Parametrlarni va himoya usullarini tanlash. Operativ texnologik xodimlar signallash qurilmalari noxush hodisalar haqida xabar qilganda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishi kerak. Agar bu choralar samarali bo‘lmasa va BTO holatini ifodalovchi parametr avariya qiymatiga yaqinlashayotgan bo‘lsa, avariyaga qarshi himoya (AQH) tizimi ishga tushishi kerak, ular avtomatik ravishda berilgan dasturga ko‘ra moddiy va energetik oqimlarni taqsimlaydi, portlash, avariya, baxtsiz hodisa, ko‘p miqdorda brak chiqarish xavfiniig oldini olish maqsadida apparatlarni ulaydi va uzadi. Bunda BTO xavfsiz holatga o‘tkazilishi, hatto to‘xtatib qo‘yilishi kerak. Ishchi holatga texnologik shaxs tomonidan qayta o‘tkaziladi.
Amalga oshiriladigan himoya usullari majmuasi TBO ning xususiyatlaridan kelib chiqib, avariya holatlarini va BTO ning portlash xavfi toifalarini tahlil qilib ishlab chiqiladi: portlash xavfi 1 toifali bloklari bo‘lgan BTO lar uchun vaziyatni hisoblash texnikasi vositalari bilan qo‘shimcha modellash zarur. Bunda, bir tomondan qo‘llanilayotgan avtomatik usullar vujudga kelgan kritik vaziyatni to‘la yo‘qotishi kerak, ikkinchi tomondan – himoya qurilmalari aralashuvining oqibatlari minimal bo‘lishi kerak. Masalan, biror modda konsentratsiyasi xavfli qiymatga yetganda mazkur modda uzatiladigan magistral yopilishi va avariya ventilyatsiya tizimi ishga tushirilishi kerak; bosim chegaraviy qiymatidan oshganda saqlagich klapan ishga tushishi kerak va hokazo.
Uskunalarning qiymatlari va AQH tizimlarining ishlab ketish vaqti BTOning yong‘in va portlash xavfi toifasini hisobga olgan holda belgilanadi, parametrlarning o‘zgarish tezligini, sezgir elementning aniqlik sinfini va AQH tizimining tezkor ishlashini hisobga olgan holda belgilanadi.
AQH tizimimanbai uzilgan holda BTO ni xavfsiz holatga o‘tkazish kerak. Manba ulanganda AQH tizimida ishlab chiqarish uzib – ulashlar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. AQH tizimida to‘suvchi (deblokirovka) kalitlari faqat ishga tushirish, to‘xtatish va qayta ulashni ta’minlash uchungina ruxsat etiladi. Bunda himoya qilish parametrlarini uzib qo‘yish vaqtini va sonini qayd qiluvchi qurilma nazarda tutilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |