Avtomatika va telemexanika


Download 1.46 Mb.
bet2/13
Sana15.06.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1481480
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
AVTOMATIKA VA TELEMEXANIKA TIZIMLARINING ISHONCHLILIGI 2

Taqrizchilar: Z.M. Gafurova - t.f.n., dots. (TADI);
A.R. Azizov - t.f.n., dots.
© Toshkent temir yo’l muhandislari instituti, 2019 y.
1-AMALIYOT MASHG‘ULOTI


TEMIR YO’L AVTOMATIKASI VA TELEMEXANIKASI TIZIMLARI ISHONCHLILIGINING ASOSIY TUSHUNCHALARI

Ishonchlilik nazariyasi avtomatika va telemexanika tizimlarini loyihalashda, ishlab chiqarishda, sinashda, foydalanishga qabul qilishda, ularning beto’xtov ishlashini ta’minlash maqsadida hisobga olinadigan avtomatika va telemexanika tizimlari va ularning qismlariga xos umumiy qonuniyatlarni o’rganadi. Ishochlilik nazariyasi:



  1. tashqi va ichki ob’yektiv omillar qismlar va ularning ishdan chiqishiga bo’lgan ta’siri qonuniyatlarini aniqlashga;

  2. tuzilishlarni qurish, loyihalash va ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan ishonchlilik tahlili va sintezi usullarini ishlab chiqarishga;

  3. ishdan chiqishlarning oldini olish, qismlar va tizimlarning ishlash qobiliyatlarini qayta tiklash hamda ehtiyot qismlar fondini tashkil etish usullarini ishlab chiqarishga;

  4. foydalanishdagi tuzilishlar haqidagi statistik ma’lumotlarni yig’ish, hisoblash va tahlil etish usullarini ishlab chiqarishga;

  5. foydalanish jarayonida amalga oshiriladigan buzilishlarning oldini olishga qaratilgan ishlar tartibini asoslash usullarini ishlab chiqarishga;

  6. foydalanish jarayoni davomida tuzilishlar ishlashi sifatini nazorat qilish optimal usullarini ishlab chiqarishga imkoniyat beradi.

Temir yo’l avtomatika tizimlari ishonchliligi deb, ularning ishlash ko’rsatkichlari saqlangan holda poyezdlar harakati xavfsizligi va beto’xtovligini ta’minlash bo’yicha oldindan berilgan vazifalarni bajarish imkoniyati tushuniladi.
Tizimlardan foydalanish davomida qismlar ishlashi ishonchliligiga asboblar, mexanizmlar va boshqa tuzilishlarning ishdan chiqishiga olib keladigan ob’yektiv va sub’yektiv omillar ta’sir qiladi. Ob’yektiv omillar qismlarga bo’lgan tashqi ta’sirlar, qismlar eskirishiga olib keladigan ichki jarayonlar, qismlarning sxemalarda ishlatilish tarkibi bilan bog’liq xususiyatlaridan iborat. Sub’yektiv omillar esa tizimlarda xizmat qiladigan xodimlar, poyezdlar harakatini boshqaradigan ishchilarning faoliyati bilan bog’liq. Temir yo’l avtomatika va telemexanikasi tizimlari va ularning qismlari ishonchliligiga ta’sir qiluvchi ob’yektiv omillar 1 - rasmda keltirilgan.
Avtomatika tuzilishlaridan foydalanganda ko’pincha sub’yektiv omillarning ta’sirlari quyidagi harakatlar natijasida kelib chiqadi:

  • nominali to’g’ri kelmaydigan saqlagich o’rnatish;

  • yo’l relesidagi kuchlanishni noto’g’ri sozlash;

  • elektr o’tqazuvchilarning friksion muftalarini noto’g’ri sozlash;

  • nosozliklarni beparvolik bilan aniqlash va bartaraf etish;

  • oldini olish va ta’mirlash ishlari intizomi, hajmi va usullarini buzish;

  • yo’lda xizmat qiluvchi ishchilarning bekat navbatchisi bilan kelishmagan holda halokatning oldini olish va ta’mirlash ishlarini o’tkazish;

  • mashinistlar yoki signalchilarning strelkalar buzilishiga olib keladigan noto’g’ri harakatlari;

  • bekat navbatchisining yetarli tajribaga ega bo’lmaganligi sababli yo’l qo’ygan noto’g’ri harakatlari;

  • xizmatchi xodimlarning elektr sxemalar va tekshirish usullari haqida yetarli darajada bilimga ega bo’lmaganliklar;

  • elektr sxemalarda yo’l qo’yilgan xatolar va boshqalar.

Yuqorida ko’rsatilgan sub’yektiv omillar ta’siri turlari ikkita asosiy sababdan, ya’ni yetarli darajadagi bilimlar va tajriba yo’qligi hamda ishlarni beparvo olib borishdan kelib chiqadi. Paydo bo‘lish tabiati bo’yicha quyidagi buzilish turlari mavjud: tasodifan paydo bo’ladiganlar, asta - sekin paydo bo’ladiganlar hamda ba’zi vaqtda paydo bo’ladiganlar. Bundan tashqari, xizmat qiluvchi xodimlar aybi sababli (sub’yektiv ta’sir natijasida) paydo bo’ladigan buzilishlar ham uchraydi.
Tasodifan paydo bo’ladigan, asta - sekin paydo bo’ladigan hamda ba’zi vaqtda paydo bo’ladigan buzilishlar ko’pincha ob’yektiv ta’sirlar natijasida paydo bo’ladi. Tasodifan paydo bo’ladigan buzilishlar asosan alohida qismlarning ishlash sharoitlari to’satdan o’zgarganda paydo bo’lishi mumkin yoki boshqa sabablar bilan bog’liq, ammo foydalanish muddati bilan bog’liq emas.
Asta - sekin paydo bo’ladigan buzilishlar eskirish natijasida, ya’ni uzoq vaqt davomida qismlarning ko’rsatkichlari ruxsat berilgan miqdorlarga nisbatan o’zgarishi natijasida paydo bo’ladi. Asta - sekin paydo bo’ladigan buzilishlar asosan foydalanish muddati bilan bog’liq.
Ba’zi vaqtda paydo bo’ladigan buzilishlar asosan xizmat qiladigan xodimlar ishtirokisiz bartaraf etiladi. Ular atrof- muhit ta’siri natijasida paydo bo’ladi.
Oqibatiga ko’ra buzilishlar himoyali va xavfli bo’lishi mumkin.
Himoyali buzilishlar avtomatikaning alohida qismlari yoki butun tizimining ishi to’xtashiga olib kelib, poyezdlar beto’xtov harakatining to’xtashiga olib kelishi mumkin. Ular simlar uzilishi yoki ko’chib ketishi, relelar yoki boshqa uskunalar kontaktlari sozlanishining buzilishi, asragichlar yoki qarshiliklar kuyishi, stiklar ajratish qatlamining teshilishi natijasida paydo bo’lishi mumkin.
Xavfli buzilishlar poyezdlarning beto’xtov harakatini buzishdan tashqari harakat xavfsizligining pasayishiga olib kelishi mumkin. Xavfli buzilishlar simlarning bir-biriga ulanib qolishi, kabellar qoplamasi qarshiligining pasayishi, relelar yakorlari yopishib qolishi, yo’l relelaridagi kuchlanish oshib ketishi natijasida paydo bo’lishi mumkin.
Avtomatikaning elektr sxemalari shunday tuzilganki, buzilishlar faqat himoyali bo’lib, poyezdlar harakati xafvsizligini buzishi kerak emas. Tuzilishlarni xavfli buzilishlardan himoyalash uchun javobgar sxemalarda ikki qutbli uzilishlar, boshqariladigan ob’yektlar holati haqidagi ma’lumot bir necha sxemada saqlanishi kabi qo’shimcha choralar ishlatiladi. Ammo, sxemalar tahlili va uzoq vaqtli foydalanish tajribasi hamma buzilishlar himoyali bo’la olmasligini ko’rsatadi.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling