Avtomatlashtirish tizimlarini loyihalash 1. §. Avtomatlashtirish loyihasining vazifasi va loyihalash masalalari


Download 165.08 Kb.
bet6/25
Sana08.01.2022
Hajmi165.08 Kb.
#238432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
AVTOMATLASHTIRIS маруза-10

22.4- rasm. Texnologik jarayonni avtomatlashtirish sxemasi.

Shchit va pultlardan tashqariga o‘rnatiladigan hamda bevosita texnologik qurilmalar va kommunikasiyalar bilan bog‘liq bo‘lmagan asboblar va avtomatlashtirish vositalari shartli ravishda to‘g‘ri to‘rtburchak ichida «joyida o‘rnatilgan asboblar» deb ko‘rsatiladi. Bu to‘g‘ri to‘rtburchak shchitlar va boshqarish pultlari to‘g‘ri to‘rtburchagi ustida tasvirlanadi.

Texnologik sxemada I to‘plam mahsulotni qayta ishlashga uzatishdagi notekisliklarni (har xilliklarni) yo‘qotish uchun mo‘ljallangan, II to‘plam esa to‘plovchi bo‘ladi. Avtomatlashtirish sxemasi undagi sathni ikki pozisiyali rostlash uchun mo‘ljallangan. (Yuqori) sath 1–1 va (pastki) sath 1–2 datchiklari mahsulotning to‘plagichga uzatilishini boshqaruvchi elektromagnit klapan 1–4 ga ta’sir qiluvchi pozitsion rostlovchi qurilma 1–3 ga signal beradi. Nasos IV ishlov berish uchun uzatiladigan mahsulotning haroratsini barqarorlashtirish vazifasini ART ta’minlaydi, unga 2–1 datchik, ko‘rsatuvchi va rostlovchi asbob 2–2, ijro etuvchi mexanizm 2–4 va rostlovchi organlar 2–5 kiradi, u issiqlik eltgichni III issiqlik almashtirgichga uzatilishini o‘zgartiradi. ARTda rostlovchi organning shchitda o‘rnatilgan masofadan turib boshqarish paneli 2–3 vositasida boshqarish ko‘zda tutilgan.

Mahsulot sarfini barqarorlashtirish ARTda truboprovodda o‘rnatilgan datchik 4–1 dan kelayotgan signal oraliq o‘zgartkich 4–2 orqali ko‘rsatuvchi, o‘ziyozar va rostlovchi 4–3 asbobga keladi. Qaralayotgan konturda sarflanish kattaligi rostlovchi klapan 4–6 ning ochiqlik darajasiga bog‘liq bo‘lgan oqimni drossellash darajasi bilan belglanadi. Ko‘pincha AS da rostlagichlarning tasviri yonida ular amalga oshiradigan rostlash qonunining shartli belgisi beriladi. 2–2 va 4–3 rostlagichlar tomonidan PI-rostlash qonuni amalga oshiriladi.






21.5- rasm. Purkovchi quritkichni avtomatlashtirish sxemasi.
TJASda foydalaniladigan avtomatlashtirish vositalarining turi, markasi va asosiy tavsiflari maxsus hujjatda keltiriladi, bu hujjat avtomatlashtirishning istagan loyihasining matni materialning takibiy qismi hisoblanadi.

Avtomatlashtirish vositalari soni katta bo‘lgan murakkab TJAS larni tasvirlashda AT adres usulida bajariladi.(21.5-rasm).

Yonish kamerasi II da vujudga keladigan yondirish gazlari havo oqimi bilan aralashadi va quritish kamerasi I ga keladi, u yerga xamirturush suspenziyasi ham uzatiladi.

Issiq gazlar oqimi suspenziyaning changlanishini (zarrachalanishini), paydo bo‘layotgan tomchilarning talab qilinayotgan namlikdagi qurishini ta’minlaydi. Granullarning o‘rtacha o‘lchami gazlarning va xamirturushli suspenziya sarfining nisbatiga bog‘liq bo‘ladi. Tayyor mahsulot quritish kamerasidan chiqariladi, kamerada u ajraluvchi gazlardan ajoaladi.

Purkovchi quritkich AT quyidagi asosiy rostlash konturlarini o‘z ichiga oladi:

1) quritkichga (1–4 rostlagichga) keladigan xamirturush suspenziyasi sarfi; bu kontur qurilmaning barqaror unumini ta’minlaydi;

2) havo sarfining berilgan nisbatdagi gaz sarfi (2–7 rostlagich); bu gazning to‘la yonishini ta’minlaydi;

3) quruq xamirturushlarning qoldiq namligi bilan korreksiyalangan chiquvchi gazlarning (3–2 rostlagich) haroratsi;



4) ishlatib bo‘lingan havo sarfining berilgan nisbatda xamirturush suspenziyasi sarfi bilan (4–7 rostlagich); quruq xamirturushlarning talab qilingan granulometrik tarkibini ta’minlash uchun.

Download 165.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling