Avtomatni noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish tartibi


Dars usuli: Ananaviy I.Darsni tashkil etish


Download 341 Kb.
bet70/94
Sana12.12.2021
Hajmi341 Kb.
#180449
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   94
Bog'liq
CHQBT dars ishlanma

Dars usuli: Ananaviy

I.Darsni tashkil etish: a) salomlashish

b) davomatni aniqlash.

s) o’quvchilarni darsga jalb qilish

d) siyosiy daqiqa

Siyosiy daqiqada o’quvchilar bilan bugungi kun yangiliklari savol-javob orqali so’raladi.

II. O`tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash).

A)Uyga topshiriq nazorati. O’tgan mavzuni so’rash.

O’tgan mavzu bo’yicha konspekt



B) O’tgan mavzuni takrorlash uchun o’quvchilar bilan og’zaki savol javob

o’tkaziladi.



III. Yangi mavzuni tushuntirish.

Reja: 1) Yagona to‘siqlar maydoni bilan tanishish.

2) Alohida to‘siqlar va to‘siqlar guruhidan o‘tish.

3) Yagona to‘siqlar qatoridan o‘tish.
Yagona to‘siqlar maydoni bilan tanishish.

To‘siqlar quyidagi turlarga bo‘linadi:

-gorizontal (okoplar, chuqurchalar, kovaklar);

-vertikal (devorlar);

-tor maydonchali tayanchlar (balkalar).

To‘siqlarning turi va o‘lchamlariga qarab, ularga tayanib va tayanmay sakrashlar, chuqurlikka sakrash, osilib chiqish, tor tayanchlarda harakat qilish orqali yengib o‘tiladi, tayanmasdan sakrashlar unchalik keng bo‘lmagan gorizontal to‘siqlarni va baland bo‘lmagan vertikal to‘siqlarni yengishda ishlatiladi.

Tayanib sakrashlar ko‘krak barobarigacha bo‘lgan balandliklarni yengishda, chuqurlikka sakrashlar esa, baland to‘siqlardan sakrashda, uy derazalarida qo‘llaniladi. Devor va shunga o‘xshash balandliklarni ishg‘ol etishda, osilib chiqishning quyidagi usullaridan foydalaniladi:


  • oyoqning son qismiga tayangan holda;

  • ko‘krakka tayangan holda;

  • ilashgan holda;

  • kuch bilan.

Yugurib kelib, bir oyoq bilan to‘siqdan bir qadam narida yerdan turtiladi, ikkinchi bukilgan oyoq bilan devorga tiraladi, qo‘llar bilan devor chetidan ushlanadi. Chap qo‘lni devor tepasiga yetguncha tortiladi. Chap oyoqni to‘siqqa qisib, o‘ng oyoqni siltab, tovonni esa devor tepasiga ilashtirib olingach, devorning orqasiga sakraladi.

Devorlardan kuch bilan oshib o‘tish. Xuddi oldingi usuldagidek yugurib kelinadi, bir oyoqda yerdan turtilib, qo‘llar bilan devor to‘siqning chekkasidan ushlanadi. Qo‘llar bilan yuqoriga tortilgach, oyoqlar bilan yordam berilib, tayanib olinadi. So‘ngra to‘siqning turi va holatiga qarab, quyidagi usullarning biridan foydalangan holda to‘siqdan o‘tib sakraladi:

  • to‘siqning orqa tomoniga o‘zini tashlaydi;

  • to‘siq ustiga o‘tirib olgach, oyoqlarni osiltirib o‘tirgan holda sakrab tushiladi;

  • to‘siqqa o‘ng oyoqni tirab va undan chap oyoqni olib o‘tgach, qo‘llarga tayangan holatda irg‘ib tushiladi.



Download 341 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling