Avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasi «O‘lchash vositalarini texnik jihatdan tartibga solish»
Texnikaviy shartlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Download 299.8 Kb.
|
Avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasi «O‘lchash vositalarini-fayllar.org
Texnikaviy shartlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Mazkur standarga muvofik kelishib olingan va tasdiqlangan texnikaviy shartlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun texnikaviy shartlarni tasdiqlagan korxona joylashgan hudud bo‘yicha texnikaviy shartlar davlatlararo standartlarning va O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish majburiy talablariga muvofik yoki muvofik emasligini nazorat qilish maqsadida hamda texnikaviy shartlar xususida markazlashgan axborot vujudga keltirish maqsadida Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish O‘zbekiston davlat markazi (O‘zdavstandart)ga taqdim etiladi. Texnikaviy shartlarga doir o‘zgartirishlar O‘zdavstandart idoralarida texnikaviy hujjatlar asl nusxasini saqlovchi korxona joylashgan hudud bo‘yicha ro‘yxatga olinadi. Texnikaviy shartlarga doir o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun texnikaviy shartlardan ko‘chirma o‘nta bundan avval kiritilgan o‘zgartirishlar bilan taqdim etiladi. Ishlab chiquvchi korxonalar texnikaviy shartlarni (ularga doir o‘zgartirishlarni) tasdiqlangan paytidan kechi bilan bir oy ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun: texnikaviy shartlar (ularga doir o‘zgartirishlar) ning asl nusxasi, 2-nusxasi va ko‘chirmasini; «A» ilovasiga muvofiq katalog varag‘ini; texnikaviy shartlar (o‘zgartirishlar) kelishilganini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasini taqdim etadi. O‘zdavstandart idoralari texnikaviy shartlarni (ularga doir o‘zgartirishlarni) ular olingan paytdan boshlab 15 kun ichida O‘zdavstandart belgilagan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi hamda texnikaviy shartlar (ularga doir o‘zgartirishlar) ko‘chirmasini ro‘yxatga olgan idora nomi, davlat ro‘yxatiga olingan sana va tartib raqamini ko‘rsatgan holda korxonaga qaytaradi. Texnikaviy shartlar (ularga doir o‘zgartirishlar), mahsulotning katalog varag‘i ro‘yxatga olgan idorada qoladi. Texnikaviy shartlarni ishlab chiquvchi yoki asl nusxasini saqlovchi korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani haqidagi ma’lumotlarni asl nusxa varag‘iga o‘tkazadi. Quyidagi mahsulotlarning texnikaviy shartlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi: tajriba namunalari (tajriba turkumlari); esdalik sovg‘alari va xalq badiiy hunarmandchiligi buyumlari (qimmatbaho metallar va toshlardan yasalgan buyumlar bundan mustasno); xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlarning texnologiya sanoat chiqitlari, mustaqil ravishda etkazib berilishi mo‘ljallanmagan yoki bitta korxonaning bevosita buyurtmasi bo‘yicha tayyorlanadigan buyumlar, yarim fabrikatlar, moddalar va ashyolarning tarkibiy qismlari; alohida birlik yoki arzimagan bir to‘p tarzida har zamonda ehtiyoj tug‘ilganda ishlab chiqariladigan texnologik jihatdan qurollanish vositalari (o‘lchash vositalari bilan sinash vositalari bundan mustasnodir). Download 299.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling