AMALIY MASHG‘ULOT № 8 MIKROSXEMALI KUCHAYTIRGICHLAR SXEMASI
Integral mikrosxemalar tayyorlash texnologiyasiga ko’ra: yarim o’tkazgichli,
plyonkali va gibrid (aralash) turlarga bo’linadi. Integral mikrosxemalarda mavjud
bo’ladigan elementlar sonini xarakterlash uchun integrallash koeffitsenti
tushunchasi kritiladi. Bu koeffitsent K=lgN bilan aniqlanadi: N-mikrosxemaga
kiruvchi elementlar soni. Integral mikrosxemalar vazifasiga ko’ra analogli va
raqamli turlarga bo’linadi.
Uzluksiz funksiya ko’rinishida ifodalanadigan signallarni qayta ishlovchi va
o’zgartiruvchi mikrosxema analogli mikrosxema deyiladi.
Ikkilik yoki boshka raqamli kodlarda ifodalangan signallarni qayta ishlovchi
va o’zgartiruvchi mikrosxema raqamli mikrosxema deyiladi.
Analogli integral mikrosxemalarning quyidagi turlari mavjud: komutatorlar
(KR119KP1, KR143 KT1) raqamli signalni analog signaliga (RAO’), analog
signalini raqamli signalga (ARO’) aylantirib beruvchi (K252KT1A, K252PA1…),
radio va televizion pryomniklarda (K147UN7…) sxemalar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: