqarish, manyovr svetoforlari ko’rsatkichlari bo’yicha manyovr harakatlarini amalga oshirish, kerak paytda strelkalarni mahalliy boshqaruvga o’tkazish imkoniyatini.


Elektr markazlashtirish qurilmalari quyidagilarga yo’l qo’ymasligi kerak: band yo’lga belgilangan marshrutda kirish svetoforini ochish; harakat tarkibi ostida strelkani o’tkazish; strelkalar kerakli holatga qo’yilmaganda, berilgan marshrutga tegishli svetoforni ochish; belgilangan marshrutni chegaralovchi svetofor ochiqligida, qarshi svetoforni ochish yoki marshrutga kiruvchi strelkani o’tkazish.
Markazlashtirilgan strelkalarning uzatma va tutashmalari quyidagilarni ta’minlashi kerak: strelkalarning eng chetki holatlarida krestovina qo’zg’aluvchan o’zagini usovikka, ostryakning rama relsiga qattiq jipslashuvini; jipslashgan ostryak va rama relsi yoki qo’zg’aluvchan o’zak va usovik orasidagi tirqish 4 mm va undan ortiq bo’lganida strelka ostryaklari yoki krestovina qo’zg’aluvchan o’zagining tutashishiga yo’l qo’ymaslikni; rama relsi yaqinidagi ostryakni kamida 125 mm masofaga surishni.
Turli hil o’zaro bog’liklarni amalga oshirsa bo’ladigan SSB apparatlari, shuningdek, poezd va stansiya radio aloqa apparatlari yopiq va plombalangan bo’lishi kerak; ularni ochishga signallashtirish va aloqa Markazining vakolatli xodimi tomonidan ushbu qurilmalarni ko’rik jurnalida yozib qo’yish sharti bilan yo’l qo’yiladi. SSB va radio aloqa apparatlarida plombalarning butunligiga ushbu apparatlardan foydalanuvchi navbatchi xodimlar (stansiya navbatchilari, markazlashtirilgan post operatorlari, strelka post navbatchilari, lokomotiv mashinistlari va boshqalar) javob beradi.
Signalizatsiya va aloqa distansiyalari, distansiyada mavjud bo’lgan SSB va aloqa qurilmalari va ular xizmat ko’rsatadigan boshqa qurilmalarning chizmalari va ta’riflari, ularga tegishli me’yor va standartlarga ega bo’lishi kerak. Bu hujjatlarga o’z vaqtida o’zgartirishlar kiritib borilishi kerak. SSB qurilmalari bo’yicha namunaviy qarorlar DATK ning signallashtirish va aloqa Markazi boshlig’i tomonidan tasdiqlanandi. SSB qurilmalarida namunaviy bo’lmagan texnik qarorlardan foydalanishga yo’l qo’yilmaydi.
SSB qurilmalari o’zaro bog’likligida vaqtincha o’zgartirishlarga DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i ruxsati bilan ko’pi bilan 5 sutkaga, undan ko’p vaqt uchun DATK boshqaruvi raisi ruxsati bilan yo’l qo’yiladi. (114 band "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 115. Belgilangan o’zaro bog’liqlikni buzuvchi yoki ularni vaqtincha to’xtatib qo’yuvchi SSB qurilma va uskunalarini qaytadan jihozlash, boshqa erga o’tkazish, ta’mirlash, sinash va almashtirish, mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan tasdiqlangan rejaviy ishlar jadvalga ko’ra, bu jadvallarni bajarishning eng qisqa muddatini hisobga olib, amalga oshirilishi kerak. Barcha holatlarda stansiya navbatchisining ruxsatisiz va Yo’llar, strelka o’tkazgichlar, SSB, aloqa va kontakt tarmog’i qurilmalarining ko’rik jurnalida oldindan yozib qo’ymasdan bu ishlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
Markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida bunday ishlar faqatgina poezd dispetcheri roziligi amalga oshirilishi kerak. (115 band birinch xatboshii "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi).
Qurilmalarning stansiya navbatchisi xonasidan ancha uzoqda joylashganida bu qurilmalarni ishga tushirish xaqida yozuv, shuningdek, ularning nosozliklarini yo’qotish uchun vaqtincha o’chirilishi xaqidagi yozuv stansiya navbatchisiga uzatilayotgan va o’sha jurnalda qayd qilinadigan telefonogramma bilan almashtirilishi mumkin. Ishlarga boshchilik qiluvchi keyin bu qaydnomani o’z imzosi bilan tasdiqlab qo’yishi kerak. Belgilangan o’zaro bog’liqlik buzilmaydigan hollarda SSB ning ayrim qurilma va moslamalarini almashtirish va o’chirish stansiya navbatchisining (markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida – poezd dispetcherining) ruxsati bilan, Ko’rik jurnalida qayd qilinmasdan amalga oshirilishi mumkin.
Bunday qurilma va moslamalarni almashtirish va o’chirish bo’yicha ishlar ro’yxati DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi. (115 band uchinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). SSB ning amaldagi qurilmalarini sinash barcha hollarda stansiya navbatchisining ruxsati va ko’z ostida, markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida esa poezd dispetcherining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Signal moslamalarining yoritilishi signal ko’rsatkichlarining aniq ko’rilishini ta’minlashi kerak. Yoritilishning o’z vaqtida va to’xtovsiz ta’minlanishi quyidagilarga yuklatiladi: svetofor va marshrut ko’rsatkichlari – signalizatsiya va aloqa distansiyasi boshliqlariga;

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling