4-savol: TOZ-8 miltig’ini o‘qlash tartibi qanday?
Javob: Miltiqni yotib olgan holda otishda, miltiq qo‘ndog‘ining bosh qismini o‘ng qo‘l bilan ushlab, o‘ng oyoq bir qadam oldinga tashlanadi va oyoqni biroz o‘ngroqqa olib, oldinga engashib, chap oyoqni egib, chap qo‘l bilan yerga yotib, chap oyoqning tovoni yerga qadaladi va chap qo‘lning ko‘ksiga olinadi. Chap tomonga yotgan holda qorin tomonga tez o‘girilib, erkin holda oyoqlarni tovoni bilan yozib yuboriladi. Miltiq g‘ilofi (poyasi)dan o‘ng qo‘lning kaftiga olinadi. Kichik kalibrli miltiqni o‘ng qo‘lda zatvor ushlagichdan orqaga tortib, stvol qutisining ochilgan joyiga o‘ng qo‘lning bosh va ko‘rsatkich barmoqlari yordamida o‘qni olib uni o‘qdonga solinadi. O‘qni bosh barmoq bilan oldinga, stvolga to‘liq kirguncha yo‘naltiriladi, so‘ngra o‘ng qo‘l bilan zatvor yopiladi.
5-savol: To‘g‘ri o‘q otish va uning ahamiyati qanday?
Javob: O‘qning nishonga borib tegishi davomida uning o‘ldirish holati va teshib o‘tishi, uning og‘irligiga va tezligiga bog‘liq bo‘ladi. Amaliyotda o‘qning o‘ldirish holati uning havodagi eng so‘nggi masofagacha harakatlanishi to‘g‘ri otish deyiladi
Amaliyotda buning qo‘llanish jarayoni eng tig‘iz damlarda mo‘ljalga qo‘ymay otish holatidir. Bunday holatda mo‘ljalga otish nuqtasi baland-ligiga nishon namunasidan pastroqqa mo‘ljallanadi. To‘g‘ri otish uslubi masofadagi nishon balandligiga hamda o‘qning yer bag‘irlab ketgan trayektoriyasiga ham bog‘liqdir. Nishon qancha yuqori bo‘lsa, o‘qning to‘g‘ri otish masofasiga harakatlanishi ham shuncha katta bo‘ladi. Mo‘ljalga olishda birinchi navbatda uzoqdagi nishon tezroq shikastlantirilsa, bu vaziyatda dushmanga javob o‘qi otishga imkon berilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |