Avtomobil kuzovi va kabinasiga texnik xizmat


Kuzov va qo`shimcha jihozlarga texnik xizmat koprsatish


Download 67.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana16.11.2023
Hajmi67.51 Kb.
#1777964
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3 mavzu Avto kabina-kuzovlarga TXK va T

Kuzov va qo`shimcha jihozlarga texnik xizmat koprsatish. Kabina (kuzov) 
jihozlarining 
texnik 
holatini 
tekshirish 
va 
buzuqliklarini 
bartaraf 
etish. 
Oynatozalagichda cho`tkalar osilib qoladi. Uning oldini olish uchun barcha sharlarli 
birikmalarni o`z vaqtida moylab turish zarur. 
Isitish va ventilyatsiya tizimlarining asosiy buzuqliklari: havo quvurlari va 
ichaklarning germetikligi buziladi, havo filtri kirlanadi, elektr simlar yoki 
ventilyatorni aylantiruvchi elektr dvigateli kollektorining plastinalari tutashib qoladi.
Tutashmalarning nogermetikligi suv oqishidan va havo o`tishidan aniqlanadi. 
Nogermetiklik birikmalarni mahkamlab, ayrim detallarni kavsharlab va almashtirib 
bartaraf etiladi. Kirlangan filtr kerosinda yuviladi. 
Kuzovlarga texnik xizmat koprsatish. KTXK da platforma bortlarining, 
eshiklarning qulflari va oyna koptargichlarning ishga yaroqliligi, orqani koprsatish 
kopzgusining o`rnatilishi, qishda esa isitish tizimining ishga yaroqliligi tekshiriladi; 
kabina va platforma tozalanadi, avtomobil yuviladi, radiator qoplamasi, kapot, 
qanotlar, kabina devorlari va oynasi hamda nomer belgilari artiladi. 
1-TXK da bu ishlarga qo`shimcha ravishda oyna tozalagichlarning ishlashi, 
brizgovik va qanotlarning mahkamlanishi, platformaning avtomobil ramasiga 
mahkamlanishi, kuzov bo`yog`ining, suyanchiq va o`rindiqlar qoplamalarining holati 
tekshiriladi. 
2-TXK da 1-TXK da bajariladigan ishlarga qo`shimcha ravishda kabinaning 
ramaga mahkamlanishi tekshiriladi, (qanotlar, oyoq qo`yadigan zina’oyalar, 
brizgoviklar, yonilg`i baklari kronshteynlarga va kronshteynlar esa ramaga 
mahkamlanadi, kuzov ilgaklari va qulflari moylanadi. 
Avtomobil-o`ziog`dargich koptarish mexanizmining texnik holatini 
tekshirish va buzuqliklarini bartaraf qilish. Koptarish mexanizmining asosiy 
buzuqliklari: quvvat olish qutisi qiyin qo`shiladi va o`z-o`zidan ajralib ketadi, 
sharnirli birikmalar yeyiladi, birikma hamda salniklardan moy oqadi, moy nasosi va 
boshqarish jumragi yeyiladi, gidravlik tizimga havo kirib qoladi. 
quvvat olish qutisining buzilishiga polzunlar, fiksatorlar, shesternya 
tishlarining yeyilishi, shuningdek yetakchi shesternyani qo`shish vilkasi polzunining 


holati noto`g`ri rostlanishi sabab bo`ladi. Agar buzuq qutini rostlash bilan tiklab 
bo`lmasa, unda quti qismlarga ajratiladi va yeyilgan detallar almashtiriladi. 
Birikmalardan moy oqishini bartaraf etish uchun ular mahkamlanadi, buzuq 
salniklar esa almashtiriladi. 
Kuzovning sekin koptarilishi moy nasosining shesternyalari va bronza 
qistirmalarning yeyilganligidan darak beradi. Kuzovning o`zidan-o`zi tushishiga 
boshqarish jumragi va haydash klapanining germetik yo’ilmaganligi sabab bo`ladi. 
Kuzovning notekis yoki sekin koptarilishi, keskin tushishi, shuningdek 
moyning ko’piklanishi gidrotizimga havo kirganini bildiradi. Havoni chiqarib 
yuborish uchun platformani koptarib, ehtiyot tiragiga qo`yiladi. ‘lunjer kallagidagi 
to`kish teshigining berkitish vintini (telesko’ik koptargichda) ikki-uch aylanishga 
burab chiqarib va quvvat olish qutisini boshqarish richagini koptaring holatiga 
qo`yib, dvigatelning tirsakli vali kichik chastotada aylanayotganda to`kish teshigidan 
ko’piksiz toza moy chiqqunga qadar tizimga moy haydaladi. So`ngra berkitish vinti 
burab mahkamlanadi va kamiga moy quyiladi. 

Download 67.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling