Avtomatlashtirish tizimlarini loyihalash 1. §. Avtomatlashtirish loyihasining vazifasi va loyihalash masalalari


Download 165.08 Kb.
bet5/25
Sana08.01.2022
Hajmi165.08 Kb.
#238432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
AVTOMATLASHTIRIS маруза-10

21.3-rasm. GOST 21.404-85 bo‘yicha asbobning shartli belgilanishini

ifodalash prinsipi.
Avtomatlashtirishning prinsipial chizmasini o‘qishni osonlatish maqsadida asboblar va rostlagichlarning shartli ifodasida kirish signallarini tepadan, chiqish sinallarini esa pastdan ulagan ma’qul. Agar chizmada bir xil tavsifli joyiga o‘rnatilgan asboblar ko‘p marotaba qaytarilsa, u holda «Mahalliy asboblar» to‘rtburchagiga faqat bitta asbob belgilanishini chizishga ruxsat beriladi (bu birinchi navbatda manometrlarga tegishli) bunday asboblarning pozisiya nomerlari ko‘rsatiladi. Bu hollarda ayrim qurilmalardan chiqqan bog‘lanish yullarini birlashtirish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, bir necha datchikdan chiqib, signal bitta ikkilamchi asbobga borganda (masalan, agar bir nechta qarshilik termometrlari bitta ko‘prik bilan ishlaganda) ham yo‘llarni birlashtirib ko‘rsatish mumkin.

Avtomatik asboblarning kontaktlari signal berish, blokirovkalash va himoya kabi elektr chizmalarida ishlatilsa, u holda bog‘lash yo‘llari bitta gorizontal chiziqda birlashtiriladi va unga masalan, «Boshqarishning elektr chizmasi», «Signal berish chizmasi» kabi yozuvlar yoziladi.

21.4-rasmda misol tariqasida TJ avtomatlashtirish sxemasi keltirilgan bo‘lib, unda ishlovga berilayotgan mahsulotning harorat va sarfi ART amalga oshirilgan; magistraldagi bug‘ bosmi ART to‘planuvchi idishdagi sath pozision ART; nasos elektr yuritmasini boshqarish tizimi.

TJAS ini ishlab chiqishda shchitlarni va boshqarish pultlarini chizmaning pastki qismida to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishida tasvirlash qabul qilingan. Bu to‘g‘ri to‘rtburchaklar xududiga nazorat, signalizatsiya va boshqaruvni rostlash apparaturasi tasvirlanadi.



TJAS da tasvirlanuvchi elektr apparaturaga (elektr o‘lchov asboblariga, signal lampalariga, tugmalarga, boshqaruv kalitlariga, qo‘ng‘iroqlarga va boshqalarga) prinsipial elektr sxemalarda qabul qilingan raqamli harfli belgilashlar kiritiladi. Ba’zi asboblarning va to‘g‘ri ta’sir qiluvchi rostlagichlar, ko‘rsatuvchi termometrlar, monometrlar kabi avtomatlashtirish vositalarining prinsipial belgilanishlari faqat tartib nomeridan iborat (21.4-rasmda bu to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatuvchi bosim rostlagichi RS(3), haroratni o‘lchash asbobi T1 (5), NL1, NL2, NLZ signal lampalari, KM1 magnitli ishga tushirgich, SV1 va SV2 boshqarish tugmalalari).



22.4- rasm. Texnologik jarayonni avtomatlashtirish sxemasi.


Download 165.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling