Avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasi «O‘lchash vositalarini texnik jihatdan tartibga solish»


) shartnoma bo‘yicha - faqat chet elga mo‘ljallangan mahsulot uchun. Texnikaviy shartlarning loyihalarini kelishib olish


Download 299.8 Kb.
bet37/46
Sana31.01.2024
Hajmi299.8 Kb.
#1820019
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46
Bog'liq
Avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasi «O‘lchash vositalarini-fayllar.org

5) shartnoma bo‘yicha - faqat chet elga mo‘ljallangan mahsulot
uchun.
Texnikaviy shartlarning loyihalarini kelishib olish
Yаngi ishlab chiqilayotgan, qayta ko‘rib chiqilayotgan texnikaviy shartlar va ularga doir o‘zgartirishlar kelishib olinishi lozim.
Texnikaviy shartlar loyihasini kelishib olish uchun davlat nazorati idoralariga va xulosa berishi uchun boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuborish zarur yoki zarur emasligini (agar ular qabul komissiyasining a’zosi bo‘lmasalar) loyihani ishlab chiquvchi belgilaydi.Mahsulotning tajriba namunasini (tajriba turkumini) qabul etish haqidagi bayonnoma qabul komissiyasi a’zolari tomonidan imzolanishi texnikaviy shartlar loyihasi kelishib olinganini bildiradi.
Texnikaviy shartlar loyihasini boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuborish zarur yoki zarur emasligini texnikaviy shartlar loyihasida o‘sha tashkilotlarga ta’luqli talablar bo‘lgan taqdirda loyihani ishlab chiquvchi belgilaydi.
Texnikaviy shartlarga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ularni bekor qilish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Texnikaviy shartlarga doir o‘zgartirishlarni, agar bu o‘zgartirishlar texnikaviy shartlarni kelishib olgan tashkilotlarning manfaatlariga dahl qilmasa, faqat buyurtmachi (iste’molchi) bilan kelishiladi.
Texnikaviy shartlarning amal qilish muddati cheklanishini bekor qilish muddati tugashidan kamida 6 oy muqaddam tasdiqlanmog‘i kerak.


Texnikaviy shartlar loyihasini tasdiqlash
Texnikaviy shartlar ishlab chiqaruvchi (tayyorlovchi)ning buyurtmachi bilan kelishuviga muvofiq, yoki ishlab chiqaruvchi (tayyorlovchi) tomonidan buyurtmachi bilan birgalikda, yoki buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi.
Tasdiqlash uchun ushbu texnikaviy shartlarning 4-bo‘limiga muvofiq manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan texnikaviy shartlar taqdim qilinishi kerak.
Texnikaviy shartlar texnika qo‘mitasi raisi yoki ishlab chiquvchi rahbariyati imzolagan ilova xati, texnikaviy shartlar kelishilganini tasdiqlovchi hujjatlar, qabul komissiyasi, davlat sinovlari va boshqa sinov bayonnomalari, texnologiya yo‘riqnomasi yoki ishlab chiqarish qoidalari (oziq-ovqat va kimyo sanoati mahsulotlariga) bilan birga taqdim etiladi.
Texnikaviy shartlar buyurtmachi (asosiy istemolchi) bilan kelishib, amal qilish muddati ko‘pi bilan 5 yilga tasdiqlanadi. Asoslanilgan taqdirda amal qilish muddati cheklanmaydi.
Texnikaviy shartlar TS indeksidan, O‘zbekiston Respublikasining qisqartirilgan nomi O‘z dan, texnikaviy shartlarni tasdiqlaydigan tashkilotning shartli raqamli ifodasidan, texnikaviy shartlar tartib raqamidan va tasdiqlanish yilining 2 oxirgi raqamlaridan iborat bo‘ladi.
Masalan: O‘zTSH 205-150-92
Bu erda: 205-OKPO bo‘yicha «Mahalliy sanoat» birlashmasining shartli raqamli ifodasi,
150-Texnikaviy shartlar tartib raqami, 92 – Tasdiqlangan yili.

Download 299.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling