Avtomobil kuzovi va kabinasiga texnik xizmat


Download 67.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana16.11.2023
Hajmi67.51 Kb.
#1777964
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3 mavzu Avto kabina-kuzovlarga TXK va T

Eshik qulfini ta`mirlash. Eshik panelidan montaj lyuki, so`ngra esa 
mahkamlash vintlarini burab olib, dastalar, qulf yuritmasi va qulfning o`zi olinadi. 
qulflar qismlarga ajratib bo`lingach, barcha detallar kerosin quyilgan vannada obdon 
yuviladi va quriguncha artiladi. Siniq joylari bor korpus detallar yaroqsizga 
chiqariladi. Korpuslardagi darzlar payvandlanadi, yeyilgan ishchi sirtlariga ta`mir 
o`lchamiga mos ravishda ishlov beriladi yoki suyuqlantirib qoplanadn va ishchi 
chizmasiga muvofiq ishlov beriladi. CHaqalangan rezba metchik bilan qayta ochiladi. 
Rezbasi shiykastlangan teshik payvandlanib, payvandlash natijasida hosil bo`lgan 
g`uddalar korpusning asosiy metali bilan bir tekis qilib tozalanadi, qaytadan teshik 
parmalab ochiladi va zarur o`lchamda rezba qirqiladi. Singan va egiluvchanligini 
yo`qotgan prujinalar yangisiga almashtiriladi. yemirilgan manjetlar, salniklar, 
zichlash halqalari va qistirmalar ham yangisiga almashtiriladi. Detallar 
ta`mirlangandan yoki almashtirilgandan keyin mexanizmlar yig`iladi va rostlanadi. 
Rotor tishini fiksator tishi yetarli darajada qoplamaganda fiksator olinadi hamda ular 
bilan eshik ustuni orasidagi metall qistirma shunday o`rnatiladiki, bunda rotor tishi 
fiksator tishini kamida 5 mm kengroq qoplasin. 
Oynalarni ta`mirlash. Har qanday shikastlangan oynalar (darz ketgan, sariq 
dog`, har xil rangli dog`lar tushgan, tirnalgan va chiziqchalar tushgan) albatta 
almashtiriladi. 
YUk avtomobillari kabinalaridagi old ‘anorama oynasini almashtirish uchun 
shuru’lar burab olinadi va mahkamlash ustqo`ymalari olinadi, asboblar panelini 
mahkamlash sh’lintlari burab chiqariladi hamda u osongina suriladi. So`ngra 
zichlagich taroqchasi egiladi va oynani tashqarisidan qaggiq siqib turib oynaning 
avval o`ng yoki cha’ yuqorigi burchagi, keyin uning butun yuqori qismi bo`shatiladi, 
oyna chiqariladi va zichlagich olinadi. Kuzov va kabinalarning tushiriladigan 
oynalarini almashtirish uchun ichki dastalar va qoplamalar olingach, kulisani 
oynaning oboymasiga mahkamlovchi birikmalar burab chiqariladi, oyna ustuni 
olinadi va oynani bir oz qiyalatib, yuqoriga tortib joyidan chiqarib olinadi. qismlarga 
ajratilgach, tushiriladigan oynalar oboymalarining va buralma oynalar ramkalarining 
holati hamda to`g`ri chiziq bo`ylab joylashishi tekshiriladi. Zarur bo`lganda oboyma 
va ramkalar opravkalar yordamida to`g`rilanadi. Oynalar oboyma va ramkalarga 
stendda presslab joylanadi. Oynalarni ‘azlariga tig`iz va erkin o`rnatilishiga yo`l 


qo`yilmaydi, chunki birinchn holda oyna sinadi, ikkinchi holda esa avtomobil 
harakatlanayotganda titraydi. 
Oynalarni joyiga o`rnatish ishlari ularni chiqarib olishdagiga teskari tartibda 
bajariladi. 
Oynakoptargich qismlarga ajratib bo`lingach, detallar obdon yuviladi va 
yaroqli-yaroqsizga ajratiladi. Detallar ham eshik qulfining detallari kabi usulda 
tiklanadi. Oynakoptargichni yig`ish vaqtida yuritish valigini siqmagan holda o`q 
bo`ylab o`rnatish zarur. U yig`ilgach, tormoz qurilmalarining ishlashi va 
oynakoptargichning ravon harakatlanishi tekshiriladi.

Download 67.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling