21.4 – §. BOSHQARISH PARAMETRLARINI VA AVTOMATLASHTIRISH VOSITALARINI TANLASH
Boshqarish tizimi (BT) boshqarish maqsadiga, qurilmaning ishonchli, avariyasiz ishlashiga va portlash hamda yong‘inga qarshi xavfsizlik talablariga rioya qilinganda ishlab chiqarishning har qanday sharoitida texnologik reglamentni berilgan aniqlikda quvvatlab turish hisobiga erishishni ta’minlashi kerak. Bunda u imkoni boricha sodda va ishlatishda oson bo‘lishi kerak.
Rostlanuvchi kattaliklarni va rostlovchi ta’sirlarni kiritish kanallarini tanlash. Bu bosqichda jarayonni ifodalovchi ko‘pgina parametrlardan rostlanadiganlarini va ularni o‘zgartirish bilan rostlovchi ta’sir kiritish maqsadga muvofiq bo‘lganlarini tanlab olish zarur. Odatda, ularning soni boshqaruvda ishtirok etayotgan parametrlarning to‘rtdan bir qismidan oshmaydi. Qo‘yilgan vazifani jarayonning maqsadini tahlil qilish natijalariga va uning ishlab chiqarishdagi boshqa jarayonlar bilan bog‘lanishiga qarab uddalash mumkin bo‘ladi. Tahlil natijalaridan kelib chiqib boshqaruv mezoni, uning berilgan qiymati va parametrlari tanlanadi, ularni o‘zgartirish bilan eng maqsadga muvofig‘i unga ta’sir ko‘rsatishdir. Bu ish parametrlarning o‘zaro bog‘liqligi haqida tasavvur beruvchi jarayonning statik va dinamik tavsiflari asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |