bazalar) kirish va chiqish zanjirlari uchun umumiy bo’lishiga qarab tranzistorning
16-rasm. Tranzistorlarning ulanish sxemalari: a - umumiy emitter bilan, b -
umumiy kollektor bilan, v - umumiy baza bilan.
17-rasm. Umumiy baza sxemasi bo’yicha ulangan tranzistorning VAX:
a — kirishdagi, b — chik.ishdagi.
Tranzistorning tashqi manba ta’siriga bo’lgan reaksiyasi uning VAX va
parametrlari bilan yaxshi tushuntiriladi. Statik xarakte-ristika eng muhim hisoblanib,
u tranzistorlar xususiyatini uning boshqa zanjiri elementlariga boglanmagan holda
aniqlaydi. Tran-zistorning kirish va chiqish zanjirlaridagi tok bilan kuchlanishlari
orasidagi bog’lanish, tranzistor «UB» sxema bo’yicha ulangan hol uchun (17-
rasm) uning kirish va chiqish VAX sini aniqlaydi. Ular sxemalarning elektr
hisoblarida zarur bo’ladigan tranzistorning statik parametrlarini grafoanalitik usul
bilan topishga imkon beradilar. Grafik yasash yuli bilan tranzistorning eng muhim
parametrlaridan biri — tok uzatish koeffitsientini topish mumkin:
U doim birdan kichik bo’ladi va uning qiymati 0,9. . . 0,995 chegarada
yotadi. 18-rasmda «UE» sxemasi bo’yicha ulachgan tranzistorning kirish va
chiqish V AX kursatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: